Mavzu: Boborahim Mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati Bitiruvchi


Qahramonlik afsonalariga ishora qilmoq. 2.4


Download 225.57 Kb.
bet2/12
Sana05.01.2022
Hajmi225.57 Kb.
#231522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Boborahim mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati

2.3. Qahramonlik afsonalariga ishora qilmoq.

2.4. O‘zidan oldin yashagan ijodkorlar nomiga ishora qilish.
Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Sharq mumtoz she’riyati necha asrdirki, insoniyatning ma’naviy olamini boyitish uchun xizmat qiladi. Xususan, o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari tomonidan qoldirilgan boy adabiy meros qalblardan qalbarga o‘tib, insoniyatning farovon hayoti uchun ruhiy dalda beradi. Mumtoz adabiyot vakillarining har bir so‘zi, misrasi, bayt-u gazal-u ruboiysi, masnaviysi, katta hajmdagi asarlari nafaqat bir millat va elat uchun, balki butun bashariyat uchun xizmat qilishga qodirdir. Eng muhimi, mumtoz adabiyotning bosh g‘oyasi o‘zlikni anglash, boshqalarni qadrlash, kichik va kattaga hurmat-izzat ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, bu g‘oya barcha zamonlar uchun o‘lmas va umumbashariydir. Mustaqil davlatimiz ta’lim va tarbiya tizimi oldida yoshlarni jismoniy-aqliy jihatdan sog‘lom, axloqan pok, mehnatsevar hamda vatanparvar qilib tarbiyalashday ulkan vazifa turibdi. Bugungi kunda istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish uchun mumtoz adabiyotdan ulkan xazina sifatida foydalanish, uni o‘rganish targ‘ib va tashviq etish ayni muddaodir. Amalga oshirilayotgan ish mavzui, avvalo, ayni shu jihati bilan dolzarblik kasb etadi.

Adabiyot va adabiyotshunoslik doimo rivojlanishda bo‘lgan va bo‘ladi. U zamon va makon bilan, inson va uning hayoti bilan qadamba-qadam rivojlanib, o‘zgarib boradi. Buning natijasida so‘z san’atida shakliy va mavzuiy yangilanishlar maydonga chiqadi. Har bir davr, har bir asarga, har bir mavzuga, mavzuni yoritish uchun vosita bo‘lib xizmat qiluvchi, adabiy janrga, o‘ziga xos tarzda, yangicha munosabatda bo‘ladiki, o‘ziga xosliklarni o‘rganish adabiyot mutaxassislarining muhim vazifasidir. Qolaversa, milliy merosimizga yangicha nuqtai nazardan munosabatda bo‘lish, ko‘p asrlik ma’naviy merosimizni qayta nazardan o‘tkazishdir. Bugungi adabiyotimizning milliy ruhi, undagi an’analar davomiyligini chuqur tadqiq etish, kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘lib, bu omil ham ishimiz mavzuining dolzarbligidan dalolatdir.

Biz tariximizni, unga yorqin nurlar bag‘ishlagan ajdodlarimiz merosini o‘rganmay, bilmay turib, keyingi yorug‘ kunimizni tasavvur qila olmaymiz. CHunki birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning jumlalari bilan aytganda “O‘tmishsiz kelajak bo‘lmaydi”.

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Ilmiy faoliyati bevosita Boborahim Mashrab hayoti va ijodini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan va uning “Mabdai nur” asarini ham qaysidir darajada tadqiq etgan olimlarimizdan A. Hayitmetov, A. Abdug‘aforov, M. Zokirov, V.Abdullaev, Z.Rizayev, Sh.Zunonov, R.Vohidovlarning ilmiy ishlari orqali mashrabshunosligimiz shakllandi va rivojlandi. Sharqshunos Ismatulloh Abdulloh “Mabdai nur”ning Mashrabga tegishli asar ekanligini isbotladi, Mo’min Hoshimxonov esa o‘zining besh jildlik ilmiy ishida Mashrab g‘azaliyoti, “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlari va yangi topilayotgan she’rlarini adabiy-badiiy, sotsiologik-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etishga o‘z hissasini qo‘shdi. Shuningdek bu sohada shoir adabiy merosini o‘rganishga mashrabshunos va adabiyotshunos Jaloliddin Yusufiyning xizmati benihoyat kattadir. Adabiyotshunos mustaqillik yillarida tinim bilmay Boborahim Mashrab ijodini o‘rganib tadqiqotlar olib bordi. Shu inson xizmati orqali shoirning mukammal “Devon”i bilan tanishdik. Bizning bitiruv malakaviy ishimizning asosi manbasi ham shu “Devon”dir1. Mazkur ishimizda shoir ijodida talmeh san’atini o‘rganish uchun zikri o‘tgan “Devon”dan to‘liq foydalandik.

Ishning metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”dagi ko‘rsatmalar, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning milliy madaniyatni rivojlantirish, milliy mafkura va ma’naviy qadriyatlarga doir qarashlari shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalq bilan olib borayotgan muloqotlari va turli anjumandlarda qilayotgan ma’ruzalarining to‘liq mohiyatini tashkil etadi.

Ishning ilmiy-nazariy yunalishini belgilashda Abdurauf Fitrat, Ismatulloh Abdulloh, A.Abdugafurov, M.Zokirov, V.Abdullayev, Rahim Vohidov, Ibrohim Haqqul, Mo’min Hoshimxonov, Jaloliddin Yusufiy kabi mashrabshunos va adabiyotshunos olimlarning asarlari metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, ishda qiyosiy tahlil metodidan foydalanildi.

Ishning ilmiy yangiligi. Ushbu tadqiqotning natijalari va xulosalari adabiyotshunoslik va mumtoz adabiyot tarixini o‘qitishda, ayniqsa, asarlarini va she’riyatini o‘rganish bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarda istifoda etilishi shuningdek bu ishdan kurs ishi hamda referatlar yozishda foydalanilishi mumkin.

Malakaviy bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Ushbu malakaviy bitiruv ishida mumtoz adabiyot vakili Boborahim Mashrab va uning she’riyatida talmeh san’atining o‘rnini misollar asosida tahlil qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Bu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zlanmoqda:

- talmeh san’atiga doir nazariy ma’lumotlarni o‘rganish, tadqiqotlarda ilgari surilgan fikrlarga munosabat bildirish;

- Boborahim Mashrab g‘azal va boshqa she’riy janrlarida talmeh san’atini qay darajada qo‘llagan shularni o‘rganish va ularni aniqlash;

- shoir she’riyatda talmeh san’atidan qaysi maqsad uchun foydalangan izohlash;

- talmeh san’atini shoir ijodida ta’siri va uninig rivojlanishi bilan bog‘liq tasvirlarni g‘oyaviy-badiiy qimmatini imkon qadar ochib berish.

Ilmiy ishning tuzilishi. Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, yetti bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.






  1. Download 225.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling