Mavzu. Blokcheyn-texnologiya asosidagi milliy valyuta


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1327014
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9(1)



Mavzu. Blokcheyn-texnologiya asosidagi milliy valyuta 
Hozirda allaqachon yangi elektron texnologiyalar haqiqatni o‘zgartiradi, va 
ko‘pincha o‘zgarishlar asta-sekin, oddiy insonlarga sezilmas bo‘lib sodir bo‘ladi. Bu 
orada, Buyuk Britaniyada hukumat darajasida turli davlat elektron tizimlarda 
blokcheyn-texnologiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi baxs shunchalik olib 
borilmay, balki aylanmaga “bitkoinlar” - milliy elektron pullarni kiritish bo‘yicha 
aniq odimlar va Angliya bankining ushbu jarayondagi roli muhokama qilinmoqda. 
Bugungi kunda davlat kriptovalyutalarning paydo bo‘lish ehtimoli juda katta. 
Deloitte kompaniyasining Moliyaviy xizmatlar markazining hisobotida ko‘pgina 
hozirgi xususiy kriptovalyutalar yaqin 5 yil ichida yo‘qolishi, ularning o‘miga esa 
davlat kriptovalyutalari kelishi haqidagi fikr bayon etilgan. 
Hukumatlar, ehtimol, kriptovalyutalar ular chiqargan valyutalarni siqib 
chiqarmasligi haqida alohida g‘amxo‘rlik qiladilar. Agar virtual valyutalar naqd 
pullarni sezilarli darajada o‘mirn egallasa, markaziy bankning (MB) pul-kredit 
siyosatini olib borish qobiliyati xavf ostida qoladi, pul chiqarilishi uchun senoraj esa 
qisqarishi mumkin. Biroq, toki soliqlar qonuniy ishonchli to‘lov vositalari bilan 
to‘lanarkan, virtual valyutalar MB ning pul-kredit siyosatini olib borish qobiliyatiga 
putur etkaza olmaydi. Undan tashqari, real pullarning siqib chiqarilishi hozirgi 
vaqtda haqiqiy xatar ko‘rsatmaydi, chunki virtual valyutalarga jamiyat ishonchi 
darajasi cheklangandir. Shunday bo‘lsa ham, kelajakka kriptovalyutalar regulyatori 
tanlangancha, hali echilmagan masala qolmoqda: tartibga soluvchi rolni markaziy 
banklarga berish kerakmi, yoki uni boshqa tashkilotlar bajara oladimi? 
Virtual valyuta sxemalari “haqiqatan Markaziy banklarning javobgarligi 
doirasida, hech bo‘lmaganda rivojlanish ekspertizasini va dastlabki baholashni talab 
qiladigan to‘lov tizimlari bilan o‘rtoqlashadigan xususiyatlar natijasida bo‘ladi. 
Shuningdeki, biron davlatning nazoratisiz ishlaydigan markazsizlashtirilgan 
valyutalar uchun yurisdiksiya masalasi xalqaro hamkorlikni talab etishi mumkin. 
O‘zining nazorat qilinadigan kriptovalyutalarini ishga tushiradigan MB lar 
ro‘yxatida birinchi bo‘lib Angliya banki turishi mumkin. Lekin blokcheyn- 
texnologiya va raqamli valyutalarga butun dunyo bo‘yicha boshqa banklar qiziqish 
bildirmoqda. 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling