Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakillari
Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o`tkaziladi. Yoz paytida o`yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o`tkaziladi. Mashg’ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo`yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`zaro bog’liq uch qismdan iboratdir:
Kirish – tayyorgarlik. Asosiy qism Yakuniy qism. Mashg’ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so`ngra asosiy harakatlarga o`rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o`rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko`nikmalarini takomillashtirishni ko`zda tutadi. Shundan so`ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o`yinlar o`tkaziladi.
Mashg’ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so`ngra asosiy harakatlarga o`rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o`rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko`nikmalarini takomillashtirishni ko`zda tutadi. Shundan so`ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o`yinlar o`tkaziladi.
Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bolalar kichik buyumlar, bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar bilan bajaradilar. Chunki ular organizmning funksional holatini yaxshilashga ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |