Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yin va mashg‘ulotlar uchun zaruriy sharoitlar


Download 0.73 Mb.
bet43/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yin va mashg‘ulotlar uchun zaruriy sharoitlar. Bolalar qurish texnikasini yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun guruhlarda zarur shart-sharoitlarni yaratish lozim. Buning uchun avvalo guruhda yetarli miqdorda qurilish materiallari bo‘lishi, ya’ni hamma bolalar bir vaqtda yoki hech bo‘lmaganda yarim guruh bolalar mashg‘ul bo‘la oladigan darajada material bo‘lishi zarur. Namunaga qarab qurish mashg‘ulotida ham bolalarni materialdan cheklab qo‘ymay, balki har kimga keragini taqsimlab berish lozim. Har doim zarur bo‘lgan materialni olib ishlata bilishni o‘rgansinlar. Bolalar qurish-yasash malakalarini endigina egallay boshlaganlarida, ya’ni ikkinchi kichik guruhdan boshlab qurish mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi. Mashg‘ulotlarda qurish-yasashga o‘rgatish uchun stol ustida o‘ynaladigan qurilish to‘plamidan foydalangan ma’qul, chunki bu qurilish materiallari bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik bolalar foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Bolalar 1,5-2 yoshdan qurish-yasash mashg’ulotiga jalb qilinadi. Tarbiyachi yirik qurilish ashyolaridan, g’ishtchalardan, g’o’lachalardan foydalanib yo’l quradilar. Mashg’ulot bu yoshda guruhchalar bilan o’tiladi. 1-guruh bilan tarbiyachi shug’ullanayotgan bo’lsa, 2-guruhga tarbiyachi yordamchisi qarab turadi. Ualr o’yinchoq o’ynab turishlari mumkin. Keyin almashadilar. Bu yoshda bolalarni mashg’ulotlar o’yin tariqaida o’tiladi. Bolalar “G’ishtni olib kel”, “Olib borib qo’y”, “Yonma-yon qo’y”, “|Orqasiga qo’y”, “\|Ketma-ket qo’y” kabi iboralarni tushunishga, ayta olishga va bajarishga o’rgatib boriladi. Masalan: Lolaxonga yo’l quramiz. Mashinamizga garaj quramiz.
Bolalar tarbiyachiga g’ishtchalarni olib kelishadi, qo’yishadi, ketma-ket qo’yishgandan keyin g’isht ustidan mashina o’yinchog’ini yurgazamiz, deb o’yin o’ynab bo’lgandan keyin har bir bola o’yinchoqlarni joyiga olib borib qo’yishi kerak. Olib yasashga, keyin joyiga qo’yishga, nima ish qilganini ayta olishga o’rgatiladi.
Yirik qurilish materiallaridan qurib o‘ynash uchun maktabgacha ta’lim muassasasining uchastkasida foydalaniladi. Bu materiallar bolalarni ko‘pchilik bo‘lib qurishga, o‘ynashga o‘rgatadi. Guruhdagi bolalarning hammasi qurish usullarini yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun mashg‘ulot vaqtida stollarni har xil joylashtirish mumkin. Qurilishni yakka tartibda bajarayotganda stollarni odatdagi tartibda yoki P harfi shaklida terib qo‘yish mumkin, agar bolalar bir qurilishni guruh bo‘lib bajarsalar, 2-3 stolni birlashtirib qator qilib qo‘yish kerak.
Mashg‘ulot vaqtida bolalarga qurilishning eng zarur usullari ko‘rsatiladi, shuning uchun mashg‘ulot uzoq cho‘zilmasligi, 10-12 daqiqadan oshmasligi kerak. Qurish-yasash mashg‘ulotlarini o‘quv yilining birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, ikkinchi yarmida esa o‘yinlar bilan chegaralansa ham bo‘ladi.
Bolalarga qurish-yasashning hamma usullarini ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Masalan: qurilishni qurishda qurish-yasashning hamma usullarini ko‘rsatish va harakat bilan tushuntirish, tayyor qurilgan nus’hani ko‘rsatish va unga kirgan elementlarni tahlil qilish. Namuna sifatida qurilish materiallaridan nimalar yasash mumkinligini ko‘rsatuvchi tayyor qurilishdan foydalanish. Bolalar bino, inshootni qurishni bilib olishlari uchun (baland poydevorning ustini qanday bekitish, bir detalni qanday qilib boshqasi bilan almashtirish, tekislikni qanday kengaytirish va shu kabilar) qurilishning ayrim detallarini ko‘rsatish. Tarbiyachi tomonidan bajarilayotgan qurilishning ayrim qismini davom ettirishni bolalarga taklif qilish. Quriladigan ob’ekt haqida tushuncha berish, masalan, qurilishning hajmini (katta-kichikligini) aniqlash, bunda qurilishning o‘yinchoqlarga mos bo‘lishini aytish. Bolalarni o‘zlari ijod qilib qurishga o‘rgatish uchun zarur sharoitlar va ashyolar bilan ta’minlash va boshqalar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling