Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


O‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari


Download 0.73 Mb.
bet48/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

O‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari.
O‘rta guruhda asosan informatsion-retseptiv metoddan foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga yangi bilim berayotganda, bolalarga illyustratsiyani ko‘rsatib, uning asosiy qismlarini ajratib ko‘rsatadi. Namunani kuzatish paytida tarbiyachi bolalarga ular o‘rtasidagi farq, o‘xshashlikni tushuntirib beradi. Bolalarni tahlil qilishga jalb qilish lozim, qurilma nimadan iborat, uning qismlari qaysi detallardan iboratligi so‘raladi. Tarbiyachi agar bolalar xato qilsa to‘g‘rilaydi, qiynalsa yo‘llanma beradi. Tarbiyachi bolalarga ko‘prik konstruksiyasini o‘ylab topish vazifasini berayotganda bolalar bilan qisqa suhbat o‘tkazadi: ko‘prikni asosiy qismlari nimadan iboratligi eslatib o‘tiladi. Mavjud materialdan qurilma uchun kerakli bo‘lgan detallarni tanlab olish taklif etiladi.
Qurish-yasash mashg‘ulotida bolalarga tanish bo‘lgan materiallar stol ustiga qo‘yiladi, uni yoniga turli xil mayda o‘yinchoqlar: qo‘g‘irchoq, hayvon, transport terib qo‘yiladi. Mashg‘ulotni boshida tarbiyachi bolalarni nima yasamoqchi ekanliklarini, kim uchun, qanday materialdan foydalanishlarini bilib oladi. Buning uchun bolalar kerakli materialni tanlab olib, keyin qurishni boshlashlari lozim. Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib, ularga yordam beradi, rag‘batlantiradi. Bolalarni o‘zlari o‘ylab topgan qurilmalarni asosi tahlil qilinadi. Bolalarni qurish-yasashga o‘rgatishda tarbiyachi tomonidan har bir bolaga berilgan vazifani mustaqil bajarishga imkoniyat beriladi.
Katta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Katta guruhda predmetni tahlil qilish ularni harakterli belgilarini solishtirishga o‘rgatib boriladi. Bu guruhda o‘rgatish faoliyatining oddiy elementlari katta ahamiyatga ega; ya’ni vazifani tushunishi, uni mustaqil bajarishi. Bolalarga so‘zlab berish orqali qurish-yasashga o‘rgatadi. Tarbiyachi bolalarga o‘z so‘zlari orqali mavzuni rasm, illyustratsiyalar ko‘rsatib tushuntirib beradi. Asosiy diqqat bolalarni o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha ishlashga qaratiladi. Bolalarda qurilmalarni mustahkam qurish, g‘ishtchalardan ustuncha qurish kabi yangi malakalar shakllanadi. Jamoa qurilmalarini qurishda (hayvonot bog‘i, ko‘cha, Maktabgacha ta’lim muassasasi) bolalar bir birlari bilan birga bajaradi.
Yuqoridagi malakalarni bolalar turli qurilmalarni yasashda egallab boradilar. Ba’zi qismlarni almashtirib yasash uchun turli mavzular tanlanadi: uylar, transport, ko‘prik. Bu paytda tarbiyachi mavzuni nomlashni bolalarga aytadi. Shundan so‘ng tarbiyachi tayyor qurilmani bolalarga ko‘rsatib, huddi shunday bajarishlari kerakligini iltimos qiladi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalar bor bo‘lgan materiallardan mustaqil ravishda konstruktiv vazifalarni bajarishni o‘rganadilar. Bolalarda oldindan quriladigan materialni tanlash malakasini shakllantirish qurish-yasash mashg‘ulotlarida rivojlanadi.
Dastlabki mashg‘ulotlarda bolalarga oddiy vazifa, ya’ni devorni namuna orqali qurish vazifasi beriladi. Tarbiyachi ustunchalarni qurish, so‘ng g‘ishtchalarni to‘g‘ri joylashtirishni ko‘rsatadi. Keyingi mashg‘ulotda esa bolalar 2ta uy quradilar. Bu vazifani namunasiz bajaradi. Vazifani shu tariqa berilishi va uning asta-sekin murakkablashtirib borish bolalarni keyingi bo‘ladigan faoliyatga tayyorlab beradi. «Tepalik qurish» mashg‘ulotida bolalar avval tarbiyachini namunasini ko‘rib, tepalikni balandligini belgilab oladilar. Shundan so‘ng bu tepalikdan kaptokchani dumalatib ko‘radilar. Tarbiyachi bolalarga tepalikni baland, pastlikka ko‘ra koptokchalarni tez va sekin dumalatishni tushuntirib beradi. Bolalarga topshiriq beriladi, ya’ni baland tepalik va past tepalik qurish. Bu mashg‘ulotdan bolalar koptokchani tez yoki sekin dumalatish tepalikni baland yeki pastligiga bog‘liqligini aniqlaydilar, ya’ni baland tepalikdan koptok tez dumalaydi, past tepalikdan esa sekin dumalaydi. Bunday mashg‘ulotlar bolalarni mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stiradi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling