Mavzu. Blokcheyn-texnologiya asosidagi milliy valyuta
Rasm. Mumkin bo'lgan o'zaro ta'sir modellari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
9(1)
Rasm. Mumkin bo'lgan o'zaro ta'sir modellari
Bugungi kunda yirik mayning pullari faoliyatini ta‘minlovchi uskunalar qiymatining minimal bahosi 15 mln dollarni tashkil etadi. Ikkinchi modelga muvofiq, kriptovalyuta emitenti sifatida moliya tashkilotlarining o‘zi bo‘ladi. Bu holatda oldingi variantlarga qaraganda markaziy bank MT ga kriptovalyutaning markazlashtirilgan mayningini yuboradi. Bu erda o‘zaro ta’sirning yana ikkita variantini ko‘rish mumkin. Uchinchi modelda mamlakat hududida yagona kriptovalyutali integratsiya qilingan kriptotizim ko‘riladi. PO ni ishlab chiqish markaziy bank vazifasi bo‘lib qoladi, MT esa dasturlardan foydalanishga litsenziya oladilar. Mayning va foydalanuvchilar tranzaksiyalarini qayta ishlash uchun quvvatlarga ketadigan xarajatlarni qoplash tizimga qo‘shilgan MT lar zimmasida qoladi. Moliya tashkilotining mayningi hajmi oldindan MB bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Infratuzilmaning ushbu varianti bilan bo‘lgan holatdaga zarur talab - uchtadan kam bo‘lmagan MT laming mavjudligi va bitta MT ixtiyoridagi 51% dan ziyod maynerlar konsentratsiyasini istisno qilish. To‘rtinchi modelga ko‘ra, MT lar avtonom kriptotizimlarni amalga oshiradi. Dasturiy ta’minot ishlanmasi bilan moliya tashkiloti shug‘ullanadi, o‘zini quvvatlar bilan ham o‘zi ta’minlaydi va markaziy bankga nazorat uchun interfeys taqdim etadi. Kriptovalyuta muomalasi faqat MT infratuzilmasi doirasida amalga oshiriladi. Mayning hajmi oldindan MB bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Konsepsiyada: markazsizlashtirilgan kriptotizimlar texnologiyasi mohiyatini tushunmoq lozim, unga muvofiq tranzaksiyalar miqdorining oshishi ushbu tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun ko‘proq quvvatlar talab etadi, kriptovalyuta topish murakkabligining pasayishi esa tizim xavfsizligi darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bois birlamchi mayningning ma‘lum vaqt davomida kriptovalyutani qo‘shimcha chiqarmasdan tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun etarli bo‘lgan hisob hajmini asos qilib qo‘yish kerak. Yana shuni inobatga olish lozimki, kriptovalyutani MB ning maxsus hisobida qonuniy pullarni depozitlash evaziga MT hamyoniga o‘tkazgandan keyin, elektron pullar ta’minotining majburiy rezervlari hisobi bo‘yicha kriptovalyutani oldindan to‘langan, hisob-kitob vositasi sifatidagi moliya mahsuloti sifatida ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Konsepsiya muallifi rejasi bo‘yicha, kriptovalyuta, naqd pulsiz hisob-kitob shakli bo‘lib, qonuniy pul bilan to‘liq ta’minlanishi lozim. Kriptovalyutaning qoplanmasi sifatida chiqadigan qonuniy pullar MB ning maxsus hisobida yoki to‘liq ravishda, yoki qisman, butun summaning 50-70%i hajmida, depozit qilinadi, qolgan qismi esa MT ixtiyoriga ko‘ra butunlay likvid va xavf darajasi past bo‘lgan aktivlarga investitsiya qilinadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling