Mavzu: bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beruvchi shart-sharoitlar yaratish


Download 58.87 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi58.87 Kb.
#1531728
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLALAR JAMOASINI SHAKLLANTIRISHGA YORDAM BERUVCHI SHART-SHAROITLAR YARATISH.

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar jamoasini shakllantirishning ilmiy- nazariy asoslari, mavzuning ilmiy tadqiqot metodlari, bosqichlari, ta’rifi va tasnifi, bolalar jamoasining rivojlanishida ichki, tashqi, ijtimoiy omillar, bola jamoasi taraqqiyotining asosiy bosqichlari, mavzuning didaktik tamoyillari, bolalarga pedagogik ta’sir kо‘rsatish, tashkil etish shakllari ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‘llashning nazariy asoslari, shakl, usullari bolalarni komil inson qilib tarbiyalashning maqsad va vazifalari, ta’lim berish va tarbiyalash muammolari, ularni о‘rganish va anglash tamoyillari, uslublari о‘zlashtirganligini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari:
- maktabgacha ta’limda bolalar jamoasini shakllantirishning ilmiy yо‘nalishlarini aniqlash ;
- tadqiqot jarayonida bolalar jamoasini shakllantirishning aniq vazifasini anglay olish darajasini aniqlash ;
- maktabgacha ta’limda bola shaxsi xususiyatlari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy tahlil qilish ;
- bolalar jamoasini shakllantirishda ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish malakalarining mavjudligini qayd etish ;
- ta’lim va tarbiya jarayoni orqali bolalar jamoasini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini isbotlab berish.
Kurs ishining predmeti: Bolalar jamoasi, bolalar jamoasini tashkil etish shart-sharoitlari, tarbiyachilarning vazifalari, usul, metodlari, bola shaxsini shakllantirish vazifalari, tadqiqot yo’nalishlari.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish asosiy qism, I-BOB, II-BOB, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1.BOB: MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR JAMOASINI SHAKLLANTIRISH.
1.1 Bolalar jamoasi haqida tushuncha.
Jamoa sо‘zi lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bо‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr pedagogika fanining rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedagagogik jihatdan boshqariladigan jarayondir. Jamoaga rahbarlik qilishning asosiy vazifasi pedagogik yondashishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida jamoa a’zolarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Jamoaning tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Jamoada bolalar eng avvalo muomala me’yorlarini amalda о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-harakatlarini boshqa odamlar manfaatlariga muvofiq tarzda kо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar. Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega bо‘lgan holda, tobora rivojlanib boruvchi tizimdir. Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr pedagogika fanining rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedgagogik jihatdan boshqariladigan jarayondir. Jamoaga rahbarlik qilishning asosiy vazifasi pedagogik yondashishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida jamoa a’zolarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Jamoaning tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Jamoada bolalar eng avvalo muomala me’yorlarini amalda о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-harakatlarini boshqa odamlar manfaatlariga muvofiq tarzda kо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar. Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega bо‘lgan holda, tobora rivojlanib boruvchi tizimdir. Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasi bu bolalar bog‘chasidagi jamoa, turmush tarzi birgalikdagi faoliyat asosida bir-biriga bog‘liq maqsad, manfaat va kechinmalar bilan tarbiyachi rahbarligida birlashgan va uyushgan bolalar guruhidir. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta-sekin jamoaning ahamiyati haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat sarflash quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida tasavvur hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy quvonchli kechinmalari, birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar jamoasi rivojlanishning asosidir. Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borganda makabgacha yoshdagi bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga qo‘yilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro yordam, mas’uliyatlilik kabi xususiyatlar namoyon bо‘ladi. Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari о‘zaro birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo’ysunish, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarlik asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda ijobiy sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror toptirishdan iborat. Bolalar jamoasi tarbiyachi pedagog hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi о‘z-о‘zini nazorat. О‘z-о‘zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, о‘zining psixologik muhitiga va an’analariga ega guruh hisoblanadi. Bugungi kunda pedagog olimlar (L.I Novikov va boshqalar) bolalar jamoasi rivojlanish jarayonini tahlil qilar ekan, uni quyidagi uch jihatiga e’tibor boradilar:

A) Jamoani dastlabki shakllantirish;


B) Jamoani shakllantirish, uning har bir a’zosini individual rivojlantirish;
D) Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi.

Tarbiyachi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijobiy tajribaga qо’shish imkonini beradigan о‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir etadigan - shakl va metodlardan foydalanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasi mashg‘ulotlarning umumiyligi va о‘zaro munosabatlarning muayyan tizimi tufayli birlashgan bolalar guruhidir. Uning shakllanishi butun tarbiyaviy jarayonning natijasi bо‘lib, tarbiyalanuvchilar hayoti va faoliyatini tо‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bо‘ladi. Demak, inson xulqidagi ijobiy sifatlardan biri kishilar jamoasiga qо‘shila olish va о‘sha jamoa a’zolari orasidan munosib о‘rin olishdir. Bu har bir kishidan yuqori saviya va odob-axloqni talab etadi. Kishining odobi, bilimi, jismoniy kamoli, jamoa ichida tez kо‘rina boshlaydi. Bola yoshligidan boshlab о‘zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan muloqotga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Bola yashayotgan jamoa jozibali etib tashkil qilinsa, bola bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa jamoa - mazmunan boy, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bolalar tomonidan о‘z-о‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlari boshqasidan ustun kelishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak. Shu bois tarbiyachi bolalarni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. Demak, tarbiyachi bola bilan amalga oshiradigan yakka tartibdagi ishlarni uyushtirishda ma’lum shart-sharoitlarga rioya qilishi lozim. Masalan, yakka tartibdagi suhbatlar, faoliyatlar, rasm va kitoblarni kо‘rish, didaktik о‘yinlar ertalabki soatlarda, sayrda kechki soatlarda о‘tilsa, maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bolalar bilan qanday ishlar olib borish tarbiyachining umumiy rejasida kо‘rsatilishi kerak. Olib borgan kuzatishlari natija va xususiyatlarini tarbiyachi о‘zining kundalik daftariga yozib boradi.



Download 58.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling