Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Katta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish


Download 0.73 Mb.
bet34/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Katta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish. Bola hayotining 5-chi yilida uning tevarak-atrof haqidagi bilimlari, turmush tajribasi kengaya boradi. Uning qo‘l muskullari mustahkamlanib, taraqqiy etadi. U qo‘l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara oladigan bo‘ladi. Uning psixikasida ham sifat o‘zgarishi yuz beradi. Xotirasi o‘sadi, barqaror bo‘ladi, diqqat ham tobora barqaror bo‘ladi. Bolalar predmetni yasashdan oldin uning qismlarini va qismlarning shakli, uning xususiyatlarini aniq tasavvur eta oladilar. Shu bilan birgalikda katta guruhda bolalar predmetlarni ko‘proq harakatda tasvirlashga harakat qiladilar.
Bu guruhda bolalarni loy ishlariga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, proporsiyasini, uning tuzilishini, harakterli detallarini va harakatini tasvir etish va boshqalardir. Bu guruhda dekorativ loy ishlarini bo‘yash ishi davom ettiriladi. Bolalar idishlar yasab, so‘ng uni bo‘yaydilar, dekorativ plastinkalar yasab ularni bezaydilar. Bu guruhda bolalar mavzu mazmunini yaxshi his etadilar. Texnik usullar ham bu guruhda murakkablashadi.
O‘rta guruhda qismlardan yasashsa, katta guruhga kelib butun bir loy bo‘lagidan yasaydilar. Shu bilan birga stek bilan ishlashga ham keng imkoniyat yoki o‘rin ajratiladi. Bu chorakda bolalar dastavval o‘zlariga tanish bo‘lgan sodda predmetlarni yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki usuli: konstruktorlik va haykaltaroshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva va sabzavotlarni yasaydilar. Masalan: bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil turi. Bolalar shu ikki usulda odam figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu ishlarning mazmuni asosan o‘yinchoqlardan olinadi. Masalan: Dimkovo ko‘g‘irchog‘i. Shu asosida bolalar asta-sekin loydan buyum yasashga o‘tadilar.
Tarbiyachi bolalarni predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o‘rgatib boradi. Masalan: uzun, qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlarni vertikal, tik holatda o‘rnatadilar, qismlarni mahkam biriktirishga, birlashtirilgan qismlarni silliqlashga o‘rganadilar. Bolalar asta-sekin o‘z ishlariga mazmun berishni keng tadbiq etadilar, asosan bir butun loy bo‘lagidan haykaltaroshlik usulida yasaydilar. Masalan: mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Ikkinchi yarim yillikda butun bir loy bo‘lagidan idishlar yasaydilar, so‘ng ularni lentasimon usuli bilan bezaydilar.
Bolalarni tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari kengayadi, loy bo‘yicha bilim va malakani egallashgan bo‘ladilar, ishlash ishlari yana ham sifatli bo‘ladi. Bolalar harakatdagi odam yoki hayvonlarning shakli mavzusida turli xil loy ishlarini bajaradilar. Masalan: raqsga tushayotgan petrushka, "Ikki qizg‘anchiq ayiq" ertagi asosida va boshqalar.
Idishlar yasashda yangi usulni qo‘llaydilar. Bu idishning tagi disk ko‘rinishida bo‘lib, devori esa yassilangan loy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bolalar o‘zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan: xo‘roz, tovuq, o‘rdak, jo‘ja va boshqalarni yasab, parrandalar formasi mazmunida ishlaydilar. Bu chorakda bolalar ko‘proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini bajaradilar. Katta guruhda tarbiyachi loy mashg‘ulotini uyushtirganda ko‘p metod va usullarni ko‘llaydi. Bu guruhda ham dastavval tarbiyachi boshchiligida predmetni yoki naturani shaklini, qismlarini, proporsiyasini kuzatib, ko‘rib chiqadilar. Bolalar predmetni barmoq harakatlari bilan ko‘rib chiqishlari mumkin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil yasaydilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko‘rsatib berishi mumkin, shuningdek, tarbiyachi bu guruhda ham bolalar bilan qo‘proq kuzatishlar olib boradi, badiiy adabiyotdan foydalanadi, rasm, haykaltaroshlik asarlari ustida kuzatishlar olib boradi. Savol-javoblar uyushtiradi, ko‘rsatmalar, maslahatlar beradi, bola juda qiynalsa, alohida loy bo‘lagida yasash usulini ko‘rsatib beradi, topishmoqlardan keng foydalanadi.
Mashg‘ulot so‘ngida bolalar ishni tahlil qilish ham muhim usullardan hisoblanadi. Bolalar bilan tahlil suhbat sifatida uyushtiriladi. Bolalar har biri chiqib ishni qandayligini, to‘g‘ri yasalaganmi, yasash usuli to‘g‘ri tanlanganmi, shakl to‘g‘ri berilganmi, qismlari, ularning proporsiyasini to‘g‘ri berilganmi, shular haqida so‘zlashadi. Tahlilni har xil formada uyushtirish mumkin: bolalar o‘z joyida o‘tirib, alohida bolani doskaga chiqarib, ishni sifatini tahlil qilishlari mumkin. O‘yin usulidan ham foydalanish mumkin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling