Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari


Download 0.73 Mb.
bet52/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari. O‘rgatishning asosiy usuli – namunani ko‘rsatish va tushuntirishdir. Tushuntirish qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi – bolalar tomonidan berilgan vazifani to‘liq bajarishlariga asos bo‘ladi. Qog‘ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko‘rsatadi (qalin qog‘oz 2 ga buklangan, ustida esa trubali tom) va u nimadan qilinganini so‘raydi (qog‘ozdan – uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, tasmadan truba, deraza, eshiklar va hokazo).
Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma-ketlik asosida qurishni davom etadi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularni tajribalarini hisobga olgan holda tarbiyachi bajarish usulini to‘laligicha ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan: yozuv kitobchalari yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalardan mustaqil bajarib, so‘ng uni bezashni iltimos qiladi. Yilni ohirida bolalarda qog‘oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolani xohishlari bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi.
Tarbiyachi bu mashg‘ulotdan 1-2 kun oldin bolalarni qog‘ozdan yasalgan narsalarni ko‘rgazma qilib, bolalarga ularni qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib tekshirib boradi. Tayyor bo‘lgan narsalarni tahlil qilganda tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi. Tabiiy materialdan narsa yasashga o‘rgatish yilning ohirida boshlanadi. Masalan: yong‘oq po‘stidan tipratikan yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarga tipratikanni o‘zini ko‘rsatadi. Yoki uning rasmini ko‘rsatadi, uni tanasi igna bilan qorejaganligini, oyoqlari kaltaligini tushuntiradi. Keyin mashg‘ulotda tayyor o‘yinchoq bilan rostakam tirik tipratikanni solishtiradi, so‘ng uni qanday yasashni bir bir ko‘rsatadi. Uni tanasi yong‘oq po‘stidan, ignalari, yuzi plastilindan yasaladi. Avval yong‘oq ustiga plastilin surtiladi, yuz tuzilishi va ignalarini yasaydi.
Mashg‘ulot davomida bolalarga maslahat berib yordamlashadi. Bolalarning barcha yasagan narsalari ma’lum bir maqsad uchun ishlatiladi. Albomlar – rasm uchun, uychalar – o‘yinlar uchun. Shunda bolalarda qiziqish uyg‘onadi, shuning uchun narsalarni qiziqib chiroyli toza bajaradilar. Qurish-yasash uchun kerak bo‘lgan materialni tayyorlash tarbiyachidan ko‘p vaqtni talab etadi.
Qurilish materiallari bilan turli xil predmetlarning turlicha timsollarini yaratish kabi ijodiy qobiliyatni bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling