Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining ko‘rigi


Download 0.73 Mb.
bet63/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining ko‘rigi.
Har bir mashg‘ulotning tarbiyaviy-ta’limiy ahamiyati dastur mazmunining to‘g‘ri tanlanishi, yaxshi tashkil etilishi, tarbiyachining tayyorgarligi, tegishli asbob-uskunalar va tasviriy materiallarining mavjudligi, bolalar faoliyatiga aniq rahbarlik bilan aniqlanadi.
Bolalarning mashg‘ulotlardagi to‘laqonli o‘quv yoki ijodiy faoliyatlari oldingi barcha ishlarning sifatiga, shuningdek ularni mana shu konkret mashg‘ulotga tayyorlashga bog‘liq bo‘ladi. Tayyorlov ishlari bo‘lajak mashg‘ulot mazmuniga mos bo‘lishi kerak: mazmunli rasm chizishdan oldin tevarak-atrof bilan tanishtirish maqsadida ekskursiyalar o‘tkazish, badiiy asarlar o‘qish, bolalarga mashg‘ulot mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan illyustratsiyalar, reproduksiyalarni ko‘rsatish, suhbat o‘tkazish, diafilm va bolalarning namunali ishlarini ko‘rsatish mumkin va hokazolar; katta guruhlarda dekorativ rasm chizishlaridan oldin bolalarga xalq amaliy san’ati namunalarini, illyustratsiyalar, bolalar rasmlarini ko‘rsatish, suhbat o‘tkazish, “Tasvirdan bilib ol” kabi ta’limiy o‘yinlar o‘tkazish; loy va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotidan oldin kichik shakldagi haykaltaroshlik ishlari bilan tanishtirish, bolalarga o‘zlari yasaydigan jonivorlar tasvirlangan rasmlarni tanlashni topshirish mumkin. Qog‘ozga rang tusini mustaqil bera olish, applikatsiya va konstruktorlik ishlari uchun tayyorgarlik qilish ham mashg‘ulotga tayyorlanish jarayoniga kiradi.
Oldindan qilingan barcha ishlarning mazmunini mudira tarbiyachi bilan qilingan qisqa suhbatdan bilib oladi. Mudira tarbiyachining dastur vazifalarini to‘g‘ri tushunishi va tushunmasligini aniqlaydi, mashg‘ulot rejasi bilan tanishadi, konspektni ko‘rib chiqadi, tasviriy materialning mavjudligi va uni stollarga joylashtirishning to‘g‘riligini qayd etadi.
Mashg‘ulotlarni ko‘rish vaqtida mudira quyidagi holatlarga e’tibor beradi. Mashg‘ulotning boshlanishi (3-5 daqiqa). Tarbiyachi bolalarni o‘yindan mashg‘ulotlarga o‘tkazishda foydalangan usullar.
Shundan keyin mashg‘ulotning birinchi qismi – bolalar oldiga tasviriy vazifalarning qo‘yilishi va ish usullarini tushuntirishning mazmuni hamda metodikasi baholanadi.
Bolalarning aqliy va nutq faolliklari, ularning mashg‘ulotga qiziqishlari qanday usullar vositasida yuzaga keltirilganligi (kichik guruhlarda – o‘yin usullari, ovutmachoqlardan, katta guruhlarda – bolalardagi mavjud tajribaga tayanish, qo‘shiq, she’r, ertaklardan parchalar o‘qish va shu kabilar)ni qayd etish lozim.
Bolalarga berilayotgan savollardagi maqsadga yo‘llangan tushuntirishlarning aniq va konkretligi muhim hisoblanadi. Ishni bajarish bosqichlari ajratiladi. Bolalarning tushuntirishlarni qanchalik egallayotganliklarini nazorat savollar yordamida (masalan, bolalar predmetni qanday izchillikda tasvirlaydilar, qanday harakatlarni bajaradilar) tekshiriladi. Tushuntirishlarda ko‘rgazmali material – natura, namunaga tayaniladi. Predmetni tasvirlash usullarini tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilishi sifati (agar mashg‘ulotda shunday qilingan bo‘lsa); bo‘lajak ish uchun tushuntirishlar yoki ko‘rsatmalarning davomiyligi; shuni unutmaslik kerakki, tayyorlov ishlarining barchasini tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin amalga oshirgan bo‘lishi lozim.
Bolalar ishni bajarishga qanday kirishdilar: qanchasi tarbiyachining tushuntirishi tugashi bilanoq rasm chizishga (yasashga) kirishdi, qanchasi tushuntirishdan keyin ham o‘ylanib, qiynalib turdi. Bolalar tarbiyachiga savollar berishdimi, ular nima haqida so‘rashdi.
Tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida qo‘yilgan vazifalarning bajarilishiga erishdimi, individual yondashuvdan foydalandimi. Tarbiyachi ayrim bolalarga qanday ko‘rsatma va maslahatlar berdi. Topshiriqning eng qiyin elementlari haqida o‘z vaqtida eslatma berish yo‘li bilan xatolarning oldi olindimi. Tarbiyachi qanday usullar vositasida shug‘ullanuvchilarni o‘zini-o‘zi baholash va o‘zini-o‘zi nazorat qilishga undadi; berilayotgan ko‘rsatmalarning maqsadga muvofiqligi va ularni bajarishning sifatini tekshirish; tarbiyachining e’tiboridan chetda qolgan bolalar bo‘ldimi; tarbiyachi bolalarni egallangan bilim, ko‘nikma va malakalardan mustaqil foydalanishga, ijodiy ishlashga undadimi; tarbiyachi bolalarning noto‘g‘ri o‘tirishi, noto‘g‘ri holatlarini sezdimi va ularni to‘g‘riladimi; bolalar qalam (mo‘yqalam, qaychi va shu kabilar)ni qanday ushlayapti va ulardan to‘g‘ri foydalanayaptimi; ular qanday texnik malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lganlar (dasturning tegishli talablariga qarang); ayrim bolalarning ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun tarbiyachi nimalar qildi; shug‘ullanayotganlarning qanchasi ishni o‘z vaqtida, qanchasi erta tugatdi va qanchasi tugata olmay qoldi; bolalar ishni bajarishga qancha vaqt sarflashdi; tarbiyachi mashg‘ulot oxirida bolalar ishlarining ko‘ruvini nazarda tutdimi va u qanday tashkil etilgan (jamoa tahlili, o‘zaro tahlil, o‘zini-o‘zi baholash); bajarilgan ishlarning tahliliga bolalar jalb qilinganmidi, naturadan, namunadan, tasavvur bo‘yicha bajarilgan ishlarni baholashda ular qanday mezondan foydalanishardi; bu baho dastur talablarini va mazkur mashg‘ulotning vazifalarini umuman aks ettiradimi; bolalar predmetlarning xususiyatlari, rang-tuslari, tasviriy va texnik usullarni belgilovchi so‘zlardan to‘g‘ri foydalanishadimi; bolalar ishlarini ko‘rish qancha vaqtni oladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling