Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari
Download 36.67 Kb.
|
Mavzu Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari3333
4.Gumon yuklamasi: -dir. Barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib kela oladi va u o‘zi aloqador so‘zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo‘shadi: Akam uydadir, Imtihon ertagadir kabi.
Yuklama — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil boʻladi: Yuklamaqoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklamasoʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʻroq va taajjub Yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʻroq gapga aylantiradi: Bu kitobni oʻqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, soʻz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qoʻshish uchun ishlatiladi. Masalan: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim boʻlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʻzlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Mas: U faqat oʻsha voqea haqida soʻzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʻzi aloqador boʻlgan gap boʻlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Masalan: Oʻgʻli otasining xuddi oʻzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Va yordamchi vazifasida keladi. XULOSA Turkiy tillarda bog‘lovchilar tarkibiga ko‘ra sodda (oddiy), yasalma va murakkab bo‘ladi. Sodda bog‘lovchilar ancha qadimiy bo‘lib, ular morfologik jihatdan bo‘linmaydi. Hozirgi tillarda murakkab bog‘lovchilar, shuningdek, bosh-qa, har xil kategoriyadagi aralash bog‘lovchilar keng tarqalgan (ravishlar, olmosh-lar, ravishdosh, yuklamalar). Aftidan, birinchi navbatda, teng bog‘lovchilar vujudga kelgan, modomiki, ergashtiruvchi bog‘lovchilar uchun turkiy tillar rivojining mana shu etapida, shuningdek, hozirda ham yetarli vositalar mavjud bo‘lgan (ravishdosh, kelishiklar, sifatdoshlar va hokazo). Demak, turkiy tillarda ergashtiruvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan. Turkiy tillardagi bog‘lovchilar so‘z turkumlari ichida eng yoshi hisoblanadi. Shuning uchun ular mavjud so‘z turkumlari negizida vujudga kelgan va shakllangan. Bog‘lovchilarning miqdori har bir turkiy adabiy tilning yoshiga bog‘liq. Ayniqsa, tuva tili uchun bog‘lovchilar eng yosh so‘z turkumi hisoblanadi. Bu tilda ham hozirgi paytda bog‘lovchilar soni ko‘payib bormoqda. Tuva tilida ular yaqinda paydo bo‘lgan, shuning uchun ular unchalik ko‘p emas, binobarin, ancha kam qo‘llaniladi. Bu tilda fe’l formalarining rang-barangligi, fe’lning harakat nomi formasining turlanishi, ko‘makchilar va ba’zi yuklamalarning qo‘lla-nilishi tuva tilida boshqa tillarga nisbatan bog‘lovchilarning kam qo‘llanishiga olib kelgan. Ammo tuva adabiy tilining keyingi taraqqiyoti, ilmiy, poetik va badiiy tarjimaning keng rivojlanishi, ko‘pincha, bog‘lovchilardan sintaktik munosa-batlarni ifodalash uchun qo‘llashga olib kelgan. Bu boshqa turkiy tillar, jumladan, oltoy, xakas, qabardin-balqar, no‘g‘oy tillariga ham taalluqlidir. Turkiy tillarda bog‘lovchilar, asosan, ravishdosh, ravish, so‘roq yuklamalari, fe’lning shart formasi, birlikni, yuklamani anglatadigan miqdor sonlar asosida vujudga kelgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004 2. Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988. 3. Murmaxanova А.Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971. 4. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986. 5. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005. 6. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992. 7. G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995. 8. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004. 9. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent, 2007. Internet saytlari: http://library.tersu.uz https://n.ziyouz.com http://library.navoiy-uni. http://kutubxona.adu.uz Download 36.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling