Mavzu: «Bolalar folklori, ma’naviy so’z o’yinlar, harakatli o’yinlar va tez aytishlar» Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun harakatli o’yinlarni tashkil etishda qanday maqsad koʻzlanadi?


Download 28.96 Kb.
bet4/5
Sana21.03.2023
Hajmi28.96 Kb.
#1285381
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan mustaqil topshiriq

Ma’naviy so‘z o ‘yinlar
Sirasini aytganda bular harakatni so'z boshqaradigan o'yinlaming davomiday, ulardan o‘sib chiqqanday tuyuladi. Lekin ulardan tubdan farq qiladilar. Bu farq shundaki, ma’naviy so‘z o'yinlarida harakat jismoniylik mohiyatini butkul yo‘qotadi,fíkrni harakatga soluvchi mohiyat kasb etadi. Shu sababli ularni ma’naviy yoki so‘z o‘yinlari tarzida atash ma’quldir. Ma’lumki, bolalar yoshi ulg'aygan sayin ma’naviy o‘yinlarga ehtiyojlari ham kuchaya borgan. Boshda bolalar ma’naviy ehtiyojga xos bunday o‘yinlami kattalaming o‘zlari ijod etishgan. Tez aytish (tutal)lar va topishmoqlar aslida xuddi shu kattalar ijodkorligi namunalari boigan ma’naviy so‘zo‘yinlaridir. Davrlar o'tishi va ijtimoiy,ma’naviy taraqqiyot taqozosiga ko‘ra bu o‘yinlar bolalar ma’naviy mulkiga aylanib bormoqda. Kattalaming bunday ijodiy ta’siri bolalarning o‘zlaridagi ijodiy imkoniyatlami harakatga sola bordi. Natijada ular xilma=xil shakl va mundarijaga ega talay ma’naviy so‘z o‘yinlami ijod eta oladilar. Chandishlar va guldur=guplar bolalaming o‘zIari bevosita ijod qilgan ana shunday folklor hodisalari hisoblanadi.
Harakatli o’yinlardan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad o’quvchilarni sport o’yinlariga tayyorlashdir. Bunday o’yinlarda bironta sport o’yini texnikasi va taktikasining elementlari taraqqiy ettiriladi va takomillashtiriladi.
MASALAN.
Epchil bolalar
O’yin tasviri.
Maydoncha kalta tomonlarining har biridan 3-4 qadam nariga shu tomonlarga parallel qilib bittadan chiziq tortiladi. Onaboshidan boshqa hamma o’yinchilar shu chiziqlardan birining orqa tomonida saflanib turadilar. Onaboshi maydonchaning o’rtasida – chiziqlar orasida turadi. Rahbar “Uch, to’rt!” degandan keyin o’quvchilar bir ovozdan shunday deydilar: Biz quvnoq bolalarmiz, O’yin-kulgini sevamiz. Qani o’rtoq, quvib ko’r, Bittamizga yetib ko’r. Oxirgi so’z aytib bo’linishi bilanoq o’quvchilar qarama-qarshi tomonga yugurib o’tadilar. Onaboshi yugurib o’tayotganlarni qo’l tegizib to’xtatishga harakat qiladi. Onaboshi qo’l tegizgan o’yinchilar o’sha joyda to’xtab qoladilar. O’yin rahbari bu o’yinchilarni belgilab oladi va ularga yana o’yinda qatnashishga ruxsat beradi. Qolgan o’ynovchilar maydonchaning ensiz tomonidagi chiziq orasida to’planadilar va u yerdan yana maydonchaning qarshi tomoniga yugurib o’tadilar. O’yin shu tartibda davom ettirilaveradi. Onaboshi uch va undan ko’p marta to’xtatgan o’yinchilar yutqazgan hisoblanadi. O’yin qoidalari. 1. Yugurib o’tish paytida bir-birini tutish mumkin emas. 2. Yugurib chiqqan o’yinchilarning orqaga qochishlari mumkin emas.
E s l a t m a. Aytiladigan bandni 2-3 marta qaytarish va yod olish kerak. Shundan keyingina o’yinga kirishish lozim. O’quvchilarni band so’zlarini uncha shoshilmasdan, bir tekisda aytishga o’rgatish kerak. O’yinning o’ziga xos harakatlari. Chap berib yugurib qochish.


Download 28.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling