Mavzu: Biznesning ijtimoiy javobgarligi va ziddiyatli sabablari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 183.85 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi183.85 Kb.
#1516991
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Biznesning ijtimoiy javobgarligi va ziddiyatli sabablari

Me’yoriy modelda davlat va biznes hamkorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtsodiy va huquqiy munosabatlarni tashkil etishda davlat uchun maqbul mamlakatlarning ilg‘or tajribasi andoza sifatida qo‘llaniladi.
Davlat va biznes hamkorligining institutsional modelida hamkorlik munosabatlari, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy tizimda mavjud vaziyatlar va imkoniyatlar o‘zgarishiga mos ravishda doimiy ravishda isloh qilib boriladi. Ushbu hamkorlik modelida davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi umuman sezilmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zi hamkorlikni tartibga solib boradi. Rivojlangan davlatlardagi davlat va biznes hamkorligi sohasidagi faoliyatlari ushbu model asosida shakllangan.
Davlat va biznes hamkorligini rivojlantirishning yangi bosqichini shakllantirish dastlab Amerika Qo‘shma SHtatlari (AQSH) iqtisodiy siyosatida o‘z aksini topagan. AQSH hukumati tomonidan biznes bilan sheriklik qilish uchun ta’lim dasturlarini davlat va xususiy moliyalashtirish tizimi ishlab chiqiladi.
XX asrning 50-yillaridan boshlab ushbu tizim davlat ob’ektlarini moliyalashtirishda ham qo‘llanila boshlangan. 60-yillarga kelib ushbu yo‘nalishdagi ishlar Germaniya, Isroil, Kanada va dunyoning boshqa mamlakatlarida shaharlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish yo‘nalishlarida keng qo‘llanila boshlangan.
Lekin davlatlar rivojlanish bosqichlari tarixi tahillari guvohlik berishicha, davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning birinchi loyihasi Fransiyada qirol G enri II hukmronligi davridan boshlangan. Qirol G enri II tashabbusi bilan davlat va biznes vakillari hamkorligida Parijda kanal qurilgan. Parijdagi dunyoga mashhur Eyfel minorasi ham davlat va biznes shernikchiligida amalga oshirish strategik loyiha natijasi hisoblanadi.
Davlat va biznesning hamkorlik nazariyasi asosiy rivojlanishi XX asrning o‘rtalarida boshlangan bo‘lsada, uning samarali va faol rivojlanishi o‘tgan asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. YAngi bosqichda iqtisodiy nuqtai nazardan, davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlik iqtisodiyotning strategik muhim tarmoqlarida, shu jumladan, xususiylashtirilmaydigan ijtimoiy sohada davlat va biznes o‘rtasidagi vakolatlarni qayta taqsimlashda sodir bo‘lmoqda. CHunki davlat bu sohalarni etarli darajada qo‘llab-quvvatlash va strategik rivojlanish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ga ega emas. Bunday soha ob’ektlariga ijtimoiy, transport, uy-joy kommunal xo‘jaligi, turar joylarni obodonlashtirish, madaniy meros kabilar kiradi.
Ushbu hamkorlik tizimining rivojlanishi natijasida hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat-xususiy sherikligi tizimi shakllandi va izchillik bilan takomillashib bormoqda. Davlat xususiy sheriklik munosabatlari hozirda asosan ijtimoiy, infratuzilmalar va strategik sohalarda qo‘llanilishini kuzatish mumkin. CHunki yuqorida qayd etilganidek ushbu soha ob’ektlarining ko‘pchiligi xususiylashtirilmaydi yoki biznes uchun dastlabki davrlarda ko‘p daromadli yo‘nalish hisoblanmaydi. SHu sababli davlat hamkorligi ushbu yo‘nalishlarda ahamiyatli hisoblanadi.
Dunyo mamlakatlari bugun o‘tkir ijtimoiy muammolar mavjud sharoitda yashamoqda. SHu bois ham bugungi kunda barqaror iqtisodiy rivojlanish va samarali boshqarishning yangi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. YUqorida qayd etilganidek davlat xususiy sheriklik munosabatlari shunday boshqaruv mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Hozirda kompaniyaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda o‘z ijobiy samarasini berayotgan biznesning ijtimoiy javobgarligi tushunchasi dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda.

Download 183.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling