Mavzu. Blokcheyn-texnologiya asosidagi milliy valyuta


Rasm. Mumkin bo'lgan o'zaro ta'sir modellari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1327014
1   2   3   4   5
Bog'liq
9(1)

Rasm. Mumkin bo'lgan o'zaro ta'sir modellari 
Bugungi kunda yirik mayning pullari faoliyatini ta‘minlovchi uskunalar 
qiymatining minimal bahosi 15 mln dollarni tashkil etadi. 
Ikkinchi 
modelga 
muvofiq, 
kriptovalyuta 
emitenti 
sifatida 
moliya 
tashkilotlarining o‘zi bo‘ladi. Bu holatda oldingi variantlarga qaraganda markaziy 
bank MT ga kriptovalyutaning markazlashtirilgan mayningini yuboradi. 
Bu erda o‘zaro ta’sirning yana ikkita variantini ko‘rish mumkin. 
Uchinchi modelda mamlakat hududida yagona kriptovalyutali integratsiya 
qilingan kriptotizim ko‘riladi. PO ni ishlab chiqish markaziy bank vazifasi bo‘lib 
qoladi, MT esa dasturlardan foydalanishga litsenziya oladilar. Mayning va 
foydalanuvchilar tranzaksiyalarini qayta ishlash uchun quvvatlarga ketadigan 
xarajatlarni qoplash tizimga qo‘shilgan MT lar zimmasida qoladi. Moliya 
tashkilotining mayningi hajmi oldindan MB bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. 
Infratuzilmaning ushbu varianti bilan bo‘lgan holatdaga zarur talab - uchtadan kam 
bo‘lmagan MT laming mavjudligi va bitta MT ixtiyoridagi 51% dan ziyod maynerlar 
konsentratsiyasini istisno qilish. 
To‘rtinchi modelga ko‘ra, MT lar avtonom kriptotizimlarni amalga oshiradi. 
Dasturiy ta’minot ishlanmasi bilan moliya tashkiloti shug‘ullanadi, o‘zini quvvatlar 
bilan ham o‘zi ta’minlaydi va markaziy bankga nazorat uchun interfeys taqdim etadi. 
Kriptovalyuta muomalasi faqat MT infratuzilmasi doirasida amalga oshiriladi. 
Mayning hajmi oldindan MB bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. 
Konsepsiyada: markazsizlashtirilgan kriptotizimlar texnologiyasi mohiyatini 
tushunmoq lozim, unga muvofiq tranzaksiyalar miqdorining oshishi ushbu 
tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun ko‘proq quvvatlar talab etadi, kriptovalyuta 
topish murakkabligining pasayishi esa tizim xavfsizligi darajasining pasayishiga 


olib keladi. Shu bois birlamchi mayningning ma‘lum vaqt davomida kriptovalyutani 
qo‘shimcha chiqarmasdan tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun etarli bo‘lgan hisob 
hajmini asos qilib qo‘yish kerak. 
Yana shuni inobatga olish lozimki, kriptovalyutani MB ning maxsus hisobida 
qonuniy pullarni depozitlash evaziga MT hamyoniga o‘tkazgandan keyin, elektron 
pullar ta’minotining majburiy rezervlari hisobi bo‘yicha kriptovalyutani oldindan 
to‘langan, hisob-kitob vositasi sifatidagi moliya mahsuloti sifatida ko‘rib chiqsa 
bo‘ladi. Konsepsiya muallifi rejasi bo‘yicha, kriptovalyuta, naqd pulsiz hisob-kitob 
shakli bo‘lib, qonuniy pul bilan to‘liq ta’minlanishi lozim. Kriptovalyutaning 
qoplanmasi sifatida chiqadigan qonuniy pullar MB ning maxsus hisobida yoki to‘liq 
ravishda, yoki qisman, butun summaning 50-70%i hajmida, depozit qilinadi, qolgan 
qismi esa MT ixtiyoriga ko‘ra butunlay likvid va xavf darajasi past bo‘lgan 
aktivlarga investitsiya qilinadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling