Layli va majnun
Download 345.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Doston haqida ma\'lumot(1)
Andoqki qilib karashma mayli,
Z u lf ichra jamolin ochsa Layli. Layli yuzi bu o 'rin d a ilohiy n u r manbai, uzun sochlari - moddiy dunyo, firoq tuzoqlari, (“Layli” so'zining o‘zi ham tu n m a’nosini bildiradi), ana shu n u r manbaining chaqmoqlari M ajnun qalbi va vujudidan joy olgan. Ikkinchi tashbih: Navoiy ishq vodiysida “Nori Ayman” (shoxlari shu’lalanib tu rg a n da- raxt)ni ko'radi. Qissa boshlanib, Layli va M ajnunning birinchi uchrashuvi tasvirlanganda shoir shu tashbihni takrorlab, Maj- nunni xuddi shu shu’lali d araxt qiyofasida chizadi, ya’ni Layli yuzining sh u ’lasidan M ajnun qalbi alangalanib ketadi. “Nori Ayman” aslida Q ur’ondagi Muso hikoyasiga ishoradir. Muso alayhissalom Allohga yuzingni ko‘rsa t deb iltijo qilganlarida, Alloh bir uchqunni T ur to g ‘i tomon yo 'n altirad i. T ur to g 'i parchalanib, qum holiga keladi, Ayman vodiysi esa yorishib ketib, undagi darax tlar m ash’aladay porlaydi. Alloh ishqi mana shunday qudratga ega. Bu bobning yana bir aham iyatli tomoni shundaki, unda shoir hotif (g'oyibdan ovoz beruvchi) tilidan o‘z yozilajak asarining salaflar dostonlaridan qanday farq qilishi lozimligini bayon etadi. 10-bobdan dostonning asosiy qismi boshlanadi. Bani Omir qa- bilasida uzoq kutilgan farzand - Qays dunyoga keladi. Qaysning tu g 'ilish i, o‘sishi tasvirida ham ilohiy taqdir sezilib tu rad i. Tug'ilgandan ishq olovi bilan yo‘g ‘rilgan Qays o‘tga talpinadi: 0 ‘t ko'rsaki mayl etib nihoniy, Ishq o‘ti tasavvur aylab oni. Uni 4 -5 yoshlarida Layli qabilasiga o‘qishga beradilar. Qays m aktabda tez saboq chiqaradi, qisqa fu rsat ichida barcha ilmlar- ni o'zlashtiradi va saboqdoshlarini hayratga soladi (Bu o 'rinda Navoiy Alloh o‘zining xos bandalariga alohida iste’dod berishiga ishora qilyapti). Qays saboq olib yurgan bu paytda Layli betobligi 123 uchun m aktabga qatnam ayotgan bo‘ladi. Tuzalganidan so‘ng ustozi benihoya shodlanganidan barcha shogirdlarini o‘qishdan ozod qiladi. Layli saboqdoshlarini gulshan sayriga tak lif qiladi, u lar bilan birga Qays ham bog' sayriga chiqadi. Qays Laylini , ko‘rib hushini yo‘qotadi. Navoiy bu o‘rinda Laylining husni gulzorni charog‘on qilib yubordi va gulzordagi bir nihol (Qays) ni xazon etdi deb yozadi: Shod o'ldi jam olidin dabiston, Andoqki bahordin guliston. Lekin bu bahori zindagoniy, B ir naxlni ayladi xazoniy. T a sa w u f t a ’limotiga ko‘ra, guliston darveshning ruhiyati, uni Haq ishqi egallab oladi va u betoqatlanib, hushini yo'qotadi. Shu tarzd a majzubi solik (Haqdan jazba yetgan, ustozi ham, p iri ham Ishq bo‘lgan, m aqom larni egallamasdan tu rib , hoi m artabasiga erishgan oshiq)ning sarg u zash tlari boshlanadi. Qays shu tariq a Laylini har ko‘rganida hushidan ketadi. Xalq orasida “M ajnun” laqabi bilan ovoza bo‘ladi: “Layli, Layli!” - débon chekib un, E l deb: “M ajnundur, ushbu m ajnun!” N avoiyning ishq haqidagi tu sh u n ch asi insonning ilohiy fayzdan bahram andligi bilan bog‘liq e’tiqodga asoslangan, ya’ni haqiqiy m uhabbat faqat pokiza insonlar qalbidan joy olishi mumkin. M ajnunning ishqi bu borada eng oliy nam una, chunki u b u tu n qalbi va jon-u dili bilan Allohni sevadi, shu sababli u m eh r-m u ru w ati, yuksak axloqi va beqiyos iste ’dodi bilan eng go‘zal insondir. Shuningdek, Navoiyning fikricha, pok insoniy m uhabbat va ilohiy ishqni bir-biriga zid qo'yish to ‘g ‘ri emas, chunki ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, biri ikkinchisi- dan о‘sib chiqadigan hodisa. M ajnunning ota-onasi uni Layliga uylantirish bilan dardiga chora topmoqchi bo‘ladilar va Layli qabilasiga sovchi yuboradilar. Navoiy shu o‘rinda haqiqiy ishq- dan bexabar kishilar “ishq uylanish, oila qurish bilan yakuniga yetadi” degan tushuncha asosida yashashlariga ishora qiladi, y a ’ni M ajnunning ota-onasi va jam iy at ahli ishq deganda Navoiy “Mahbub ul-qulub”da keltirgan ishqning quyi darajasi, ya’ni avom ishqinigina anglaydilar. M ajnunning ota-onasi uni 124 Layliga uylantirish uchun sovchi yuboradilar. Lekin Laylining otasi qizini aql-hushdan begona bir “devona”ga berishdan or qiladi va M ajnunning Layli qabilasiga kelishini taqiqlab qo‘yadi. M ajnunning otasi qabiladoshlari bilan m aslahatlashib, Qaysni zanjirband qiladi. Lekin ishq otashi t a ’siridan zanjir uzilib, M ajnun uyidan chiqib ketadi. U bedard qabiladoshlarini ham, yaqinlarini ham, umuman, jam iyatni unutish darajasiga boradi, zero, bu holat haqiqiy oshiq uchun xos xususiyatdir: Download 345.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling