Mavzu:" Boburnomaning" oʻzbek adabiyoti va madaniyatini oʻrganishdagi ahamiyati


II.BOB.MARKAZIY OSIYO MADANIY HAYOTI VA OʻZBEK ADABIYOTINING "BOBURNOMA " DAGI BADIIY TALQINI


Download 113 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi113 Kb.
#1127508
1   2   3   4
Bog'liq
Boburnoma kurs ishi 24567

II.BOB.MARKAZIY OSIYO MADANIY HAYOTI VA OʻZBEK ADABIYOTINING "BOBURNOMA " DAGI BADIIY TALQINI

Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Bu kabi qimmatli ma’lumotlarva keltirilgan mulohazalarning hammasi tarix uchun muhimdir. Demak bundan


ko’rinib turibdiki, “ Boburnima “ XV asrning so’nggi XVI asrning birinchi choragida
mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o’rganishda muhim manba hisoblanadi.
Asar yuzasidan tadqiqot olib borgan M. Abdullayevaning ma’lumotiga ko’ra “

Boburnoma “ da hammasi bo’lib 1540 nafar kishi nomlari tilag olingan bo’lib,shundan

357 nafari Movarounnahrlik tarixiy shaxslarning nomlaridir. Qolgan qismi esa turli

davrda, turli mamlakatlarda yashagan tarixiy shaxslar nomidir. Asarda Bobur tarixiy

voqealarni bayon etish bilangina cheklanmaydi, balki voqealar sodir bo’layotgan

sharoit manzarasini, tarixiy shaxslarning qiyofasi va xulqini, tabiat lavhalarini batafsil

tasvirlaydi, turli sarguzashtlar, rivoyat va latifalarni jozibador badiiy uslubda hikoya

qiladi, asarni she’riy parchalar, xalq maqollari va hikmatlari bilan orasta qiladi, anvoi

badiiy usullar va til san’atidan foydalanadi. “ Boburnoma “ dan olingan “ Alisher

Navoiy ta’rifi “ “ Andijon tasviri “, “ Samarqand tasviri “ bunga yorqin misol bo’la

oladi. “ Boburnoma “ da bir necha yuzlab tarixiy masalalarga tavsif beriladi, ularning

faoliyati, sarguzashtlari tasvirlanadi. Bular shohlar, hokimlar, amaldorlar,

lashkarboshilar, din shariatlari arboblari, askarlar, olimlar, shoirlar, san’atkorlar, turli

mehnatkash tabaqalarning vakillari va hokazolaridir. Bular jamiyatda tutgan o’rni,

qarash va manfaatlari, siyosiy maslagi, xulq-atvori, hatti-harakati, turlicha odamlardir.
Bobur voqealar ishtirokchilarini tasvirlayotganda mana shu jihatlarning hammasiga
e’tibor beradi. Odamlarning takrorlanmas faqat ularning o’zigagina xos xususiyatlarini tanlab oladi, tarixiy haqiqatga to’la rioya qilgan holda qalam suradi, g’oyat ishonarli real qiyofalar yaratadi.Bobur tarixiy shaxslarga, hatto o’ziga dushman kishilarga ham beg’araz munosabatda bo’ladi, ular haqida xolis ma’lumot beradi, faoliyatlari va felatvoridagi kamchiliklarni halol ko’rsatadi. Muhimi shundaki, u tarixiy shaxslarga mamlakat taraqqiyoti, obodonchilik ishlarida, fan, adabiyot va san’atni yanada rivojlantirishda ko’rsatgan xizmatlariga qarab baho beradi.-“ Boburnoma “ da ilm-fan, san’at, adabiyot ahli xususida keng fikr yuritilgan.

Kitob muallifi Alisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi


Buxoriy, Mir Xusayn Muammoiy , Shayhimbek Suxayliy, Ahmad Hojibek, Begzod, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Udiy kabi shoirlaru san’atkorlar haqida ma’lumotlar beradi, asarlaridan namunalar keltiradi. “Farg‘ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe bo‘lubtur. Sharqi Koshg‘ar, g‘arbi Samrqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog‘lar… Muxtasar viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog‘ voqe bo‘lubtur. G‘arbi tarafikim, Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay, tog‘ yo‘qtur. Ushbu jonibtin o‘zga hech jonibtin qish yog‘iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo‘jand suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o‘tub, g‘arb sori oqar. Yetti pora qasabasi bor: beshi Sayxun suvining janub tarafida, ikki(si) shimol jonibida. Janubiy tarafidag‘i qasabalar(dan) biri Andijondurkim, vasatta voqe’ bo‘lubtur, Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun

va uzumi yaxshi bo‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas.

Andijon noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo‘lmas… Movarounnahrda Samarqand

va Kesh qo‘rg‘onidin so‘ng mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qur. Uch darvozasi bor.

Arki janub tarafida voqe bo‘lubtur. To‘qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir

yerdin ham chiqmas. Qal’aning girdogirdi xandaqning tosh yoni sangrezalik

shohroh tushubtur. Qal’aning girdogirdi tamom mahallotdur. Bu mahalla bila

qal’aga fosila ushbu xandaq yoqasidog‘i shohrohtur. Ovi qushi dog‘i ko‘p bo‘lur,

qirg‘ovuli behad semiz bo‘lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg‘ovulni uskunasinito‘rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi

yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning

musannafoti bovujudkim Hiriyda nash-u namo topibtur, bu til biladur. Elning

orasida husn xeyli bordur. Yusuf Xojakim musiqida mashhurdur. Andijoniydur.

Havosining ufunati bor. Kuzlar el bezgak ko‘p bo‘lur”13

Asarda har bir voqea-hodisa shunday ustalik bilan tasvirlanadiki, bevosita

oʼquvchining koʼz oldida gavdalanadi. Biz buni Samarqand tasvirida yaqqolroq

koʼrishimiz mumkin boʼladi:

“Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi

iqlimdindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog‘iy

qahr va g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” derlar.

Samarqand amirul mo‘minin Usmon zamonida musulmon bo‘lg‘ondur. Sahobadin

Qusam Ibn Abbos anda borg‘ondur. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo

Mazori Shohg‘a mashhurdur. Samrqandni Iskandar bino qilg‘ondur. Mo‘g‘ul va

turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun

Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‘on emastur. Qo‘rg‘onini

fasilning ustidin, buyurdimkim, qadam urdilar, o‘n ming olti yuz qadam chiqti.

Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’… eldur. Hazrati risolat

zamonidin beri ul miqdor aimmai islomkim, Movarounnahrdin paydo bo‘lubtur,

hech viloyattin ma’lum emaskim, muncha paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Shayx

Abumansurkim, aimmai kalomindur, Smarqandning Motrid otliq mahallasidindur.

Aimmai kalomikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ash’ariya derlar. Motridiya


Shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi “Sahihi Buxoriy” Xoja Ismoil Xartang

ham Movarounnahrdindur. Yana sohibi “Hidoya”kim, imom Abu Hanifa

mazhabida “Hidoya”dan mo‘tabarroq kitobi fiqh kam bo‘lg‘oy. Farg‘onanig

Marg‘inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarounnahrdur.

Buxoro va Qorako‘lgachakim, o‘ttuz-qirq yig‘och yo‘lg‘a yovuqlashur Ko‘hak

suyi bila ma’mur va mazru’dur. Mundog‘ ulug‘ daryo also ziroattin va imorattin

ortmas, balki yozlar uch-to‘rt oy Buxorog‘a suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi

va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vali ikki meva Samarqanddin mashhurdur:

sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori ararchi

Kobul qoricha tushmas. Yozlar yashi havosi bor, agarchi Kobulcha yo‘qtur. ”


Pirimqul Qodirov: «Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni
o‘zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o‘g‘li
Humo yunga «Boburnoma»ni tugallab taqdim etganida unga
bir ruboiy ilova qiladi:
Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum,
Har kim bu «Vaqoyi’»ni o‘qir, bilgaykim,
Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum.
«Vaqoyi’» – «Boburnoma»ning dastlabki nomi edi. Bobur
o‘z zamonasida boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni
haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq
ko‘rsatiladi. Uning eng zo‘r istagi: «Vaqoyi’»ni o‘qiganlar
haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar.
«Boburnoma» ham «Temur tuzuklari» kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan.
2

XULOSA.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Bobur o’zbek elining betakror, o’lmas, buyuk kishilari
qatoridan mustahkam joy olgan shoh va shoir, davlat arbobidir. Mustaqillikka erishganimizdan
keyin, adabiy me’roslarimizni qayta tiklash va o’quvchilar qalbida buyuk siymolarimizga bo’lgan
hurmatni uyg’otish maqsadida bir qancha ishlar olib borildi va olib borilmoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) qalamiga mansub asarlarning qayta-qayta nashr
etilmog’i, ular yuzasidan o’tkazilayotgan ilmiy – tekshirish ishlari doirasining kengayishi buning
yorqin dalilidir. Shu bilan birga Bobur hayoti, siyosiy faoliyati, uning adabiy va madaniy
taraqqiyot yo’lidagi xizmatlari ommalashtirilmoqda. Bobur tom ma’noda o’zbek adabiyotining
ko’zga ko’ringan arbobi sifatida, yangi avlod tasavvurida o’z munosib o’rnini egallamoqda.
“Boburnoma”da adabiyot, biologiya, astronomiya, zoologiya, psixologoya, geografiya va
boshqa ko’plab ma’lumotlar keltirilgan bu ma’lumotlardan hozirgi kunda ham keng ravishda
foydalanilmoqda. Yuqoridagilarning barchasi o’sha paytdagi shaharlar tasvirini, chunonchi
Samarqand tasvirini olaylik. Oradan o’tgan besh yuz yil ichida o’zaro qirg’inlar, ajnabiy
istilochilar bosqini bilan qanchadan-qancha obidalar vayron bo’ldi. Biz Amir Temur nomi bilan
bo’g’liq muazzam Ko’ksaroyni, Mirzo Ulug’bekning balandligi 31 metr bo’lgan muhtasham
rasadxonasini va shu kabi juda ko’p qutlug’ imoratlarning shaklu qiyofasini “Boburnoma” orqali
tiklaymiz.
Bobur qayerga bormasin, o’sha yerning geografik joylashish o’rnidan tortib, o’simlik va
hayvonot dunyosigacha, qish-u yozining ob havosidan, elining tili urf-odatigacha hammasini taʼriflab oʻtadi.


Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling