Mavzu: Bog`lovchilar(qo`llanilishiga ko`ra)


Download 9.33 Kb.
bet1/4
Sana22.11.2023
Hajmi9.33 Kb.
#1793780
  1   2   3   4
Bog'liq
6-Ma`ruza Bog`lovchi

Mavzu:Bog`lovchilar

Bog`lovchilar(qo`llanilishiga ko`ra)

Yakka bog`lovchilar

Takroriy bog`lovchilar

Yakka bog`lovchilar uyushgan bo`laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo`llanadi.

va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go`yo, basharti, garchi, go`yoki, holbuki, vaholanki

Ahli majlis Otabekni ko`klarga ko`tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas edi.

Takroriy bog`lovchilar

dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, ba’zan..., ba’zan, bir...,bir

U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go`zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg`ubor bo`lib tuyular edi.

Bog`lovchilar gapdagi vazifasiga ko`ra ikki xil bo`ladi:

1.Teng bog`lovchilar

2.Ergashtiruvchi bog`lovchilar.

Teng bog`lovchilar

biriktiruv bog`lovchilar

zidlov bog`lovchilar

ayiruv bog`lovchilar

  • Teng bog`lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo`laklarini va gaplarni o`zaro bog`lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.

Biriktiruv bog`lovchilar

Va, hamda, bilan

Aqlli odam olimlar, fozillar va tadbirli hunarmandlarning suhbatlarida bo`ladi, ulardan bahra oladi.

Zidlov bog`lovchilari

biroq, ammo, lekin, balki, xolbuki

Mahallada bolalar ko`p, lekin bir-biriga o`xshamaydi

Zidlov bog`lovchilari gap bo`laklarini bog`lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to`ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi.

Zidlov bog`lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo`lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog`laydi:

Zidlov bog`lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo`lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog`laydi:


Download 9.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling