Layli va majnun
Download 345.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Doston haqida ma\'lumot(1)
“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA MUALLIF BADIIY NIYATINING IFODALANISHI Reja: 1. “Layli va M a jn u n ”- pok va yuksak muhabbat ifodasi. 2. Dostonning tarkibiy tuzilishi, g‘oyaviy mundarijasi va timsollar olami. 3. Dostondagi bosh qahramonlar hayoti. 4. Doston badiiyati. Yaqin va 0 ‘r ta Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va M ajnun” rnavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qi- yin. Mana o‘n uch asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot olamida she’r va dostonlar bitib kelinadi. Ushbu qissaning kelib chiqish rnanbai qadim arablar hayoti bilan bog‘liq voqealarga borib taqaladi. Arab manbalarida m a’lumot berilishicha, Majnun tari- xiy shaxs bo‘lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo‘lgan. Uning ismi manbalarda Qays ibn M ulaw ah, Mahdiy ibn Muod, al-Aqra va ba’zan al-B uhturiy ibn a l-Ja ’d tarzida keltiriladi. M ajnun o‘z qabilasidan Layli ismli qizni sevib, unga bag'ishlab ajoyib she’rla r to'qigan. Uning she’rla ri qabiladoshlari va boshqa qabila kishilari orasida keng tarqal- ganligi haqida Ibn Qutaybaning “Kitob ush-she’r vash-shuaro” asarida m a’lum otlar keltiriladi. Lekin shu bilan birga ayrim tarixchilar M ajnun tarix iy shaxs emas, uning nomi majoziy, mavjud she’rla r o‘z am akisining qizini sevib qolgan umaviy bir yigitning she’rlari, u she’rlarida Majnun taxallusini qo'llagan deb aytadilar. H ar holda, nim a bo'lganda ham VII asrning ikkinchi yarm idan boshlab arab she’riyatida Majnun taxallusi bilan ishq mavzusida yozilgan g‘amgin she’rla r paydo bo'lgan. Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy G anjaviy tom onidan v u ju d g a keldi. Nizomiy xalq orasida tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “Layli va Majnun” qissasini g ‘oyaviy jihatdan mukammal va badiiyati 117 nuqtayi nazaridan yuksak asar darajasiga ko 'tard i. Bani Omir qabilasi boshlig‘ining o‘g ‘li Qaysning m aktabdoshi Layliga muhabbatini tasvirlash orqali h ar ikkala qahram onning ruhiy va m a’naviy dunyosini ochib berishga alohida e’tibor qaratdi, xalq rivoyatlarida faqat tashqi go‘zalligi bilangina m ashhur bo‘lgan Layli tim solini ijtim oiy omillar va badiiy-estetik yuk orqali m ukam m allashtirdi. Nizomiy dostoni Sharq xalqlari adabiyotida keng sh uhrat qozondi va oradan b ir asrdan ziyo- droq vaqt o'tgach, A m ir X usrav Dehlaviy unga javob yozdi. Dehlaviy dostoni 1299-yilda y aratilg an bo‘lib, “M ajnun va Layli” deb ataladi. M uallif doston qahram onlari nomini al- m ashtirish bilan yangilikka, o‘z salafidan o‘zgachalikka in- tilganligini ta ’kidlaydi hamda ushbu qissaning arab xalqlari orasida dastavval “Majnun va Layli” shaklida ommalashgan- ligiga e’tibor qaratadi. U Nizomiy dostonining kompozitsion qurilishini asosan saqlab qolgan holda uning syujetiga ba’zi o‘zg artirish lar k iritad i (munajjim ning Majnun taqdiri haqida- gi bashorati, Navfalning o‘z qizini M ajnunga nikohlab berishi va b.)- X usrav Dehlaviy ushbu dostoni bilan Sharq xalqlari ada biyotida “Layli va M ajnun” mavzusidagi dostonga javob yozish an’anasini boshlab berdi. Dehlaviydan keyin forsiy adabiyotda, xususan, H irot adabiy m uhitida A shraf Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Kotibiy Turshiziy, Shayxim Suhayliy, Abdulloh Hoti- fiy, Badriddin Hiloliy, Xoja Imod Loriy va boshqalar ham bu mavzuda asar yozdilar. A lisher Navoiyning “Layli va M ajnun” dostoni tu rk iy tilda ushbu mavzuda yaratilgan ilk doston bo‘lib, Navoiy uni yara- tishdan a w a l arab rivoyatlari bilan bir qatorda Nizomiy Gan- javiy, X usrav Dehlaviy, A shraf M arog‘iy va Shayxim Suhayliy dostonlarini chuqur o'rganadi. U xam sanavislikda o‘zigacha mavjud an ’analardan ijodiy foydalangan holda o‘z dostoniga yangicha ru h bag'ishlaydi, o‘z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, “afsonaga yangi libos kiygizadi”. Alisher Navoiyning “Layli va M ajnun” dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat. Shundan muqaddima 9 bobni o‘z ichiga oladi. Doston an ’anaviy hamd - Allohning madhi bilan boshlanadi. Unda shoir olamning yaratilishi; tu n , kun, oy, quyosh, yulduz- larning, yil fasllari va ulardagi tabiatning o‘ziga xos jilolari, insonning tabiat ichida yaratilishi, yo‘qdan bor, bordan yo‘q 118 bo'lishi - bularning hammasi Allohning beqiyos q u d rati va ulug‘ligining ifodasi ekanini ta ’kidlab, unga hamd-u sanolar o'qiydi. Navoiy bobda g ‘oyat ustalik bilan Allohning yerdagi tajalliysi tasv irin i ushbu yozilayotgan dostoni g‘oyasi bilan bog'liq holda bayon qiladi. Yaratuvchining har yerdagi tajalliysi jahonda Layli bo'lib ko‘rinadi, jilva qiladi, uning bu xususiyati esa yaratilganlarni M ajnun qilishdan iboratdir: Download 345.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling