Mavzu: Boborahim Mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati Bitiruvchi
Qahramonlik afsonalariga ishora qilmoq
Download 225.57 Kb.
|
Boborahim mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati
2.3. Qahramonlik afsonalariga ishora qilmoq
Insoniyat tarixiga nazar solar ekanmiz, buyuk tarixiy shaxslar nihoyat ko‘p ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Bu tarixiy shaxslar badiiy adabiyot olamida goh shoh, goh sarkarda, goh afsonaviy shaxs sifatida gavdalanadi. Eng qiziq tomoni shundaki, bularning insoniyat tarixida qilgan ishlari xususida, mashhur asarlar mavjuddir. Jumladan biri Iskandar bo‘lsa, boshqasi Jamshiddir, yana biri Rustami Doston bo‘lsa, boshqasi Suhrobdir ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Adiblar ba’zan katta hajm asarlarida ham, ba’zan kichik janrlarda ham ularning qahramonligi haqida ishoralar qilgan. Boborahim Mashrab she’riyatida ham talmeh san’ati orqali ishoralar qilgan. Adibimizning she’riyatida qahramonlik afsonalaridan biri Iskandarga ishoralar bor. Iskandar—Iskandar Zulqarnayn Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. Bu Aleksandr Makedonskiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Birinchi marotaba Firdavsiyning “Shohnoma”sida tarixiy faktlardan birmuncha to‘g‘riroq foydalanishga harakat qilingan. Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma”, Amir Xisrav Dehlaviynnng “Oyinai Iskandariy”, Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” dostonlarida Iskandar obrazi mohir lashkarboshi, olim faylasuf tarzida ko‘rsatiladi. Alisher Navoiy “Tarixi Muluki Ajam” asarida Iskandarning Ravshanakka uylanganligini qayd etgan bo‘lsa, “Saddi Iskandariy” dostonida (1483—1485) bosh ijobiy qahramon ideal shoh deb talqin etilgan. Lirik qahramon o‘z ma’shuqasi tomon yuzlanib, dunyoda sening go‘zalligingni ma’lum va mashhur qilish uchun, Iskandarning mili, ya’ni uchi ingichka temirni olib, katta nog‘orangni qoqmoqchi edim, dedi. Oshiq o‘z ma’shuqasi qalbidan o‘rin olish uchun, doim barcha narsaga tayyordir. Chunki maqsad bitta bu ham bo‘lsa uning vasliga etishdir. Adib shu maqsadni ifodalash uchun tarixiy afsonaviy qahramon Iskandarning o‘ziga, miliga va urush vaqtida boshqalarni chorlash uchun qoqadigan nog‘oraga talmeh san’ati orqali ishora qilgan: Dahr bog‘ida saning ovozayi husning uchun, Mili Iskandar olib, tablingni man qoqmoq edim. (151-bet) Tubandagi baytda ham ijodkor Iskandarni tilga olish bilan talmeh san’atini yaratgan: Gar o‘zi lutf qilsa mo‘ri langni sher qilur, Pashshayi log‘arni ko‘r, yo‘lida Iskandarcha (262-bet) Mashrab she’riyatidagi yana bir qahramon bu Jamshiddir. Jamshid – rivoyatlarda Yima, Firdavsiy “Shohnoma”sidagi qahramonlardan biri, Tahmurasning o‘g‘li. 700 yil hukmronlik qilgan deyiladi. Uning davrida temirdan harbiy aslahalar, libos tikish, dehqonchilikka asos solingan. “Navro‘z” bayramini ham Jamshid joriy etgan. Navoiy “Tarixi muluki Ajam”da Jamshidga alohida maqola bag‘ishlangan. Quyidagi misralarda shoir baravariga bir nechta talmeh san’ati orqali, afsonaviy qahramonlarga ishora qilgan, jumladan Jamshidga ham: Jahonni bebaqo derlar, qani Kayxusrav-u Dorob? Qani Jamshidu Iskandar, qani Rustam, qani Suhrob? Qani jumla payambarlar, qani ul sohibi mehrob? Qani Bu Bakri Siddiqu Umar, Usmon duru noyob? Qani Haydar, der edilarki:“Man-Sohibqirondurman”(473-bet) Jasorat ko‘rsatish, qo‘rqmaslik o‘z ona vatanini yovdan asrash, uning ravnaqi uchun hissa qo‘shish, xalq tinchiligini asrash va barqarorlashtirish kabi yuksak xislatlar sohiblari xalq qahramoni hisoblanadi. Bu qahramonlar har qanday jamiyatda adolatsizlik rivojlanganda qad ko‘tarib o‘sha yerda adolatni o‘rnatadigan bahodirlardir. Xalq orasidan chiqib, xalq og‘zaki ijodiyotida mashhur bo‘lib, badiiy adabiyotda butun bo’y-basti bilan o‘z ifodasini topadi. O‘tmishda Rustam,Suhrob va boshqalar bo‘lsa keyingi asrlarda ham bunday xalq qahramonlari dushmanga qarshi jang olib borgan. Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy va boshqalar shular sirasiga kiradi. Mumtoz adabiyot namoyandalari ijodiyotida xususan Mashrab she’riyatida bunday xalq qahramonlarining nomlar ko‘p tilga olingan. Rustam kim? Sharq mumtoz adabiyoti tarixining buyuk namoyandasi, mutafakkiri, nazm olamida benazir “Shohnomasi” bilan ma’lum va mashhur bo‘lgan Abulqosim Firdavsiyning bosh qahramoni Rustamdir. Ba’zan Rustami doston ham deyiladi. Ya’ni mashhur Rustam degan ma’noni bildiradi. Jasurligi, adolatliligi, qahramonligi bilan o‘z zamonasida nom qozongan buyuk, daler pahlavondir. “Shohnoma” manzumasidagi Zolu Rudobani o‘g‘li, Somu Mehrobi Kobulining nevarsi. Rustam Manuchehr podshohning davrida dunyoga kelgan, hunar va jang sirlarini o‘rganib pahlavonlikda mashhur bo‘lgan. Uning qahramonligi oq filni o‘ldirishi bilan yanada xalq orasida shuhrat topdi. Shuningdek u bir qator yurishlarda g‘olib chiqib, ko‘p podshohlarni asir olgan, xoqoni Chin Ashkbo‘sni o‘ldirgani shular qatoriga kiradi. Shu bois ko‘p shoirlarimiz shijoat va qahramonlik haqida so‘z yuritganda, albatta Rustamga ishora qiladi. Boborahim Mashrab ham Rustami dostonga ishora qilgan. Shoir o‘zini Rustami dostonga o‘xshatish orqali talmeh san’atini qo‘llashga muvaffaq bo‘lgan: Xisravi komron bo‘lub, Rustami Doston bo‘lub, Bir zo‘r pahlavon bo‘lub, Hamzayi raxnagar o‘zum. (172- bet) “Shohnoma”ni bosh qahramonlari ota-o‘g‘il Rustam va Suhrobdir. Ikki pahlavon ham hali yoshlik chog‘ida jang bobida ma’lum va mashhur bo‘lganlar. Abulqosim Firdavsiy ularning jasoratlarini misli yo‘q tarzda o‘z asarida badiiy ifodalagan. Shuni aytish lozimki, Boborahim Mashrab o‘z yaqinlarini, hatto otasi va onasi do‘sti yorlari uyiga tashrif buyurganliklari bois, har birlarini Rustamu Suhrobga o‘xshatgan, o‘quvchi tubandagi misralarni mohiyatini tushunish uchun zikri o‘tgan qahramonlarni bilishi, kerak: Namangan shahridin, do‘stlar, maning yoronlarim keldi, Otam birlan onamni bilguchi mehmonlarim keldi. SHijoat bobida har qaysisi bir Rustamu Suhrob, Adolat taxtig‘a mingan bu kun sultonlarim keldi (93-bet) Xulosa, Boborahim Mashrab talmeh san’ati orqali bir qator afsonaviy qahramonlarga Iskandar, Jamshid, Rustam va Suhroblarning jasurligi, vatanparvarligi shunga o‘xshash ezgu amallariga talmeh san’ati orqali ishora qilgan. Adib ishora orqali kelajak avlodda o‘tmishda xalqning benazir farzandlari yashab yurtni tinchiligini, osoyishtaligini asrab, osmon musaffoligi, xalq farovonligi uchun doim tayyor bo‘lgan farzandlari borligini aytgan. Ularni ezgu ishlarini o‘rganib, mustaqillikni mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirgan bo‘lsa ajab emas. Download 225.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling