Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari


Boshqa tillardan o‘zlashgan bog‘lovchilar


Download 36.67 Kb.
bet3/6
Sana21.09.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1683761
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari3333

Boshqa tillardan o‘zlashgan bog‘lovchilar. Turkiy tillarda bog‘lovchi-larning ko‘pchiligi turkiy tillarda islom davridan keyin paydo bo‘lgan. Bog‘lov-chilarning boshqa tillardan turkiy tillarga kirib kelish jarayoni, asosan, arab va fors tillari hisobiga amalga oshgan, deyish mumkin.
Ushbu manbalarning nisbati turli turkiy tillarda ularning tarixiy taraqqiyoti sharoitiga bog‘liq ravishda har xil kechgan.
O‘zlashmalarga almashtirilgan tillarda bu bog‘lovchi muayyan chegaralangan ma’noni anglatadi. Chunonchi, turk tilidagi da va bog‘lovchisidan farqli o‘laroq, gap bo‘laklarini biriktirishda, gapning ana shu bo‘lagiga (undan keyin shu enklitika keladi–urg‘usiz bo‘g‘inning aksentual birikuvi: na bereg dagidek) mintaqaviy kuchli urg‘u tushadi.
Ya bog‘lovchisi ham turkiy tillarda ancha keng tarqalgan. Uni fors tilidan kirgan deyish qabul qilingan. Uning asosiy ma’nosi–ayiruv bo‘lib, ikkilangan holda qo‘llaniladi: ya ... ya (yoki... yoki). U yoqut va tuva tillaridan tashqari, barcha turkiy tillarda turli fonetik variantlarda ishlatiladi: qoz., q.qalp., qum., tat., ozarb., tur., turkm., gag. ya; uyg‘., boshq., barab.tat.: yä; chuv. ye, o‘zb. yo (ch), qirg‘. je, olt. je, xak. che.
O‘rta Osiyo va g‘arbiy arealdagi hozirgi turkiy tillarda ya bog‘lovchisining da bilan birikkan holda qo‘llanishiga duch kelinadi: qum., turkm., yada, uyg‘., qoz., q.qalp., tat.; yaki, boshq. yäki va hokazo.
Ya bog‘lovchisi o‘zining keyingi taraqqiyotida, xuddi da bog‘lovchisi kabi, boshqa bog‘lovchilar va so‘zlar bilan birikadi: tat. yaisa (ayiruv), kar.t. yemesyä (yoki. o‘r.qoz. nemese), uyg‘. ïda//idä (ya ... ya (yoki ... yoki).
Ne so‘roq olmoshini, ya’ni shaxs kategoriyasini ifodalaydigan kim nisbatan bog‘lovchi vazifasida kam qo‘llaniladi: qar., ozarb. kim; qoz kim ... sol (kim, u), tur. kimi ... kimi... (bir va boshqalar). Bular fors adabiyoti va chig‘atoy tili ta’sirida bo‘lgan tillarda uchraydi. Bu tillarga o‘g‘uz, qarluq va shimoliy qipchoq (povolje) tillari kiradi, ularda ki boshqa bog‘lovchilar bilan birga, arab va fors tillaridan o‘zlashgan. Ki negizida o‘g‘uz va qarluq tillarida yangi bog‘lovchilar paydo bo‘lmoqda.

Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling