Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш
Katta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari
Download 0.73 Mb.
|
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi
Katta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. Bolalarga chizilgan shtrix kontur bo’yicha qog‘ozni teng buklash, to‘rt buklash, buklangan joyni tekislash malakalari o‘rgatib boriladi. Qog‘ozni 16 kvadratlarga buklash, burchak va tomonlarini aniq joylashtirish, doirani diametri bo‘ylab buklash va konus hosil qilib yopishtirishni o‘rgatiladi. Masalan: qog‘oz silindirni birlashtirib turli, murakkab bo‘lmagan kompozitsiyalarni yasaydilar. Yana bolalar gugurt qutisini bir-biriga yopishtirib narsalar yasashni ham o‘rganadilar. Tabiiy materiallardan archa shishkasi, gulning urug‘lari, o‘tlar, turli qalinlikdagi novdalar, yong‘oqdan turli narsalar yasab, ularni kley, gugurt bilan birlashtirishni, to‘g‘ri foydalanish kabi malakalarni egallab boradilar. Bolalar o‘z faoliyatlarini rejalashtirish va ishni mustaqil bajarishni ham o‘rganadilar.
Dastlabki mashg‘ulotlarda o‘tgan materiallar takrorlanadi, natijada bolalar qog‘ozni teng buklash, tomonlarini qo‘l bilan tekislash malakasi yanada mustahkamlanadi. Bolalar bu amallarni qanday bajarishni esga oladilar. Birinchi mashg‘ulotda qog‘ozdan savatcha yasaydilar. Tayyor namunani kuzatib bo‘lgach, tarbiyachi kvadrat qog‘ozni qanday buklab qirqish, qanday yopishtirishni ko‘rsatadi. Savatchani bandini qanday yopishtirishni esa bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar. Ikkinchi mashg‘ulotda esa kvadratni diogonal bo‘yicha buklashni o‘rganadilar. Bunda kvadrat qog‘ozni 16 kvadratga buklash ko‘rsatilmaydi. Tarbiyachi tushuntirayotganda ikki tomoni qirqilgan, buklangan tayyor kvadratdan foydalaniladi. Bolalar oldingi mashg‘ulotdan olgan bilimlarini uycha qurishda qo‘llaydilar, o‘zlari qirqib yopishtiradilar. Mashg‘ulotni boshida namunani kuzatayotganda tarbiyachi ishni qanday bajarishni bolalarga o‘rgatadi va yordam beradi. Qog‘ozdan narsa yasashni ma’lum bir vaqtdan so‘ng qaytarish mumkin, lekin bolalar o‘zlari mustaqil bajaradilar (ochiq korobka). Tayyor shakllardan biror bir narsani yopishtirish orqali yasashni bolalar asta-sekin o‘rganadilar. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi gugurt qutisidan qanday qilib avtobus yasashni ko‘rsatadi: qutini qanday qilib bir-biriga yopishtirish, g‘ildiraklarni qanday qilib birlashtirishni va hokazo. Bolalar topshiriqni ko‘rsatish va tushuntirish asosida bajaradilar. Ikkinchi mashg‘ulotda tarbiyachi bolalardan avtobusni qanday yasaganlarini eslatib, so‘ng tayyor yasalgan mebelni bir necha namunasini bolalarga namoyin qiladi. Bu qurilmalarni bolalar kuzatib bo‘lgach, uni qanday qilib bir-biriga yopishtirilganligini va boshqalarni ko‘radilar. Qurishlari kerak bo‘lgan predmet uchun kerakli materiallar tanlaydilar. Bu mashg‘ulotlarda hosil bo‘lgan malakalarni tarbiyachi bolalarni o‘ylaganlari bo‘yicha narsa qurish mashg‘ulotlarida mustahkamlaydi. Bunda bolalar o‘zlari qaysi materialdan nima yasashlarini, qanday qilib yasashlarini mustaqil bajaradilar. Lekin keyingi mashg‘ulotlarda mavzu ancha murakkablashadi; ya’ni karobka, karton, qog‘ozdan yuk mashina, kema yasash va hokazo. Bu paytda tarbiyachi yana bolalar bilan birgalikda ish olib boradi, ya’ni o‘zi ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Ish faoliyatini bunday olib borilishi bolalarning keyingi ijodiy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bolalarga doirani diametri bo‘ylab buklash, konusni yopishtirish, kontur bo‘ylab qirqishdan avval, tarbiyachi parashyut, uzun ko‘ylak kiygan matryoshka, o‘yinga tushayotgan matryoshkani yasashni o‘rgatadi. Shunday qilib topshiriq murakkablashib boradi: bolalar tayyor yarim doirani qirqishni o‘rganadilar. Bu jarayonni tarbiyachi tushuntiradi, qolganini esa bolalar bajaradi. Yil oxirida bolalar o‘z bilimlarini tekshiradilar. Kvadratni dioganal bo‘ylab buklash tomonlari, burchaklarni to‘g‘ri birlashtirish, qayiq, o‘yinchoqlar yasashni mashg‘ulotlar jarayonida o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda bolalar tayyor murakkab bo‘lmagan andoza bo‘yicha ishlashni ham o‘rganadilar. Shunday qilib bolalar silindrni turli konstruksiyalarga birlashtirishni egallaydilar. Ularda fikrlash, ijodiyot, fantaziya rivojlanib boradi. Boshqa materiallardan narsa yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi materialni xususiyati bilan tanishtiradi, bolalarga shu materialni ushlab, uni qanday ekanligini so‘raydi, porolon-yumshoq, yengil, uni ezsa yana o‘z holatiga qayta oladi. Paralondan bolalar qorbobo, Nayzongul qo’g’irchog’i (Nevalyashka), quyoncha, jo‘ja va hokazolar yasaydilar. Narsa yasashni tushintirayotganda tarbiyachi asosiy diqqatni alohida predmetlarni qanday birlashtirishga qaratadi, mashg‘ulot davomida eslatib o‘tadi. Yangi yil bayramida bolalar archa o‘yinchoqlari yasaydilar: qog‘ozni qat-qat qilib (gormoshka) buklab undan turli simmetrik formalar qirqadilar. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha qog‘oz, karton, boshqa materialdan narsa yasayotganida avval olgan bilimlarini ishlarida qo‘llaydilar. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling