Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar reja


ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati


Download 275.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi275.37 Kb.
#1112425
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu

ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati.
22
M.Asqarova ham bog‘langan qo‘shma gaplarda sabab, payt, chog‘ishtirish, zidlik, 
ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko‘rsatadi. Olima bog‘langan 
qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlarini 
ajratadi: 
a) biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; 
b) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; 
v) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; 
g) inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. 
23
Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv bog‘lovchili 
bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan 
voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), -da, bo‘lsa, 
esa yordamchilari orqali bog‘lanadi. 
Va, hamda bog‘lovchilari, ham yuklama-bog‘lovchisi yordamida tuzilgan qo‘shma 
gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat 
ifodalanadi. Qiyoslang: 
1. Qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal 
qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar 
edi. (P.T.) 
2. Qo‘shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy 
guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar 
edi (S.Ahm.) 
-da, -u (yu) yuklamalarining biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap tarkibida 
qo‘llanishida quyidagi holat kuzatiladi: 
1. -da yuklamasi qo‘shma gap tarkibida harakatning odatdagidan ko‘ra tezroq 
bajarilishini ifodalaydi: Eshik g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab Darveshali kirdi
(O.) 
2. -u(-yu) yuklamasi hodisalarning bajarilish paytini, sababini, harakat yoki voqea-
hodisaning to‘satdan, kutilmaganda va ketma-ket bajarilishini ko‘rsatadi: Shu payt 
to‘satdan ko‘cha eshigi ochildi-yu, Zunnunxo‘ja xaloslagancha kirib keldi. (A.Q.) 
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida tuzilgan 
bog‘langan qo‘shma gaplarda ham bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqealar 


ifodalanadi, shu bilan birga bunday tuzilishdagi gaplarda qiyos, izoh, zidlik kabi 
ma’no munosabatlari ham shakllanadi.
24
Masalan: Uning gavdasi juda katta, tovushi 
bo‘lsa juda baland edi. (S.A.) 

Download 275.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling