Mavzu: Bog'lovchining vazifasiga ko'ra turlari. Mundarija: I. Kirish
Download 171.77 Kb.
|
ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- DIALEKTOLOGIYA (SHEVASHUNOSLIK)
DIALEKTAL LUG`AT
Dialektal lug`at o`zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo`lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug`atlar umuman o`zbek tilining barcha shevalariga xos so`zlarni yoki ma’lum bir sheva so`zlarini izohlashga mo`ljallangan bo`lishi mumkin. 1971- yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O`zbek xalq shevalari lug`ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug`atdan misol keltiramiz: Govara (Buxoro) beshik Gavdo`sha (Buxoro) xurma Gajdim (Nayman) chayon (62- bet).
Dialektologiya – umumxalq tilini tashkil etgan sheva va lahjaning fonetik, leksik va grammatik xususiyati, tarqalish doirasini o`rganadi. Milliy tilning paydo bo`lishi va rivojlanishida shevalarning tutgan o`rni, milliy tilga asos bo`lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati tekshiriladi. Dialektologiya shevalarning tarqalish chegaralariga ko`ra tasviriy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo`linadi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibini o`rganish bilan shug`ullanadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlarini qayd qilish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixini o`rganadi. Dialektologiya tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoepik me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnografiya, folklor va boshqalar bilan aloqada rivojlanadi. G`ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar o`zbek dialektologiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo`shgan. DISFEMIZM Narsa va hodisalarni o`z nomi bilan emas, balki boshqa bir qo`polroq so`z yoki so`z birikmasi, ibora bilan atash hollari uchraydi. Masalan, insonga nisbatan ishlatiladigan o`lmoq so`zi o`rnida joyi jahannamdan bo`ldi, asfalosofilinga ravona bo`ldi iboralari, homilador so`zi o`rnida bo`goz so`zlarini ishlatish hollari ham uchrab turadi. So`z yoki so`z birikmasi, ibora bunday qo`pol ma’noda qo`llanganda disfemizm deyiladi. Disfemizm grekcha disfemismo so`zidan olingan bo`lib, “qo`pol ifoda” degan ma’noni bildiradi va evfemizmga zid turadi (“Evfemizm” maqolasiga qarang). Disfemizmlar so`zlashuvda madaniy saviyasi past kishilar nutqida uchraydi. Badiiy asarlarda, odatda, salbiy fe’l-atvorli kishilar nutqida ko`zga tashlanadi. Download 171.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling