Mavzu: Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja
Download 220.92 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza-9
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati
- O‘quv maqsadlari sohalari
Mavzu: Blum taksonomiyasi va uning o‘qitishdagi ahamiyati Reja: 1.Blum taksonomiyasi va uning bosqichlari. Mazmuni va mohiyati. 2.Blum taksonomiyasining o‘qilishdagi ahamiyati. 3Blum taksonomiyasi asosida fanning o‘qitish bosqichlarini belgilash. Topshiriqlar tizimini yaratish. O‘quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati O‘quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish jahon pedagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o‘quv maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o‘quv maqsadlari tizimi yaratilib, o‘zaro bog‘liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya’ni ularning taksonomiyasi tuziladi. O‘quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur bo‘lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. “Taksonomiya” tushunchasi grekcha - tartib bilan joylashtirish bo‘lib, biologiya fanidan olingan. U obektlarni, ularning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo‘llash, o‘qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o‘quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo‘ladi. O‘quv maqsadlari sohalari Kognitiv - bilishga oid soha. O‘rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berish, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to‘la anglash, ularni oldin o‘rganilgan uslub, usullar bilan uyg‘unlashtirilib tasavvur etishgacha bo‘lgan muammolarni hal etilishini o‘z ichiga oladi. Affektiv-hissiyotga oid soha. Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo‘nalish va munosabatlarini o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish, o‘quvchilarni atrof-muhitga nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo‘lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi. O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda o‘quv fani o‘qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so‘ng, o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzu va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o‘tish metodi, usuli tanlanadi. Interfaol yondashuv. O‘qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit yaratadi. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim to‘adilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir- birlariga namoyish etadilar. Loyihalash metodi. Loyihalash metodi-o‘quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy to‘shiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir. Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar. Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi, shart hisoblanadi. Download 220.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling