Mavzu: Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari
Download 16.07 Kb.
|
Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari
Miyada qon aylanishini boshqarish neyrogumoral omillar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Kattalarda o‘rtacha AB 50 dan 150 mm sim. ust. gacha chegaradagi o‘zgarishlarda miyadagi qon oqimi o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblanadi. Chaqaloqlar uchun esa bunday diapazon chegarasi aniqlanmagan, lekin hech shak-shubhasiz, u kattalarikidan ancha tor bo‘ladi. Go‘daklarda miyaning qon aylanish autoregulyatsiyasi gipoksiya, operatsiya hayajoni, gipotermiya va boshqa noxush omillar ta’sirida tez buziladi. Bu holatda tizimli ABning tebranishlari bosh miya arterial oqimiga to‘siqsiz ta’sir qilib, miyada qon oqimining sezilarli «flyuktuatsiyasini» chaqiradi.
Bunda o‘zi shusiz ham mo‘rt bo‘lgan pusht negiziga to‘g‘ri keladigan subepidermal soha tomirlari tomir ichi bosimining tebranishlariga dosh bermaydi va yoriladi, natijada periventrikulyar (PVK), yon qorinchalar bo‘shlig‘iga yorilgandan so‘ng esa, qorincha ichi qon quyilishlariga sabab bo‘ladi.
Miya tomirlarida bosim oshishiga sabab bo‘lib, nafaqat tomir tonusi autoregulyatsiyasining yo‘qotilishi asosida tizimli ABning tebranishlari nafaqat miya ichi, shuningdek, ko‘krak ichi bosimining oshishi bilan bog‘liq venoz qon oqimining qiyinlashishi ham sabab bo‘lishi mumkin. PVK gipoksemiya, giperkapniya, respirator-metabolik asidoz, arterial gipotenziya, gemodinamik ahamiyatli bo‘lgan FAP, yuqori MVB bilan kechadigan to‘laqonli yurak yetishmovchiligi oqibatida rivojlanishi mumkin.
Download 16.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling