Layli va majnun


Download 345.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana28.02.2023
Hajmi345.36 Kb.
#1238215
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Doston haqida ma\'lumot(1)

Ishq ahli bu nav’ bo'lsalar pok,
Gar vasl muabbad o‘lsa ne bok?
126


Oshiqki murodi kom bo'lg'ay,
Oshiqlik anga harom bo'lg'ay.
Dostondagi eng t a ’sirchan boblardan yana biri bu M ajnun 
ota-onasining o‘limi haqidagi bobdir (33-bob). M ajnunning dar- 
diga chora topa olmagan ota-ona farzandining g ‘am-u alamida 
kuyib, birin-ketin dunyodan ko‘z yum adilar. M ajnun bu holdan 
tush orqali xabar topadi: tushida bolalarini inlariga qaytar- 
moqchi bo‘lgan ikki k ap tar b u rg u tg a yem bo'ladilar. Bobda 
ota-onasidan ajralgan M ajnunning iztiroblari, g‘am -alam lari 
chuqur hissiyot bilan tasvirlangan. Ayniqsa, uning onasi qa- 
bri ustida tortg an afg'oni yuksak pafos bilan yo‘g ‘rilganligini 
ko‘rish mumkin:
Sen K a ’ba mangavu men tilab dayr,
Tavfing sori hech qilmayin sayr.
Solib sanga iztirob har dam,
K a ’bamni qilib xarob har dam.
K a ’bam bo'lmish mening xarobim,
Tengriga ne bo'lg'usi javobim?!
M ajnunning ota-onasi vafot etganini eshitgan Layli yorining 
ham firoq alamidan, ham ota-ona motamidan iztirobga tusha- 
yotganini o'ylab, chuqur g'am ga botadi. Majnun ota-onasining 
g ‘amidan azobda bo‘lsa, menga ham bu g ‘am, ham uning g‘ami 
ikki hissa azobliroqdir, deydi:
Anga ato-anoning g‘amidur,
H am bu manga, ham aning g'amidur.
Laylining ruhiy ahvoli o‘zgara boshlaydi, uning tanasida 
kuchli harorat paydo bo'ladi. Tabiblar bu hoi oldida ojiz qoladi- 
lar. Layli bu dunyodan ketish fu rsa ti yaqinlashganini sezib, 
onasiga Majnun kelsa, uni huzuriga kiritishlarini vasiyat qiladi. 
M ajnun Laylining bu dunyodan ketayotganini ilohiy bir kuch 
bilan sezib, uning qabilasi tomon keladi. Shu tariqa um r bo‘yi 
bir-birining ishqida kuygan, visoliga intilganlar R uhi m utlaq 
tomon ravona WB'ladilar.
Doston Xotimasi uch bob (36 - 38)ni o‘z ichiga oladi. 36-
127


bob “Ishq ta ’rifi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda Navoiy ishqni 
kimyoga va olamni ko‘rsatuvchi ko‘zguga o‘xshatadi:
Ey, ishq, g‘arib kimiyosen,
Bal oyinayi jahonnamosen.
Qadimda kimyogarlar mis va boshqa ma’danlarni yuqori harorat 
ta ’sirida oltinga aylantirish mumkin deb hisoblaganlar. Navoiy bu * 
o'rinda shu afsonaga ishora qilib, odam aslida tuproqdan yaralgan, 
ammo ishq olovining “kimyo”ligi uni oltinga aylantiradi, ya’ni ishq 
inson vujudini tu rli xil chiqindilar: jismoniy talablar va nafsoniy 
istaklardan poklaydigan otashdir, degan fikrni keltiradi:
Chun xolis-u pok-u beg1 ash o‘ldi,
Oltin neki kimiyovash o‘ldi.
Poklanish, ya’ni “kimyo”lanish ishqi majoziy bo‘lib, undan 
“o ltin”ga aylanib chiqqan oshiq endi o‘zligidan qutuladi va qa- 
yoqqa qarasa, haqiqiy Yor(Haq)ni ko'radi:
Chun boqqali ixtiyor topti,
H ar soriki boqti yor topti.
H am naqshi vujudin etti foniy,
H am topti baqoyi jovidoni.
Bu esa qalbning ko‘zguga, ya’ni “oyinai jahonnamo”ga ayla- 
nishi, boshqacha aytganda, ishqi haqiqiyga molik bo‘lishdir.
Dostonning 37-bobi Sulton Husayn Boyqaro akasining o‘g ‘li 
shahzoda Sulton Uvays bahodir madhiga bag‘ishlangan. Navoiy 
shahzodani ta ’rif-u tavsif qilish asnosida g'oyat ustalik bilan 
unga sh ariat, adl-u him m at bobida nasihatlar ham qiladi va 
zamona sultoni Husayn Boyqaroni unga ib rat qilib ko‘rsatadi.
Dostonning so‘nggi bobi “dard navhasi” (yig‘isi)ning yakuni 
haqida bo‘lib, shoir bunda dostonni tugallagani uchun Allohga 
shukrona keltiradi. Navoiyning doston m ohiyati haqida aytgan 
eng muhim fik rlari aynan shu bobda tajassum topgan:
So'gin nechakim uzottim oxir,
Yig‘lay-yig‘lay tugattim oxir...
Yozmoqta bu ishqi jovidona,
M aqsudum emas edi fasona.
128


M azm unig'a bo'ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli...
M en turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim , shuhrati chun jahong'a to‘lg‘ay,
Turk eliga dog'i bahra bo‘lg‘ay...
“Layli va M ajnun” dostonidan kelib chiqadigan xulosa shuki, 
bu dunyoda yashovchi h ar b ir inson oshiqlik yo‘lini tu tib , o‘zi- 
ni o‘limga emas, balki vasl mayini ichishga tayyorlashi kerak, 
zero, bu dunyoning birdan-bir mazmuni ham shu. Ruhi mutlaqni 
ta s a w u r qilishda inson aqli va ongi ojizlik qiladi, shu sababli 
Navoiy uni m azhar - Layli timsolida yaratadi.
Dostonda har b ir timsol yuksak m ahorat bilan ishlangan 
bo‘lib, Navoiy har bir obrazga, har bir detalga muayyan badiiy 
ijtim oiy “vazifa” yuklaganligini k o 'rish mumkin. Dostonning 
14-bobida tasvirlangan it obrazi bu jihatdan alohida ahamiyatga 
ega. Ma’lumki, it sadoqat, vafodorlik ram zi sanaladi. Dostonda 
M ajnun o‘z sadoqati, vafosidan ko‘ra itning sadoqatini ustun 
qo‘yadi, chunki it M ajnunga qaraganda Layliga ancha yaqin 
tu rad i. U ham M ajnun kabi oshiq, yorining oyog'i ostida yotib 
o‘z vafodorligini, sadoqatini namoyon qiladi. Buning fahm iga 
yetgan M ajnun o‘z dardini to ‘kib soladi:
Sen mendin o‘lub vafoda afzun,
H am sidqda, ham safoda afzun.
Bu o‘rinda Navoiy M ajnunning o‘zini oshiq sanab, it darajasi- 
ga ham k o 'tarila olmaganidan q attiq iztirobda ekanligini bayon 
qiladi. It Laylini ko‘rganda Majnun singari hushini yo'qotmaydi, 
uning oyoqlariga suykalib, erkalanadi - itning bardoshi kuchli, 
bu esa M ajnunning yeta olmas armoni.
Doston kompozitsiyasida bosh qahram onlar - Layli va Maj­
nunning bir-birlariga yozgan m aktublari ham muhim o‘rin tuta- 
di. M aktub ko‘ngi^arni bog‘laydigan vosita bo‘lib, u vasldan 
xabar beradi, oshiq-ma’shuqlarni um idlantiradi. Shoir Laylining 
m aktubida nido san’atidan foydalanib, yorning o‘z oshig'iga 
m urojaati orqali m a’shuqaning qalb izhorlarini, his-tuyg‘ula-
129


rin i ifodalasa, M ajnunning Layliga yozgan m aktubida vafo 
va sadoqatdan so'zlovchi oshiq kechinm alari qalamga olinadi. 
Ushbu m aktublar dostonning umumiy poetik qonun-qoidalari 
(vazn, qofiyalanish tizim i)ga m oslashtirilgan noma janrining 
betakror nam unalaridir.
0
Dostonning badiiy jihatdan yuksak chiqishini t a ’minlagan 
vositalardan yana b iri unda tab iat tasvirining alohida o‘rin
egallashidir. Navoiy ta b ia t fasllaridan um um iy ram ziy fon 
sifatida foydalanib, ulardagi o'zgarishlarni qahram onlar kay- 
fiyati va ruhiyatiga hamohang tarzda tasvirlaydi. Qahramonlar 
shodlangan paytda, ularni o‘rab tu rg an tabiat ham yashnab 
tu rad i, ular qayg'uga tushganda go‘yo borliq ham xo'rsinib 
nafas olayotgandek bo'ladi. Masalan, Majnun gulshanda hushsiz 
yotgan paytda butun tabiat uning boshiga tushgan og‘ir savdoga 
“ham darlik bildiradi”: gul o‘z yoqasini chok etadi, lola ko'ksiga 
qora dog‘ soladi, sunbul o‘z qiyofasini qora rangga bo‘yaydi va 
boshqalar. Doston voqealarining bahor faslida boshlanib, kuz 
faslida yakunlanishida ham muayyan ramziy ifoda bor.
Doston hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi maqbuzi
m ahzuf (ruknlari va ta q ti’i: m af’ulu mafoilun f a u v lu n ,---- V
| V - V - | ---- ) vaznida yozilgan. Dostonda m azkur vazn b i­
lan birga qo'shim cha tarzda hazaji musaddasi axram i ashtari
m a hzuf (ruknlari va ta q ti’i: m af’ulun foilun fa u v lu n ,-------| -
V -  | V — ) vaznining ham qo ‘ llanilganligini kuzatish mumkin. 
Bu holat tasodifiy bo‘lmay, doston mazmuni va g ‘oyasi bilan 
chambarchas bog‘liq. Dostondagi 3623 baytdan 240 m isra aynan 
mana shu o‘lchovda yaratilgan bo‘lib, dostondagi ziddiyatli vo- 
qealar, asar qahram onlarining chuqur ruhiy iztiroblari tasviri, 
qahram onlar ruhiyatining tabiat tasviri bilan bog'liq bayoni, 
qahram onlar hayrati aks etgan m isralar - lirik chekinish pay- 
tida m azkur vaznga m urojaat qilinganligini k o 'rish mumkin.

Download 345.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling