Mavzu: Biznesning ijtimoiy javobgarligi va ziddiyatli sabablari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 183.85 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi183.85 Kb.
#1516991
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Biznesning ijtimoiy javobgarligi va ziddiyatli sabablari


Mavzu: Biznesning ijtimoiy javobgarligi va ziddiyatli sabablari
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1.Biznesning ijtimoiy javobgarligi
2.2. Biznes tashkilotlari uyushmalari.
2.3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari manfaati va ular o‘rtasidagi ishonch asosida amalga oshiriladigan jarayonlar majmuasidir. Bir-biri bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishayotgan sub’ektlarning asosiy maqsadi – manfaat ko‘rish, ya’ni o‘zaro munosabatlar natijasidan foyda olish hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlardan manfaatdorlikni ta’minlash avvalo, tadbirkordan biznes yuritish shart-sharoitlarini o‘rganishni talab etadi. Biznes yuritish shart-sharoitlari bozor munosabatlari sharoitida sub’ektlarning o‘zaro manfaatdorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar majmuasini o‘zida aks ettiradigan hujjat - bu hisobotdir.
Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt eng avvalo bo‘lajak hamkorini iqtisodiy ahvoli qandayligi bilan qiziqadi. Chunki uning foyda olish-olmasligi, hamkor bo‘ladigan sub’ektning iqtisodiy ahvoliga bog‘liq. Shu tufayli har bir korxonaning iqtisodiy ahvolini to‘g‘risidagi axborotlarni olish, ularni baholash, tahlil qilish va mablag‘lari samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Erkin iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik sub’ekti bozorda faoliyati barqarorligini ta’minlash maqsadida «Biznes hamkor ishonchlimi» ?, «Korxona to‘lov qobiliyatiga egami» ?, «Korxona iqtisodiy barqarormi» ?, «Korxonaning bozordagi imidji qanday» ?, «Korxona mahsloti sifatlimi»?, «Korxona raqobatbardoshmi»? kabi savollarga javob topishga harakat qiladi. Mazkur savollarga javob topish biznes egasi (boshqaruvchisi)ga butun bir moliya –iqtisodiy faoliyat natijasi to‘g‘risidagi tezkor axborotlarga bo‘lish imkoniyatini beradi. Shu tufayli, ushbu savollar mazmuniga mos aniq javob topish uchun har bir mutaxassis, menedjer, rahbar ular to‘g‘risida bilim beradigan fanlar o‘rganishi shart bo‘ladi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona rahbarlari qaror qabul qilishi uchun zarur axborotlarni bilishi etarli bo‘lmaydi. Endilikda rahbarlar axborotlardan foydalanish usullarini, ulardan to‘g‘ri va asosli xulosa chiqarish uchun tahlil qilish yo‘llarini bilishi hamda axborotlardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga safarbar qilish tamoyillarini bilishi zarurdir. Tadbirkor uchun zarur axborotlar korxonaning hisobotlari va buxgalteriya hisobi schyotlarida mavjud bo‘ladi. Ulardan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq foydalanish uchun esa har bir mutaxassis hamda rahbar hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qish usullarini bilishi talab etiladi.
Buning uchun mulkdorlar o‘z mulki va uning harakati, holati to‘g‘risidagi haqqoniy axborotlar manbasi bo‘lgan biznes uchun buxgalteriya fanini o‘rganishi, uning usullari to‘g‘risida tushuncha, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Qo‘llanma biznes uchun buxgalteriya hisobi fani, biznes sub’ektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, biznes sub’ektlari faoliti, buxgalteriya hisobi va auditini tartibga solishning qonuniy asoslari hamda jamoada ishchanlik muhitini tashkil etish, uni samaradorligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan. O‘quv qo‘llanma biznesni tashkil etish va boshqarishda buxgalteriya hisobi, kasb etikasining ahamiyati masalalari ham bayon etilgan.
O‘quv qo‘llanmada mamlakatimizda hisob va hisobot tizimini xalqaro standartlar tizimiga moslashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham nazarda tutilgan.



Download 183.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling