Mavzu: Bolalar cholgʻu asboblarida joʻr boʻlish faoliyatini tavsifi va uning vazifalari Mundarija: Kirish


Download 196.78 Kb.
bet1/11
Sana22.03.2023
Hajmi196.78 Kb.
#1286802
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Karimova Zamira


Mavzu:Bolalar cholgʻu asboblarida joʻr boʻlish faoliyatini tavsifi va uning vazifalari


Mundarija:
Kirish
I. Bob. Bolalar cholgʻu asboblarida joʻr boʻlish faoliyatini tavsifi
1.1 Bolalarni cholgu asboblaridagi jo’r bolish faoliyatini shakllantirish
1.2 Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakllantirish uslubi
II.Bob. Musiqa darslarida qo’shiq o’rgatish jarayonida musiqa o’qituvchisi
2.1. Qo’shiq o’rgatish jarayoni
2.2. Bir va ikki ovozli qo’shiqlarni jo’rsiz ( akapella) kuylash
Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Hozirgi zamon talim tizimini rivojlantirish va uni jahon andozalari darajasiga olib chiqish talim sohasining ustuvor vazifalaridan biridir. Ayniqsa, musiqa madaniyati jamiyatimiz yoshlarining manaviy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buyuk davlat arbobi I.Karimovning Yuksak manaviyat-engilmas kuch asarida shunday deyiladi: - Uyida dutor, doyra yoki boshqa cholgu asbobi bolmagan, musiqaning hayotbaxsh tasirini oz hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak mubolaga bolmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa sanati navqiron avlodimizning yuksak manaviyat ruhida kamol topishida boshqa sanat turlariga qaraganda koproq va kuchliroq tasir korsatmoqda.
Milliy musiqamizning tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanish, osib kelayotgan yosh avlodni musiqiy bilimlar bilan qurollantirish, shu orqali ularda xalqimizning milliy ananalariga, madaniyatimiz va manaviyatimiz durdonalariga faol ijobiy munosabat va qiziqishni tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega bolgan vazifadir.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasida bolib otgan majlisdagi Asosiy maqsadimiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish mavzusidagi maruzasi yangi tarkibdagi mazkur besh yillikda amalga oshiradigan strategik ishlarining rejasini yaqqol namoyon etdi, desak mubolaga bolmaydi.
Ushbu maruza yangi tarkibdagi besh bosqichli strategiyaga, qolaversa ularning diqqatini mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotida muhim
ahamiyat kasb etib borayotgan bugungi kundagi dolzarb masalalarga qaratishdan iborat boldi.
Agar kichik yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-qudratni, bilimdonlikni hamda vatanparvarlikni musiqa yordamida uygunlashtira olsak, bundanda ziyoda qudratni topa olmaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qoyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga yerishish uchun «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi va oquv qollanma asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari kopgina oquv va metodik qollanmalar mavjud.
Bularning asosiy maqsadlari bir yolga, yani estetik rivojlangan, komil insonni tarbiyalash va voyaga yetkazishdir.
Birinchi Prezidentimiz «Bolalarimiz bizdan kora dono, aqlli, bilimdon, soglom va albatta baxtli bolishi kerak» deb takidlashlari bejiz emas. «Ilk qadam» davlat oquv dasturi maktabgacha talim bilan shugullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bolgan davlat oquv dastur hisoblanadi. Davlat oquv dasturining pirovard natijasi maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablarining bajarilishiga yerishishdan, yani maktabga jismonan, aqlan va manan yetuk bolalarni tayyorlashdan iboratdir.
Sanat insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini ostirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida gamxurlik qilar yekanmiz, sanat bilan muomala qilishdan hosil boladigan his-hayajondan uni oz hayoti va faoliyatida foydalana olishga orgatishimiz kerak. Shu sababli estetik tarbiya tarmogining ajralmas qismi sanaladi.
Bolalarda kichik yoshlik chogidan idrok yetish, his yetish, turmush va sanatdagi gozallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va bu kabi gozallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bolgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yolida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmogi kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Omma orasida musiqali targibot olib bormay turib, tolaqonli natijalarga yerishib bolmaydi. Musiqiy tarbiya bolalarda yerta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuygu uygotadi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki osib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, manaviy boy va boshqa sifatlarni tarbiyalab bolmaydi.
Musiqaga kichik yoshlikdan uygongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli tasir korsatadi. Shunga kora musiqani idrok yetishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan estetik tarbiyasi vazifalari bilan bogliq umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Malumki, bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga jalb yetish, badiiy musiqaga nisbatan estetik idrok yetishni va yemotsional o'zlashtirishni rivojlantirish, muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini ostirish, musiqiy didni shakllantirish, qisqasi bolalarning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini rivojlantirish kerak. Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his yetishga katta tasirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni togri aks yettirgan musiqiy asardan orinli foydalanish alohida muxim orin tutadi. Malumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi gozalliklarni idrok yetishga bevosita bogliqdir.
Musiqa insonning his-tuygularini ifodalash bilan birga hayot, voqelik va davr aksidir. Shu boisdan musiqa dasturi printsiplarida bosh mezon- «Musiqa va hayotdir». Musiqa pedagogikasi olimlarining takidlashicha:- «Musiqani organish jarayonida bolalar birinchi darsdanoq unda hayot aks ettirilganligini u orqali hayotni organishlarini osonlikcha his etadilar va tushunadilar».
O'quvchilarning hayotiy tajribalariga tayangan holda har bir musiqa asari zamirida malum voqelik, his-tuygu va fikrlar aks ettirilishi haqida tushuncha beriladi. Bu faqatgina dars jarayonida turli musiqa faoliyatlarini bajarishda asar va uning obrazlarini idrok etish bilan amalga oshadi. Zotan, bir darsda qaysi musiqa faoliyatini olmaylik, u avval musiqa yangrashini idrok etish va uning obrazi hamda harakterlarini fahmlagandan song ijobiy tarzda amalga oshiriladi.
Demak, musiqa idroki dars jarayonining asosiy omili ekan. Shu boisdan musiqani eshitish, zavqlanish, qoshiq kuylash, musiqa savodxonligiga doir xususiyatlarni anglab olish, raqs tushish musiqa ostida turli ritmik harakatlarni bajarish, chapak va cholgu asboblarida chalib musiqaga ritmik jor bolish uchun belgilangan musiqalarni idrok etib borish kabi faoliyatlarni bajarish mumkin. Musiqa idroki darsda ikki tarzda- musiqa asarlarini maxsus eshitish (musiqa tinglash) va musiqani eshitib, anglab uning xarakteriga muvofiq turli faoliyatlarni amaliy bajarish.
Zamonaviy musiqa madaniyati darslarida musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol oynaydi. U ikki holatda amalga oshadi. Birinchi holatda malum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish hamda ongli idrok etish asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) va badiiy mazmuni haqida malum bilimlarga ega bolinadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari tinglanib (idrok etilib), song u yoki bu faoliyati koproq kuylash orqali organiladi. Uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalanadi. Masalan, organiladigan qoshiq avval oqituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir-ikki marta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat qilinadi, song organishga kirishiladi, raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan song, raqs harakatlari ifodasi organiladi. Kopincha asar bir necha faoliyat uygunligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshqa) organiladi. Bunday mashgulot usuli asarni puxta organish va ayni damda kompleks malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi.
Musiqa madaniyati darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan ozaro boglanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodxonligi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashguloti (tinglash, kuylash, raqs va boshqa) qullanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar organiladi va xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va hokazo) haqida yangi tushunchalar hosil boladi.
Shu bois, musiqa savodxonligi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bolib qolmay, balki oquvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim tushunchalar majmuasi (musiqa shakllari, janrlari, cholguchilar ijrochiligi, xalq bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshqalarni singdirib borishdan iborat.
Shuni alohida etiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodxonligi faoliyati ozaro uzviy boglanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga etakchilik qiladi.

Download 196.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling