Mavzu: Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari
Download 16.07 Kb.
|
Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
Likvor tizimining bekilib qolishi bosh miya istisqosini rivojlanishiga – bosh miya qorinchalar tizimi kengayishiga, bosh aylanasining kattalashib ketishiga olib keladi. Agar berkilish Lyushki va Majandi teshiklariga yaqin joylashgan bo‘lsa – «bog‘lanmagan» va agar likvor teshiklar orqali miya asosiga erkin oqib tushadigan, faqat uning subaraxnoidal bo‘shliqdan drenaji qiyinlashgan bo‘lsa – «bog‘langan», deb aytiladi.
Bosh miya istisqosini davolashda, bel va miya qorinchasi punksiyalarini takrorlash, shuningdek, likvor ishlab chiqarilishini pasaytiradigan vositalar (masalan, asetazolamid 100 mg/kg/sut dozada) yordamida vaqtinchalik samaraga erishish mumkin. Bosh miya istisqosi kuchayib borganda, tanlangan usul deb, ventrikuloperitoneal (miya qorinchasi-qorin pardasini) shuntlash hisoblanadi.
Nafas tizimi. Bolalarda burun bo‘shlig‘i nisbatan tor bo‘lib, uning tubi shunday bukilganki, til halqum orqa devorida kattalarnikiga nisbatan ko‘proq yuzada tegib turadi. Shuning uchun kislorod ingalyatsiyasida yoki niqob yordamida anesteziya qilinganda, yuqori nafas yo‘llarining erkin o‘tkazuvchanligini ta’minlashda qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin. Yosh bolada burun yo‘llari katta odamnikiga nisbatan tor bo‘ladi va shu sababdan burun shilliq qavati shishganda yoki uning sekretsiyasi oshganda, burun yo‘llarining to‘liq berkilishi yuz beradi. Chaqaloq tezlik bilan burun orqali nafasdan og‘iz orqali nafas olishga o‘ta olmaganligi sababli, havo yetishmasligi yuzaga kelishi mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmatDownload 16.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling