Layli va majnun
Download 345.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Doston haqida ma\'lumot(1)
O'z oti-yu qavm-u xayli oti
Yo‘q yodida, g‘ayri Layli oti. Tasaw ufda bu holat “tafrid” (yolg‘izlanish) deb ataladi. Oshiq shunday bir hoi m artabasini egallaydiki, yaqinlaridan, umuman, insonlardan bezor bo'ladi; yakkalikni, yolg'izlikni qo‘msaydi. Yolg‘izlanish dilning Haqqa yuzlanishi uchun imkon yaratadi. Qaysning otasi o‘g‘lining dardiga shifo bo‘ladi, degan umidda haj munosabati bilan Ka’ba ziyoratiga olib boradi (20-bob). Qa- rindoshlar ham Qays Ka’bani tavof etsa, ahvoli yaxshilanadi, deb umid qiladilar. Lekin Majnun Allohga munojot qilib, Layli ishqini ko'ngliga mustahkamroq jo etishini so'raydi. Mazkur lavha dos- tonning eng ta ’sirchan o'rinlaridan biri bo‘lib, qirq uch baytdan iborat. Bu o‘ziga xos “munojotnoma”da yigirma to‘rt o'rinda “ishq” so‘zidan foydalanilgan. Bu tasodifiy emas, albatta. Navoiy ushbu so‘zni tu rli poetik unsurlar va ritm ik vositalar bilan uyg'unlikda qo'llab, ritm ik ohangning turU-tuman jilvalanishlariga erishadi. Dastlab ishq o‘ti bilan jahonni yondirgan “hakimi dono”ga sokin m urojaat bilan boshlangan m azkur munojot asta-sekin tantanavor ohang kasb eta boradi va bunda “ishq” so‘zining ritm ik zarb (m antiqiy u rg 'u asosiga qurilgan, ijodkor aytmoq- chi bo‘lgan fik r yoki ifodalamoqchi bo‘lgan kuchli his-tuyg‘uni o‘zida aks ettiruvchi ritm ik birlik) darajasiga ko‘tarilganligi muhim omil bo'lib xizm at qiladi: Chek aynim a ishq to'tiyosin. Ur qalbima ishq kimiuosin! M ajnun o‘z m unojotida ishqni shu tariq a u lu g ‘lar ekan, undan ishq va Laylini unutishni so'ragan kishilarga nisbatan achinish hislarini namoyon qiladi va h atto Tangridan ularni afv etishini so‘raydi: i ->c Alloh-Alloh, bu ne so‘z o'lg'ay, Ul qavmg'a Tengri uzr qo‘lg‘ay. “T a sa w u f” kitobida keltirilishicha, K a’ba ziyorati lavhasi ta s a w u f ahlining h ar qanday su ratlar, tim sollarga sig ‘inishni inkor etishlariga ishoradir. Ya’ni Ilohning o'ziga oshiq bo‘lgan, faqat Uni deb yongan kishiga bu ishlar ortiqchadir. Majnunning otasi o‘g ‘lini uyga qaytarib olib keladi va u yana sahroga chiqib ketadi. Sahroda u ovga chiqqan lashkarboshi Nav- falni ko‘rib qoladi. Navfal ham bir vaqtlar ishq dardiga uchragani uchun M ajnunning qalbini tushunadi, unga rahm i keladi: N a vfa l dag‘i ishq ko'rgan erdi, G‘am dashti aro yugurgan erdi. Navfal ishq dardidan xabardor bo‘lsa-da, lekin Majnun da- rajasiga ko‘tarila olmagan, uning sulukdagi maqomi ma’lum bir bosqichga yetgandan keyin to ‘xtab qolgan. Shu sababli u Majnunni Layliga uylantirish bilan uning dardiga malham topish mumkin, deb o‘ylayli va Layliga sovchi yuboradi. Lekin Laylining otasi rozi bo'lmagach, urush ochadi. Laylining otasi urushda yengilishini sezib, qizini o‘ldirishga qasd qiladi. Bu holat Majnunga tush orqali ayon bo'lgach, Navfaldan urushni .jto'xtashini so‘raydi. Navfal Majnun uchun yana bir chora vositasi sifatida o‘z qizini unga ber- ishga qaror qiladi. Laylini esa Bani Asad qabilasining boshlig‘i Ibn Salomga unashtiradilar. Navfalning qizi boshqa insonni sevishini aytib, Majnunga aka-singil bo‘lishni taklif qiladi. Ibn Salomning esa quyonchiq (tutqanoq) kasali qo‘zg‘ab, behush yiqiladi. Layli va M ajnun ishq dashtida uchrashadilar. Navoiy bu uchrashuvni chuqur hayajon bilan tasvirlaydi. U lar bir-bi- rining vasliga yetishgan dam larda butun borliq ularga madad ko'rsatadi, osmon jism lari ham, yerdagi barcha tirik m avjudot sukutga cho'madi, oshiq-ma’shuqlarga xayrixohlik qiladi. Layli va M ajnun ruhan birlashadilar, ikkilik o 'rn in i birlik - tavhid egallaydi. Navoiy ularning vasli poklikdan ayri bo'lm aganligini aytadi. Shoirning fikricha, ishq ahli ulardek pok b o'lar ekan, ularga abadiy vasl m uyassar bo‘Isa, ne ajab, zero, nafs maqsa- dida oshiq bo‘lganlar uchun oshiqlik harom dir: Download 345.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling