Mavzu: Bog'lovchining vazifasiga ko'ra turlari. Mundarija: I. Kirish


Download 171.77 Kb.
bet10/15
Sana21.06.2023
Hajmi171.77 Kb.
#1641512
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

DRAVID TILLAR OILASI

Dravid tillar oilasi – Hindistonning janubi-sharqi va janubi-g`arbi, shuningdek, Seylon orolining shimolida yashovchi aholining tili. Bu oilaga tamil, malayalam, kannara, telugu, broxui va boshqa bir qancha kichik tillar kiradi




DUNYO TILLARI

Dunyoda taxminan 3000 dan (ba’zi adabiyotda ular 3000 dan 7000 gacha sanaladi) ortiq til bor. Bu tilning ayrimida bir necha o`n, hatto yuz millionlab kishi gaplashsa, ba’zisidan bir necha ming kishigina foydalanadi, xolos. Mas., Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadi. Xitoy tilida hozir bir milliardga yaqin kishi so`zlashsa, chukot va vele tilida bor-yo`g`i bir necha ming kishi muloqotda bo`ladi. Kavkaz tog`ida joylashgan Dog`istonda 1 milliondan ortiq aholi bo`lib, ular 40 ga yaqin tilda so`zlashadi. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq aholisi o`z tiliga ega. Dunyodagi 200 tilning har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 milliondan ortiq kishi so`zlaydi. Qolganining har birida esa 1 milliondan kam kishi gaplashadi.

Angliya, AQSH, Kanada kabi mamlakat fuqarosi, asosan, ingliz tilida, Ispaniya, Kuba, Chili, Meksika fuqarosi, asosan, ispan tilida gaplashadi. Demak, tilning tarqalish, ishlatilish doirasi va nomlanishi har xil. Jahon tili orasida nomi bir tovushdan iborat til ham mavjud. Bu I tili. I tili Xitoyning Sichuan, Yunnan, Guyjou viloyatlariga tarqalgan.

Dunyo tillari tasnifi. Olimlar tillar orasidagi o`xshashlikni ko`rsatuvchi dalilni o`rganib borishgan. O`zbek tilidagi ona so`zining ruscha мать, bulg`orcha moyka, polyakcha matka, litva tilida mamina, nemischa mutter, fransuzcha mere, tojik tilida modar kabi muqobilga o`xshashligi bunga misol bo`la oladi. Kuzatish va qiyoslash tasnifga olib kelgan. Tilni o`xshashlik va farqqa ko`ra guruhlash til tasnifi (klassifikatsiyasi) deyiladi. Tilshunoslikda tilni tasniflashda, odatda, ikki belgi qo`llanildi: morfologik va genetik (q. Morfologok tasnifGenetik tasnif). Biz uchun genetik (geneologik) tasnif muhim. Genetik tasnif tilni o`zaro qarindoshligi asosida guruhlaydi. Morfologik tasnifda tillar grammatik xususiyatiga ko`ra tasnif qilinadi.





Download 171.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling