Mavzu: Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari


Faoliyat mahsulini o’rganish metodi


Download 34.54 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi34.54 Kb.
#1413650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari

Faoliyat mahsulini o’rganish metodi.
Faoliyat mahsulini o’rganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalami o’rganish haqida gap ketgandii, birinchi navbatda, bolalaming tasviriy faoliyati mahsullarini tahlil qilish nazarda tutiladi. Shu tufayli tasviriy faoKyat mahsullarini o’rgariishga asoslangan Metodlar o’z nomi bilan grafik metodlar deb ataladi.
Giafik metodlar o’z ichiga rasm chizish metodikalari - “Odamni chizgin”, “Avtoportret”, “Erkin mavzudagi rasm”, “Dunyo rasmi”, “Oila rasmi”, “Oilaning kinetik rasmi”, “Uy, daraxt. odam” - “Geometrik shakllardan odain rasmini yig’ish”, “Daraxt” grafik testi, “Grafik diktant” va boshqalarni oladi.
Yuqorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil tahlil etilgan. test. Test meitodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo’llaniladi. Ushbu metod bir qator ustun tomonlarga ega: tadqiqotlar sinaluvchilarning katta guruhi bilan o’tkazish mumkin: natijalarni hisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Ivletodning asosiy kamchiligi shimdaki, u bolanmg kelajakdagi rivojlanishi haqicla ma’lumot berolmaydi.
Psixologiya fanida hozirda maklabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatiar, uning emotsional-irodaviy sohasiga xos sifatlar, motivatsion sohasiga tegishli xususiyatiar, individual-tipologik xususiyatiari, bolaniiig bilish jarayonlariga xos xususiyatianii aniqlaydigan maxsus testiaming to’plarnlari tnavjud. Talabalaming mavzuni qanchalik o‘zlashtirganliklarini mustaqil fikrlarini bilish uchun T-chizma grafik organayzeridan foydalanish mumkin.

2.3. Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy metodi sifatida.
Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va h.
Kuzatish ga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi.
Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya) dan foidalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi.Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari kuzatish Byuler (1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi kuzatish metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar. Kuzatish voqelik sodir boʻlishini, atrof muhitni, inson shaxsini muayyan qismlarga, yoʻnalishlarga fikran ajratish;
Kuzatishning koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish; toʻplangan materiallarni matematik statistik hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kuzatishning sistemali, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy, tabiiy, davriy (bir martali) koʻrinishlari, shuningdek, turli vositalari va shakllari mavjud. Kuzatishda R.Beylzaning interaksiya (oʻzaro taʼsir) uslubini (bahs, munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini aniqlash maqsadida) qoʻllash ijobiy natijalar beradi. Psixologiyaningananaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvaffaqiyatli qollanilmoqda.
Kuzatish metodi Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turlituman faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bo‘lsa, o‘sha ko‘rinishda kuzatish metodining yordami bilan o‘rganiladi.
Tashqi kuzatish Psixik hayot hodisalarini o‘rganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi. Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi.
Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin. Psixik jarayonlar bilan bevosita bog‘langan ba’zi bir fiziologik hodisalar yuzning o‘zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o‘zgarishi ham tashqaridan kuzatilsa bo‘ladi.
Kuzatish ma’lumotlarini so‘zlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki ko‘rsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo‘llar bilan ham qayd qilish mumkin. Masalan, bolalar nutqini o‘sib borishini kuzatish yo‘li bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning so‘z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa bo‘ladi.
Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zgartirish va yangidan ko‘rishida duch kelgan to‘sqinlikni va qiyinchilikni yengish uchun uning qanday zo‘r iroda bilan sabr-matonat ko‘rsatishini ham kuzatish yo‘li bilan ko‘zdan kechirsak va tekshirsak bo‘ladi.
Psixik hayot hodisalarini o‘rganayotganda psixologning o‘z-o‘zini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga to‘g‘ri keladi. O‘z-o‘zini kuzatish Nomidan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotchi o‘z-o‘zini kuzatish bilan o‘zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki tomoni – odamning subyektiv kechinmalari qanday ro‘y bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intiladi.
Psixolog o‘z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning o‘z-o‘zini kuzatib olgan ma’lumotlariga ham asoslanadi. Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha o‘z-o‘zini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi bo‘lib keldi, desa bo‘ladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z-o‘zini kuzatish metodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraladigan bo‘lib qoldi.
Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma’lum bo‘ldi. O‘z-o‘zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham tekshiruvchi obyektga bo‘linib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi ko‘rsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining amalda bunday «bo‘linib ketishi» mumkin emas. O‘z-o‘zini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni o‘rganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi. O‘z-o‘zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. Psixolog o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan faqat o‘z psixikasini o‘rganadi-da, axir. Shunday bo‘lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning o‘z psixologiyasiga aylanib ketadi.
Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o‘z ixtisosiga ko‘ra o‘zini-o‘zi kuzata oladigan va o‘zini-o‘zi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta’limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta’limot ham psixologiyaga qo‘shilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtayi nazaridan o‘zo‘zini kuzata olmasligi tabiiy.
Demak, o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo‘lmaydi. Nihoyat, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yo‘sinda bir tomonlama, subyektiv talqin qilishiga olib kelishi mumkin.
Masalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning o‘zi egoist bo‘lsa, o‘z-o‘zini kuzatish natijalaridan, egoizm – har qanday xarakterning muhim belgisidir, deb xulosa chiqarishi mumkin.
Dunyoda saxiy,oliyjanob xarakterli kishilar borligini bunday psixolog faqat o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan bila olmaydi. Zohiran ko‘rinadigan narsa bu yerda Haqiqat bo‘lib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa bo‘lib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim obyektiv va chin bilim bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan subyektiv ravishda ko‘ngildan kechadigan faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish mumkin emas.
Psixik hodisani tushuntirish – uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bog‘langanligini aniqlash demakdir, bularning hammasi esa o‘zo‘zini kuzatish doirasidan tashqaridadir.
Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Obyektiv metoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin.
Ammo, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yuqorida aytilgan kamchiliklari bu metodni psixologiyada keraksiz, g‘ayriilmiy metod deb butunlay rad etishga asos bo‘lmasligi kerak, albatta. Bu kamchilik va qiyinchiliklarning hammasi ham o‘z-o‘zini kuzatishda uchrashi mumkin, lekin ular hamisha, o‘z-o‘zini kuzatishning har qandayida bo‘lavermaydi. Avvalo, odam o‘z-o‘zini kuzatish obyekti bo‘lolmaydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak.
Odam ongi taraqqiy etgan bo‘lsa, ma’lum psixik jarayonlarni baravariga boshdan kechirishi ham, kuzatishi ham mumkin, odamning xususiyati ham shundan iborat. Odam kuzatish bilangina cheklanib qolmay, psixik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishi, turli psixik jarayonlarni yuzaga chiqarishi, o‘zgartirishi, kuchaytirishi va to‘xtatishi mumkin. Bu har kimga yaxshi ma’lum bo‘lgan faktdir. Har qanday ishda uchraydigan qiyinchiliklar kabi o‘z-o‘zini kuzatishda uchraydigan qiyinchiliklar ham hamisha bartaraf qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar emas, albatta.
Kuchli emotsional holatlardagina o‘z-o‘zini kuzatish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, psixik hayot hodisalarini dastlab boshdan kechirish paytidagina o‘rganish shart emas, ularni esga tushirib, ko‘ngildan kechirish ham mumkin.


Download 34.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling