Mavzu:" Boburnomaning" oʻzbek adabiyoti va madaniyatini oʻrganishdagi ahamiyati
II.BOB.MARKAZIY OSIYO MADANIY HAYOTI VA OʻZBEK ADABIYOTINING "BOBURNOMA " DAGI BADIIY TALQINI
Download 113 Kb.
|
Boburnoma kurs ishi 24567
II.BOB.MARKAZIY OSIYO MADANIY HAYOTI VA OʻZBEK ADABIYOTINING "BOBURNOMA " DAGI BADIIY TALQINI
Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Bu kabi qimmatli ma’lumotlarva keltirilgan mulohazalarning hammasi tarix uchun muhimdir. Demak bundan ko’rinib turibdiki, “ Boburnima “ XV asrning so’nggi XVI asrning birinchi choragida mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Asar yuzasidan tadqiqot olib borgan M. Abdullayevaning ma’lumotiga ko’ra “ Boburnoma “ da hammasi bo’lib 1540 nafar kishi nomlari tilag olingan bo’lib,shundan 357 nafari Movarounnahrlik tarixiy shaxslarning nomlaridir. Qolgan qismi esa turli davrda, turli mamlakatlarda yashagan tarixiy shaxslar nomidir. Asarda Bobur tarixiy voqealarni bayon etish bilangina cheklanmaydi, balki voqealar sodir bo’layotgan sharoit manzarasini, tarixiy shaxslarning qiyofasi va xulqini, tabiat lavhalarini batafsil tasvirlaydi, turli sarguzashtlar, rivoyat va latifalarni jozibador badiiy uslubda hikoya qiladi, asarni she’riy parchalar, xalq maqollari va hikmatlari bilan orasta qiladi, anvoi badiiy usullar va til san’atidan foydalanadi. “ Boburnoma “ dan olingan “ Alisher Navoiy ta’rifi “ “ Andijon tasviri “, “ Samarqand tasviri “ bunga yorqin misol bo’la oladi. “ Boburnoma “ da bir necha yuzlab tarixiy masalalarga tavsif beriladi, ularning faoliyati, sarguzashtlari tasvirlanadi. Bular shohlar, hokimlar, amaldorlar, lashkarboshilar, din shariatlari arboblari, askarlar, olimlar, shoirlar, san’atkorlar, turli mehnatkash tabaqalarning vakillari va hokazolaridir. Bular jamiyatda tutgan o’rni, qarash va manfaatlari, siyosiy maslagi, xulq-atvori, hatti-harakati, turlicha odamlardir.
Kitob muallifi Alisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn Muammoiy , Shayhimbek Suxayliy, Ahmad Hojibek, Begzod, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Udiy kabi shoirlaru san’atkorlar haqida ma’lumotlar beradi, asarlaridan namunalar keltiradi. “Farg‘ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe bo‘lubtur. Sharqi Koshg‘ar, g‘arbi Samrqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog‘lar… Muxtasar viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog‘ voqe bo‘lubtur. G‘arbi tarafikim, Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay, tog‘ yo‘qtur. Ushbu jonibtin o‘zga hech jonibtin qish yog‘iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo‘jand suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o‘tub, g‘arb sori oqar. Yetti pora qasabasi bor: beshi Sayxun suvining janub tarafida, ikki(si) shimol jonibida. Janubiy tarafidag‘i qasabalar(dan) biri Andijondurkim, vasatta voqe’ bo‘lubtur, Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijon noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo‘lmas… Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidin so‘ng mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo‘lubtur. To‘qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin ham chiqmas. Qal’aning girdogirdi xandaqning tosh yoni sangrezalik shohroh tushubtur. Qal’aning girdogirdi tamom mahallotdur. Bu mahalla bila qal’aga fosila ushbu xandaq yoqasidog‘i shohrohtur. Ovi qushi dog‘i ko‘p bo‘lur, qirg‘ovuli behad semiz bo‘lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg‘ovulni uskunasinito‘rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Hiriyda nash-u namo topibtur, bu til biladur. Elning orasida husn xeyli bordur. Yusuf Xojakim musiqida mashhurdur. Andijoniydur. Havosining ufunati bor. Kuzlar el bezgak ko‘p bo‘lur”13 Asarda har bir voqea-hodisa shunday ustalik bilan tasvirlanadiki, bevosita oʼquvchining koʼz oldida gavdalanadi. Biz buni Samarqand tasvirida yaqqolroq koʼrishimiz mumkin boʼladi: “Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi iqlimdindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog‘iy qahr va g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” derlar. Samarqand amirul mo‘minin Usmon zamonida musulmon bo‘lg‘ondur. Sahobadin Qusam Ibn Abbos anda borg‘ondur. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo Mazori Shohg‘a mashhurdur. Samrqandni Iskandar bino qilg‘ondur. Mo‘g‘ul va turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‘on emastur. Qo‘rg‘onini fasilning ustidin, buyurdimkim, qadam urdilar, o‘n ming olti yuz qadam chiqti. Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’… eldur. Hazrati risolat zamonidin beri ul miqdor aimmai islomkim, Movarounnahrdin paydo bo‘lubtur, hech viloyattin ma’lum emaskim, muncha paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Shayx Abumansurkim, aimmai kalomindur, Smarqandning Motrid otliq mahallasidindur. Aimmai kalomikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ash’ariya derlar. Motridiya Shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi “Sahihi Buxoriy” Xoja Ismoil Xartang ham Movarounnahrdindur. Yana sohibi “Hidoya”kim, imom Abu Hanifa mazhabida “Hidoya”dan mo‘tabarroq kitobi fiqh kam bo‘lg‘oy. Farg‘onanig Marg‘inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarounnahrdur. Buxoro va Qorako‘lgachakim, o‘ttuz-qirq yig‘och yo‘lg‘a yovuqlashur Ko‘hak suyi bila ma’mur va mazru’dur. Mundog‘ ulug‘ daryo also ziroattin va imorattin ortmas, balki yozlar uch-to‘rt oy Buxorog‘a suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vali ikki meva Samarqanddin mashhurdur: sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori ararchi Kobul qoricha tushmas. Yozlar yashi havosi bor, agarchi Kobulcha yo‘qtur. ” Pirimqul Qodirov: «Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o‘g‘li Humo yunga «Boburnoma»ni tugallab taqdim etganida unga bir ruboiy ilova qiladi: Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum, Har kim bu «Vaqoyi’»ni o‘qir, bilgaykim, Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum. «Vaqoyi’» – «Boburnoma»ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonasida boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatiladi. Uning eng zo‘r istagi: «Vaqoyi’»ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar. «Boburnoma» ham «Temur tuzuklari» kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan. 2 XULOSA. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Bobur o’zbek elining betakror, o’lmas, buyuk kishilari qatoridan mustahkam joy olgan shoh va shoir, davlat arbobidir. Mustaqillikka erishganimizdan keyin, adabiy me’roslarimizni qayta tiklash va o’quvchilar qalbida buyuk siymolarimizga bo’lgan hurmatni uyg’otish maqsadida bir qancha ishlar olib borildi va olib borilmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) qalamiga mansub asarlarning qayta-qayta nashr etilmog’i, ular yuzasidan o’tkazilayotgan ilmiy – tekshirish ishlari doirasining kengayishi buning yorqin dalilidir. Shu bilan birga Bobur hayoti, siyosiy faoliyati, uning adabiy va madaniy taraqqiyot yo’lidagi xizmatlari ommalashtirilmoqda. Bobur tom ma’noda o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan arbobi sifatida, yangi avlod tasavvurida o’z munosib o’rnini egallamoqda. “Boburnoma”da adabiyot, biologiya, astronomiya, zoologiya, psixologoya, geografiya va boshqa ko’plab ma’lumotlar keltirilgan bu ma’lumotlardan hozirgi kunda ham keng ravishda foydalanilmoqda. Yuqoridagilarning barchasi o’sha paytdagi shaharlar tasvirini, chunonchi Samarqand tasvirini olaylik. Oradan o’tgan besh yuz yil ichida o’zaro qirg’inlar, ajnabiy istilochilar bosqini bilan qanchadan-qancha obidalar vayron bo’ldi. Biz Amir Temur nomi bilan bo’g’liq muazzam Ko’ksaroyni, Mirzo Ulug’bekning balandligi 31 metr bo’lgan muhtasham rasadxonasini va shu kabi juda ko’p qutlug’ imoratlarning shaklu qiyofasini “Boburnoma” orqali tiklaymiz. Bobur qayerga bormasin, o’sha yerning geografik joylashish o’rnidan tortib, o’simlik va hayvonot dunyosigacha, qish-u yozining ob havosidan, elining tili urf-odatigacha hammasini taʼriflab oʻtadi. Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling