Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni


Download 0.73 Mb.
bet44/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni.
Qurish-yasash lotin tilidan olingan bo‘lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, degan ma’noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog‘ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o‘yinchoqlar yasash o‘rgatiladi. O‘z harakteriga ko‘ra bolalar qurish-yasashi ko‘pincha tasviriy faoliyat va o‘yin faoliyati bilan o‘xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan: o‘yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg‘a uchun.
Qurish-yasash faoliyati – amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan haqqoniy voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o‘rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi, hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko‘nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat’iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularni barchasi bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlaydi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog‘ozdan, tabiat, tashlandiq materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish-yasash turini aniqlab beradi.
Qurilish materiali – mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg‘ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil mayda to‘plamlardan foydalaniladi: M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7. Mazmunli to‘plamlar: «Kosmodrom», «Temir yo‘l vokzali» va boshqalar. Mashg‘ulot paytida materiallar ko‘p bo‘lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotganda odam, hayvon, o‘simlik va transportni ifodalovchi mayda o‘yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi aniq narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yo‘lovchilar uchun ko‘prik yasaydilar. O‘yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, bu o‘yin faoliyatini rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish materiallari ma’lum bir shkaflarda, tartib bilan saqlanadi.
Konstruktorlar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari konstruktorlar (taxtali, plastmassa, metall va keramika)dan foydalanadilar. Bu to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarni birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarning qo‘l muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi avval konstruktor yig‘ishni metodik ko‘rsatmalarini o‘rgatadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketma-ket beriladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan: yog‘ochli, platmassali va metaldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bu to‘plamlar yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab bo‘lgan qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil harakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar.
Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plamining hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling