Layli va majnun


Download 345.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana28.02.2023
Hajmi345.36 Kb.
#1238215
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Doston haqida ma\'lumot(1)

Besh ganj qo‘yub vale nishoni.
Bobda Dehlaviy “sohiri Hind” (hind sehrgari) ta ’rifi ostida 
keltirilib, u yaratgan asarlar fitnagarlikda K ashm ir o‘lkasidek, 
kitoblari sahifalaridagi yozuvlar Bobil m am lakatining k a tta
yo‘lidek ekanligi ta ’kidlanadi:
Ko'rgach bu tilism sohiri H ind,
Joduligishida mohiri Hind...
H ar safhai nazm i gohi tahrir,
Fitna aro bir savodi Kashmir.
S alafla rn in g “Layli va M ajnun” m avzuidagi d o sto n lari 
“qal’a” va “qasr”ga, Navoiyning o‘z dostoni “qal’a” va “qasr” 
atrofidagi “shahar” va “bog‘”ga nisbat beriladi:
H am qal’a uchun kerakdurur shahr,
H am qasrg‘a bog‘-u sabzadin bahr.
Oltinchi bob Mavlono N uriddin Abdurahmon Jom iy madhi- 
dadir. Navoiy Jomiy ismidagi “n u r” so'ziga alohida u rg ‘u berib, 
uning oti ham, zoti ham “nurun-alo n u r”dir deydi:
Sochib laqabi jahon aro nur,
Zoti bila nurun-alo nur.
Navoiy bu o‘rinda Jomiy hali to ‘lalagicha “Xamsa” yaratm a- 
gan bo‘lsa-da (Jomiy beshligi 1481 - 85 yillarda yaratilgan, bu 
vaqtga kelib, Jom iy beshligidagi faqat 3 doston yozib tugallan- 
gan edi), lekin o'zining besh xazinasi, ya’ni “Silsilat uz-zahab”, 
“Tuhfat ul-Ahror”, “Subhat ul-abror”, “Ahsan ul-qasas” (“Yusuf 
va Zulayho”) dostonlari va “Devon”i bilan besh xazinaga munosib 
javob aytganligini t a ’kidlaydi.
Dostonning yettinchi bobi zamona hukmdori Sulton Husayn
121


•Boyqaroga bag‘ishlangan. Navoiy Husayn Boyqaroni shariatning 
himoyachisi, adolatparvar, saxovatpesha, bunyodkor shoh, fiqh 
ilmida Abu Hanifa singari yuksak darajaga ega shaxs sifatida 
madh qiladi. Shoirning yozishicha, u qilichi bilan sherni mahv 
etishdek qudratga ega bo‘lsa-da, chumoliga shikast yetsa, ko‘z 
yoshini tiyolmaydigan, shohlar orasidagi o‘rni falak yuksakligida 
bo‘lgani holda darveshlar oldida tuproqdek xokisor podshohdir: 
Sher uzra qilichi barq choqib,
M o'r o'lsa shikasta yoshi oqib.
Darvesh desam ulus uza shoh,
Shohi darvesh borakalloh.
8-bob shahzoda Badiuzzamon t a ’rifidadir. Navoiy shahzo- 
daning ismi “zamonasining go‘zali, nodiri” ekanligiga ishora 
qilib, shunday yozadi:
Gar oti o'lub zamon badii,
Zoti kelib ins-u jon badii.
Alloh, Alloh, ne ot erur bu,
Ne pok-u xujasta zot erur bu.
Bobda Badiuzzamonning adolati, saxovati bilan birga qahriga 
ham alohida ta ’rif beriladi:
A dli yorutub jahonni jovid,
Ul adl boshida ayni xurshid.
Chun qahri sharori ko'kka roji’
Ul “shin” uza nuqta N asri VoqV.
Dostonning 9-bobi tun ta ’rifiga bag‘ishlangan. Bob muayyan 
m a’noda m uqaddima bilan asosiy qismni bog‘lovchi k o'prik 
vositasini o'taydi. Bobda shoirning qorong'i tunda xayol otiga 
m inib, sayrga chiqish ta sv iri berilgan. Ishq vodiysiga yet- 
ganda ot oqsoqlanib, yo'lda davom etolmay qoladi. Y om g'ir, 
bo‘ron aralash momaqaldiroq guldurab, chaqin chaqadi. Chaqin 
yorug'ida shoir saksovulday taxlanib yotgan inson suyaklari
vahshiy hayvonlarni ko‘radi. N.Komilovning “T a saw u f” kitobi- 
da yozilishicha, bu tasvirlarning hammasida muayyan ramz bor. 
Bu tu n h ajr tu n i, bu vodiy esa ishq vodiysi, vahshiy hayvonlar 
oshiqqa xuruj etgan balo-ofatlar, suyaklar ishq qurbonlaridan 
nishona. 0 ‘z asli, Ilohdan ajralgan m usofir, g 'arib ruh M ajnun
122


shu vodiyda yakka o‘zi boshini egib o 'tiribdi. Shu o‘rinda ikkita 
tashbih qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Qorong'i tunda birin-ketin 
chaqmoq^chaqib, uning yorug'ida qabilalar ko'zga tashlanadi, 
shunda shoir tu n n i Laylining sochiga, chaqmoqni esa Layli 
yuzining ochilishiga o‘xshatadi:

Download 345.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling