Mavzu:" Boburnomaning" oʻzbek adabiyoti va madaniyatini oʻrganishdagi ahamiyati
Download 113 Kb.
|
Boburnoma kurs ishi 24567
Mavzu:" Boburnomaning" oʻzbek adabiyoti va madaniyatini oʻrganishdagi ahamiyati MUNDARIJA: KIRISh .....................................................................................................................2 I BOB." Boburnoma" oʻzbek adabiyotidagi dastlabki memuar asar.........................6 II.Bob.Markaziy Osiyo madaniy hayoti va oʻzbek adabiyotining "Boburnoma " dagi badiiy talqini……………………………………………………………………..…19 XULOSA...................................................................................................................25 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati..............................................................................27 KIRISH Badiiy adabiyot tabiat gultoji sanalmish hazrati inson bilan egizak dunyo yuzini ko‘rgan san’at turlaridan biridir. Inson yaratilibdiki, o‘zi yashayotgan borliq sir-u sinoatlari bilan oshno bo‘lgisi, ulardan yuksak shavq-zavq olgisi, ichki kechinmalari, orzu-intilishlari, ruhiy holatlarini o'zigagina hadya etilgan oliy ne’mat—so‘zda badiiy, bo‘yoqli tarzda ifodalagisi keladi. Adabiyot tarixi esa mana shu o‘ziga xos murakkab hodisaning eng qadimgi davrlardan zamonamizgacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot jarayonini o‘rganuvchi fandir. Badiiy ijod uning nodir namunalarini yaratuvchi ma’lum bir xalqning e’tiqodiy qarashlari majmuasidan bahramand bo‘ladi. Shu ma’noda u o‘sha xalq dunyoqarashi, ma’rifiy olami va ma’naviyatini badiiy aks ettiradi. Shunga ko'ra, alohida xalqlar nomlari bilan ataluvchi adabiyotlarvujudga keladi. Xalqimiz ma’naviy madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi esa o‘zbek adabiyotidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o'tmishni, fanlar tarixi, adabiy merosni o'iganishga jiddiy e’tibor qaratildi. Milliy o‘zlikni anglash, milliy mafkura, ma’naviyat, ma’rifat kabilar Davlat dasturidagi dolzarb masalalar sirasidan ustuvor yo‘nalish sifatida joy oldi. Shu jihatdan mamlakat Prezidenti IA.Karimovning hoziqavoblik va donolik bilan aytgan quyidagi fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi: “Biz ma’naviy qadriyatlami tiklashni milliy o‘zlikni angfashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, ularning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy tabiiy jarayon hisoblaymiz” Xalqimiz ma’naviy qadriyatlarini o‘zida ifoda etgan o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini o'iganish barkamol avlod qalbida m illiy iftixor tuyg‘ularini shakllantirilishiga ulkan hissa qoʻshishi bilan ahamiyatlidir.Zahiriddin Muhammad Bobur — shoir, adib, she’rshunos — adabiyotshunos, donishmand faqih (islom qonunshunosi), tilshunos, elshunos, mantiq va riyoziyot ilmlaridan puxta xabardor jamoat aibobi sifatida o‘zidan bebaho ma’naviy meros qoldirdi. Boshqa odamlamikidan deyarii farq qilmaydigan mo'jazgina ko‘ksida sheming yuragi va jur’atini ko'tarib o'tgan bu mukarram zot aql bovar qilmaydigan kashfiyotlar bilan yuzma-yuz yashab o'tdi, o‘zidan sara ma’naviy xazina va nom qoldirish uchun kuiashdi. Zahiriddin Muhammad Bobuming hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi eng noyob ish o n ch li m anba, sh u b h asizki, uning «Bobumoma»sidir. Shuningdek, bu ulug‘ shoir va sarkardaning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma», Muhammad Haydaming «Tarixi Rashidiy» asarlari ham «Bobumoma» maqomiga yaqin turuvchi asarlar sirasiga mansub. Buning boisi shuki, Gulbadanbegim va Muhammad Haydar Bobur Mirzo bilan yaqindan muloqotda bo'lishgani bois o'z asarlarida buyuk hukmdoming faoliyati, shaxsiyatiga aloqador qimmatli ma’lumotlami keltirishgan. Hasanxo'ja Nisoriyning «Muzakkir ul-ahbob» (1566) tazkirasida ham Bobur Mirzo bilan aloqador ishonchli qaydlar o‘z ifodasini topgan. Xuddi shunday fikmi Hindistonni idora qilgan boburiy hukmdorlar Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon zamonida vujudga kelgan tarixiy asarlar borasida ham aytish mumkin. Hindiston inglizlar tomonidan fath etilgandan so'ng, aniqrog'i, X V III asrdan boshlab Bobuming hayoti, faoliyati, ijodi kabi masalalar Ovrupo shaiqshunoslarining diqqatini o'ziga jalb etdi. Vitsen, Jon Leyden, U.Erskin, RM .Kalenot, Pave de Kurteyl, Denison Ross, A.Beverijd xonim, Len Pul, E.Holden, V.H.Moreland va boshqa tadqiqotchilar Bobuming hayoti va faoliyatini o'iganish, asarlarini nashr va tarjima qilish bilan shug'ullandilar. Bu olimlar orasida ingliz tarixchisi Uilyam Erskinning olib boigan izlanishlari mutaxassislar tomonidan juda ko'p e’tirof etilmoqda. Shotlandiyalik katta yer egasining o'g'li bo'lgan Uilyam Edinbuig universitetida tahsil olgandan so'ng, 20 yil (1803-1823) Bombayda istiqomat qilgan. «Bobumoma»ning 1809-yilda Jon Leyden (18 75-19 11) boshlagan taijimasini U.Erskin nihoyasiga yetkazgan. Shuningdek, U.Erskinning «Temuriylar avlodidan bo'lmish Bobur va Humoyun davridagi Hindiston tarixi» nomli 600 sahifaga yaqin hajmdagi yirik tadqiqoti 1854-yilda, muallif vafotidan keyin nashr etilgan. Olimlaming e’tirof etishicha, U . Erskin fors tilini mukammal bilgan va temuriylar sulolasi tarixini sinchiklab o'igangan. 0 ‘zining ular haqidagi ilm iy xulosalarini asoslashda, «Tabokati Akbariy», «Tarixi Rashidiy», «Xulosat ul-Akbar», «Xulosat ul-tavorix», «Shajarat ul-atrok» kabi ko‘plab ilm iy-tarixiy qo‘lyozmalardan keng foydalangan. Ingliz olimining ushbu yirik tadqiqoti qisqartiriJgan holda G'ofuijon Sotimov tomonidan taijima qilinib nashr etildi (Uilyam Erskin. Bobur Hindistonda. Toshken: «Choipon», 1995). Rus sharqshunoslaridan N.I.Ilm inskiy, N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, N .I.Veselovskiy, V .V .V yatkin, A.Sam oylovich, V.Bartold, afg'on olimlaridan Ahmad Ali Kohzod, Abdulhay Habibiy, Gulchin Maoniy, hind olimlaridan Zokir Husayn, Nurul Hasan, S ASharm i, RP.Tripatxi, P.Saron, Kanunga, turk olimlaridan Fuod Kupruluzoda, Rashid Rahmati Arad kabilar ham Bobur faoliyati va merosi bilan shug'ullandilar. Bobuming hayoti, faoliyati, ilm iy, badiiy merosini o‘rganish, asarlarini nashr etish borasida o'zbek olimlari ham muayyan ishlami amalga oshirdilar. Adibning shoh asari «Bobumoma»dan parchalar 1928 yilda Abdurauf Fitratning « 0 ‘zbek adabiyoti namunalari» majmuasida e’lon qilindi. Shundan so'ng bu asar 1948-1949- yilda 2 jildda, 1960, 1989 yillarda esa asaming to'ldirilgan nusxasi nashr etildi. Umuman, boburshunoslik ravnaqida Yahyo G'ulom ov, Vohid Zohidov, Hom il Yoqubov, Porso Shamsiyev, Sabohat Azimjonova, A ziz Qayumov, H am id Sulaym on, Said A liye v , B .V aliyxo 'jayev, S .H asan o v kabilaming ilm iy tadqiqotlari muhim hissa bo'lib qo'shildi. B obur sh uh ratin in g jah on ga y o y ilish id a tu rli m am lakat yozuvchilarining ham munosib hissasi bor. Jumladan, hind adibi M uni L a ’lning Bobur va boburiylar haqida oltita roman yozganligi e’tirof etiladi. Shuningdek, turli manbalarda fransuz yozuvchilari Flora Anna Stilning «Bobuixon», Femand Grenandning «Bobur», Amerika adiblari Harold Lembning «Bobur - sher», Vamber Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki buyuk Mo'g'ullar» romanlari mavjudligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. O'zbek yozuvchi va shoirlaridan Pirim qul Qodirov, Barot Boyqobilov, Xayriddin Sultonovlar Bobur haqida roman, esse-roman, qissa va dostonlar ijod etishdi. 1 Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling