Mavzu: Bolalar cholgʻu asboblarida joʻr boʻlish faoliyatini tavsifi va uning vazifalari Mundarija: Kirish


Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakllantirish uslubi


Download 196.78 Kb.
bet3/11
Sana22.03.2023
Hajmi196.78 Kb.
#1286802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Karimova Zamira

1.2Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakllantirish uslubi

Bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishida raqs, musiqali oyin hamda musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqiy faoliyatning bu turlari bolaning har tomonlama osishiga yordam beradi. Birinchidan, uning musiqiy oquvi, ayniqsa ritm tuygusi, musiqa xotirasi yahshi rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi va taktlari ostida bajariladi. Harakat bilan bogliq bolgan musiqa ohanglari bola xotirasida torgun saqlanadi. Ikkinchidan, yuqorida aytganimizdek, raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib, badanni chiniqtiradi, qomatning togri osishiga katta yordam beradi. Uchinchidan, musiqa asarlari bolada turlicha emotsional hislar uygotadi, turlicha kayfiyatlar hosil etib, uning ongida oziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi.


Demak, musiqa bilan harakat, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish bolaning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega ekan. Musiqa, raqs va oyinlar kichik yoshli bolalarga tez tasir etadi. Shuning uchun quvnoq raqs, qiziqarli musiqali oyinlar har bir bolaning etiborini oziga tortadi. Binobarin, musiqa madaniyati darslari davomida oquvchilarning musiqiy ritmik harakatlari faoliyatini amalga oshirishning muhimligi ham ahamiyatli ekanligi yaqqol korinib turibdi. Shuni takidlash lozimki, ozbek xalqi milliy raqs sanati bilan olamga dong taratgan. Ammo maktab talim-tarbiyasi tarkibida raqs sabogi deyarli yoq darajada ekanligini nazarda tutsak, unda musiqa madaniyati darslari mazmunida milliy raqs usullarini bolalarga yoshligidan orgatib borish naqadar zarurligi malum boladi.
Shu bois, musiqa oqituvchisi milliy raqs sanatimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qollash usullarini puxta bilishi bugungi davr talabidir. Raqs va musiqali harakatlar oquvchilarning musiqiy-oquv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bolalarning ritm tuygulari musiqa bilan bajariladigan turli xil harakatlar- raqs, oyin kabi turlicha ifodali harakatlar elementlarini ozida mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turini yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga etibor berib, mantiqiy harakat kompleksini yaratib ijro etishga katta ahamiyat berish lozim. Dasturda boshlangich sinf musiqa madaniyati darslarida raqs va musiqali harakatlarga alohida orin berilgan. Zero, bu faoliyat oquvchilarda musiqiy qobiliyatlarni, xususan, ritm-usul tuygusi hamda asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham zarurdir.
Birinchi sinfda o'quvchilar darsning ritmik harakatlarini bajarish, raqs tushish qismida musiqiy tovushlarning baland va pastligini qol harakati (yuqoriga kotarib va pastga tushirib) ifodalash. Aytim mashqlari, «Andijon polkasi», «Chittigul», «Pianino» kuylari asosida, marsh musiqasiga qadam tashlash (F.Nazarovning «Marsh», «Asp bolaman», «Bahor keladi») kabi kuylarga raqsga tushishadi. Shuningdek «Ufori», «Duchava» singari kuylarga mos harakatlarni bajarishadi. Tortinchi chorakka kelib, sinf aytimiga «dirijyorlik» qilish («Bolalar va gozlar») «boshqarishni» mashq qilishadi.
Ikkinchi sinf davomida oquvchilar mazkur faoliyat boyicha bir joyda turib, musiqaga mos harakatlarni bajarish, marsh musiqasiga mos qadam tashlash («Usmoniya», «Qari navo», «Marsh») va qol bilan raqs kuylariga xos ifodali harakatlar bajarish «Oftobjon-ortoqjon» kuyi, musiqa tavsiflariga mos raqs harakatlari («Olmani otdim», «Fabrika») musiqali oyin ifodalarini («Inoq oynaymiz») bajarish amalga oshiriladi.
Uchinchi sinfda esa oquvchilar raqs musiqalariga mos raqs harakatlarini topib, raqs tushish («Olmani otdim», «Jonon» va boshqa raqsona kuylarga mos harakatlar bajariladi.)
Darsning ushbu faoliyat turini otkazishda cholgu asboblaridan unumli foydalanish muhim rol oynaydi. Xususan milliy raqslarni, masalan, «Chertmak», «Ufor», «Andijon polkasi», «Jonon» va boshqalarni orgatishda xalq cholgu asboblaridan foydalanishda birinchidan bolalarda katta qiziqish uygotadi. Xalq cholgu asboblaridan unumli foydalanish, bolalarda tembr oquvi yahshi rivojlanadi, ikkinchidan bolalar yoshligidan milliy musiqa asboblari bilan tanishib boradilar.
Musiqa madaniyati darslarida musiqiy ritmik harakatlarni bajarish faoliyati bolalar ritmik tuygularini rivojlantiradi, zotan, raqs va oyin ham turlicha ifodali harakatlar elementlarini ozida mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turlicha yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga etibor berib, mantiqiy harakatlar majmuini yaratib ijro etishga alohida ahamiyat berish lozimdir. Marshlar ostida bolalar harakat qilishlarida musiqa sabogi bilan birgalikda oyoq tashlab yurishga bolalarni orgatib borish lozim.
Shunday qilib, musiqali oyinlar oz maqsadi va vazifasiga kora didaktik oyinlarga mansub bolib, ular asosan harakat vositasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi.
Darslar davomida oqituvchi musiqa asarining tuzilishiga binoan harakat elementlari mujassamlangan raqslarga, ularni orgatishga alohida etibor berishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, ikki qismli musiqaga mos ikki qismli uch qismlisida xos tarzda uch qismli raqslar qoyish kerak boladi. Misol uchun ozbek xalq raqsi «Andijon polka»sini olaylik. Oqituvchi mazkur musiqani orgatishda, bolalarga mos chaqqon harakatlarga xos raqs shaklini tanlashi mumkin. O'qituvchi sinf imkoniyatlarini hisobga olib, «Andijon polkasi»ni bir oz qisqartirib katta avjini istisno qilgan holda ikki qismli tola shaklda chalib, uch qismli qilib ham orgatishi mumkin. Demak, raqsni musiqaning mantiqiy qismlariga kora harakat elementlarini tanlab qoyishiga togri keladi.
Oyin va raqslar orgatishda mashq katta yordam beradi, zeroki har qanday raqs va oyinlar aniq detallardan tashkil topadi. Shuning uchun bazi oyin va raqslarni orgatishdan avval ular tarkibidagi ayrim harakat elementlarini oldindan mashq sifatida orgatilsa, maqsadga muvofiq boladi. Raqs va oyinlar qoyishda bolalar ijodiga ham etibor berish shart. Malumki, bolalar kattalarga taxlid qiladilar va kopincha oqituvchilar orgatadigan oyin va raqslarni uning shaxsiy ijodi deb ham tushunadilar. Shuning uchun ham bolalar oqituvchiga taxliddan ozlari ham «yangi» raqslar yaratishga intiladilar. Sinf oquvchilari orasida raqs tushishga moyil bolalar, iqtidorlilar ham uchraydi, albatta. Oqituvchi ushbu faoliyatni boshqarishda shunday oquvchilar raqsidan namuna sifatida foydalanishi mumkin.
Shunday qilib, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish musiqa madaniyati darslarida boshlangich sinf oquvchilari uchun moljallangan bolib, bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda alohida orin tutadi. Shuni ham takidlab otish lozimki, darsning ushbu faoliyat turiga hamisha ham yetarli etibor berilavermaydi. Natijada dars elementlari, faoliyatlar majmui toliq bolmay, mashgulotlarda qoyilgan maqsadlarga yetishish qiyinlashadi, darslar zerikarli, passiv otilishiga olib keladi.
Zamonaviy musiqa madaniyati darslarida boshqa faoliyatlar qatori oquvchilarning musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish elementlariga ham alohida etibor berilishini, uni har tomonlama mazmunli va qiziqarli, samarali otkazishga erishish muhimligini togri anglash musiqa oqituvchisi hamda shu sohaning bolajak mutaxassislari uchun muhimdir.



Download 196.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling