Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish


Moylovoyoqlilar (Cirripedia) turkumi


Download 211.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana21.06.2023
Hajmi211.56 Kb.
#1639905
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)

Moylovoyoqlilar (Cirripedia) turkumi. Moylovoyoqlilar suv ostidagi 
toshlar, qoyalar, kit, akula, krablar terisi, mollyuskalar chig‘anog‘i, kemalarning 
suvosti qismiga yopishib o‘troq hayot kechiradi. O‘troq yashash ta‘sirida ularning 
tashqi ko‘rinishi keskin o‘zgargan. Tanasi alohida plastinkalardan hosil bo‘lgan 
chig‘anoq bilan qoplangan. Oyoqlari uzun va ikki shoxli moylovlarga aylangan. 
Antennulalari va bosh qismi o‘zgarib, yopishuv organini hosil qiladi. Uarning 
chig‘anog‘i tomini hosil qiladigan plastinkalari surilib ochilish xususiyatiga ega.
Chig‘anoqdan "moylovoyoqlar" deb ataladigan ko‘krak oyoqlari chiqib, bir 
meyorda silkinishi natijasida og‘iz teshigiga mayda oziq zarrachalari tushadi. Utroq 


20 
yashash ta‘sirida moylovoyoqlilarning tana tuzilishi ham birmuncha soddalashgan. 
Ko‘pchilik moylovoyoqlilar - germafrodit hayvonlar. Ayrim jinsli turlarining 
erkaklari ancha mayda bo‘lib, urg‘ochilari terisi ostida yashaydi. Ba‘zi bir yirik 
germafrodit turlarining erkaklari ham saqlanib qolgan. Erkaklarining tana 
o‘simtalari va skeleti yo‘qolib ketgan. Moylovoyoqlilar dengizda har xil chuqurlikda 
hayot kechiradi. Dengiz o‘rdakchalari - Lepas va dengiz yong‘oqchalari Balanus 
deyarli barcha dengizlarda uchraydi.
Ayrim mo‘ ylovoyoqlilar o‘troq yashashdan parazit yashashga o‘tgan. 
Parazitlik hayot ular tanasining tuzilishiga har xil ta‘sir qilgan. Kuchli ixtisoslashgan 
parazitlar tanasi juda soddalashgan, turkum, sinf va hatto bo‘g‘imoyoqlilar tipi 
uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni yo‘ qotgan. Faqat lichinkasining tuzilishini 
o‘rganish orqali ularni moylovoyoqlilar turkumiga mansub ekanligini aniqlash 
mumkin. Bu jihatdan ayniqsa o‘noyoqli qisqichbaqasimonlar paraziti sakkulina va 
peltogaster (Peltogaster) diqqatga sazovordir.
Sakkulina krablar qorin qismiga yopishib yashaydi. Uning xaltaga o‘xshash 
tanasida bo‘g‘imlar yoki o‘simtalar bo‘lmaydi. Parazit kuchli shoxlangan poyacha 
yordamida krab tanasiga yopishib oladi. Poyacha xitin qoplag‘ichni teshib o‘tib, 
krab tanasida juda kup marta shoxlanadi. Shoxlar oyoqlarining uchki qismigacha 
yetib boradi. Shoxchalar yordamida sakkulina o‘z xo‘jayini tana suyuqdigini so‘rib 
oladi. Parazit tanasida faqat bitta nerv gangliysi va germafrodit jinsiy organlari bor. 
Boshqa ichki organlar yo‘qolib ketgan. Sakkulina qoygan tuxumdan nauplius 
lichinka chiqadi. U boshqa moylovoyoqlilar singari siprissimon lichinkaga ayla-
nadi. Lichinka krab tanasiga yopishib olgandan so‘ng ko‘krak va qorin qismini 
yo‘qotib, hujayralar to‘plami holida xo‘jayini tanasiga o‘tib oladi. Parazit ancha 
yiriklashgandan so‘ng xo‘jayini xitin qoplag‘ichini qorin tomondan yorib kirib, 
xaltaga o‘xshash tanasining bir qismini tashqariga chiqarib oladi. Moylovoyoqlilar, 
ayniqsa dengiz yong‘oqchalari kemalarning suvosti qismiga yopishib, ularning 
og‘irligini oshiradi va tezligini kamaytiradi. Kema suvosti qismining 1 m2 yuzasida 
bir yil davomida 10-12 kg dengiz yong‘oqchalari to‘planishi mumkin. Yoqilg‘i 
sarfining oshishi va kemani tozalash uchun ketgan xarajatlar hisoblab chiqilganda 


21 
dengiz yong‘oqchalari har yili AQSh savdo flotiga 120 mln. dollardan ortiq zarar 
keltirishi aniqlangan. Bundan tashqari, qisqichbaqalar suvosti inshootlariga yopishib 
olib, ularni ham ishdan chiqaradi. Dengiz o‘rdakchalari va yong‘oqchalarining 
lichinkalari barcha plankton organizmlar qatorida semga, seld va boshqa 
planktonxo‘ r baliqlar uchun oziq bo‘ladi. 
Bo'g'imoyoqlilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab
uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. B.ning tanasi va 
oyoqlari bo'g'imlariga bo'lingan (B. nomi ham ana shundan olingan ), ikki
tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin 
qoplog'ich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan
muskullar birikadi.Tana bo'g'imlari geteronom, ya'ni ularning shakli va kattaligi
har xil bo'ladi. B. tanasi, odatda, bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan iborat. 
Lekin ba'zan tananing turli bo'limlari o'zaro har xil tarzda birikib ketishi 
mumkin.B.ning bosh bo'limi bosh bo'lagi – akrondan va 4 tana bo'g'imlarning
qoshilishidan hosil bo'ladi. Ko'krak va qorin bo'limlardagi bo'g'imlar har xil
sitematik guruhlarda bir xil bo'lmaydi.B. tanasidagi har bir bo'g'im dastlab bir 
juftdan nayga oxshash o'simtaga ega bo'lgan, keyinchalik bu o'simtalar jag'lar, 
yurish oyoqlari, suzgich organlar, so'rg'ichlar, o'rgimchak bezlari va boshqa
organlarga aylangan yoki yo'qolib ketgan. Bo'g'imoyoqlilar jabra, traxeya yoki 
o'pka orqali nafas oladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh 
nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — 
qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, 
deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa 
umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab 
tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va 
Ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, 
eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. Yuksak 
qisqichbaqasimonlarning ko‘ krak va qorin bo‘g‘imlari soni doimiy, qorin bo‘limida 
oyoqlar rivojlangan. Ularning boshi 4, ko‘ kragi 8, qorin bo‘limi esa 6-7 bo‘g‘imdan 


22 
iborat. Qorin bo‘limi telson bilan tugaydi. Bir qancha qisqichbaqasimonlarda akron, 
4 ta bosh va bitta ko‘krak bo‘g‘imlari birikib murakkab boshko’krak, ya‘ni bosh 
kapsulasini hosil qiladi. Boshqa vakillarida bosh bo‘ limiga prototsefalon deb 
ataladigan akron va antennal bo‘g‘imlar kiradi. Oshqozon chaynovchi va filtrlovchi 
bo‘lmalardan iborat. Hazm bezlari, yuragi va qon tomirlari yaxshi rivojlangan. 
Voyaga yetgan davrida ayiruv organlari antennal bezlardan iborat. Urg‘ochisining 
jinsiy teshigi oltinchi, erkaginiki sakkizinchi ko‘krak oyoqlarining asosiy
bo‘g‘imida joylashgan.Yuksak qisqichbaqalarning 14000 dan ortiqroq turi 14 
turkumga ajratiladi.

Download 211.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling