Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish
Download 211.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)
29 Xulosa. Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda)- umurtqasiz hayvonlar tipi. B.ning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to'g'risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan.Eng qad. Bo'g'imoyoqlilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. B.ning tanasi va oyoqlari bo'g'imlariga bo'lingan (B. nomi ham ana shundan olingan ), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog'ich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi.Tana bo'g'imlari geteronom, ya'ni ularning shakli va kattaligi har xil bo'ladi. B. tanasi, odatda, bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan iborat. Lekin ba'zan tananing turli bo'limlari o'zaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin.B.ning bosh bo'limi bosh bo'lagi – akrondan va 4 tana bo'g'imlarning qoshilishidan hosil bo'ladi. Ko'krak va qorin bo'limlardagi bo'g'imlar har xil sitematik guruhlarda bir xil bo'lmaydi.B. tanasidagi har bir bo'g'im dastlab bir juftdan nayga oxshash o'simtaga ega bo'lgan, keyinchalik bu o'simtalar jag'lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so'rg'ichlar, o'rgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo'qolib ketgan. Bo'g'imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o'pka orqali nafas oladi. Nafas olish organlari - jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar - birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar - quruqlik bo’g’imoyoqlilari uchun xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi qismiga ochiladi. Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab 30 tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va Ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. O‘noyoqlilar oziq-ovqat sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega. Daryo qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krevetkalar va krablar ovlanadi. Dunyo boyicha har yili 1 mln tonnaga yaqin qisqichbaqalar ovlanadi. Faqat ovlanadigan krevetkalar miqdori bir yilda 700 ming tonnani tashkil etadi. Ayrim mamlakatlarda krevetkalar sun‘iy boqib ko‘paytiriladi. Kamchatka krabini ovlash ayniqsa yaxshi yo‘lga qoyilgan. Bu krab shimoliy dengizlar, xususan Barents dengiziga aklimatizatsiya qilingan. Кимсанбоев Х.Х ва бошк.-Умумий ва кишлок хужалик энтамологияси. Тошкент -2002 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling