Mavzu: bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
Download 266.63 Kb.
|
BOLALARDA PREDMETLARNING SHAKLI HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-маш. давоми минут Ҳафтада
Tarbiyachi mashgʼulotga tayѐrlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab oʼrganadi. Matematik bilimlar bolalarga qatʼiy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar oʼzlashtira oladigan darajada boʼlishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga boʼlinadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket oʼrganiladi. Masalan Tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni boʼlaklarga boʼlish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Bolalar birinchi mashgʼulotda buyumlarni ikkita teng qismga boʼlishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini oʼzlashtiradilar; ikkinchi mashgʼulotda bolalarning teng ikkiga boʼlinadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lugʼati aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashgʼulotda bolalarga buyumlarni teng toʼrt qismga boʼlish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini koʼrsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va toʼrt qismga boʼlishning har xil usullarini koʼrsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni oʼrnatishadi. Dasturning har bir boʼlimi ketma-ket oʼtkaziladigan bir necha (uch-olti) mashgʼulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashgʼulotdan mashgʼulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir boʼlimidan ikkinchi boʼlimiga oʼtishda oʼtilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni oʼzlashtirilgan bilimlar bilan bogʼlashni taʼminlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni oʼrganish jaraѐnida oʼtgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular eʼtiborini yangi materialga qaratish, uning puxta oʼzlashtirilishiga imkon beradi. Yangi materialni oʼrganish jaraѐnida oʼtgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular eʼtiborini yangi materialga qaratish, uning puxta oʼzlashtirilishiga imkon beradi. Odatda yangi mavzuni uch—besh mashgʼulot davomida, oldin uniig birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida oʼrganiladi. Mavzuni ikki hafta, baʼzan uch hafta oʼtganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir oʼrganilgan boʼlimi oʼquv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida boʼlib turishi kerak Matematika oʼqitishda mashgʼulotning har xil turidan foydalaniladi. Mashgʼulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni oʼrganishga ѐki oʼtilganlarni takrorlashga, bir qator mashgʼulotlarning materiallarini umumlashtirishga ѐki bolalarning bilimlarini tekshirishga bagʼishlanadi. Oʼqitish tajribasida mashgʼulotlar eng koʼp oʼrinni oladi, ularning birinchi qismida 8—10 daqiqa davomida yangi material oʼrganiladi, ikkinchi qismida (9—12 daqiqa davomida) oldingi mashgʼulotlarda olingan bilim va koʼnikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari oʼzlashtirilgan bilimlar 3—4 daqiqa takrorlatiladi Bolalar olgan bilimlari kundalik haѐtda, oʼyinda, mehnatda, turmushda, shuningdek boshqa mashgʼulotlarda doim mustahkamlanishi juda muhim. Bilimlarni mustahkamlashda didaktik oʼyinlar: xalq didaktik oʼyinlari, piramidachalar boshqa oʼyinchoqlar bilan oʼynaladigan oʼyinlar muhim rolь oʼynaydi. Fazoda moʼljal (orientatsiya) olish mashqlarini taʼminlovchi oʼyinlarga katta ahamiyat beriladi. Jismoniy tarbiya va musiqa mashgʼulotlarida bolalarning tartib sanoq bilan shugʼullanishlariga, harakat yoʼnalishlarini aniqlashlari va hokazolarga toʼgʼri keladi. Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular orasida oʼlchov munosabatlarini oʼrnata olish malakasi, buyumlar orasida fazoviy munosabatlar oʼrnata olishdan tashqari bolalar har doim rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruktsiyalash va boshqa mashgʼulotlarida foydalanishlari lozim. Bolalarning sanashning, oʼlchay olishning muhim ekaniga ishonch hosil qilishlarida ularga ѐrdam berish zarur. Kattalar oʼzlarining matematik bilimlaridan qanday foydalanishlari (masofani oʼlchashlarini, oʼlchovni qanday olishlari buyumlarni sanashlarini va h. k.)ni kuzatish tashkil qilinadi. Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga oʼlchay olish, sanash va hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha taʼlim ѐshdagi bolalarda matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uygʼotish zarur. Bu maktabda matematikani muvaffaqiyatli oʼrgatishning garovi boʼladi. Bolalarga toʼgʼri usullardan foydalanib 6, 7, 8, 9, 10 sonlarining hosil boʼlishi bilan tanishtirish. Bu sonlar doirasida sanashni oʼrgatish: bir qator qoʼyilgan predmetlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan predmetlarga taalluqli qilib aytish. Bolalarga predmetlarning ikki guruhini qiѐslashni mashq qildirish («Bir, ikki, uch, toʼrt, besh, olti, yetti – hammasi boʼlib yettita sabzi», «Bir, ikki, uch, toʼrt, besh, olti – hammasi boʼlib oltita quѐn. Yettita koʼp, oltita kam. Аgar quѐnlarga sabzilarni berib chiqsak, bitta sabzi ortib qoladi »). 10 gacha boʼlgan sanoq va tartib sonlarni oʼrgatish, «Nechta?», «Nechanchi?», «Sanoq boʼyicha nechanchi», «Qancha?», «Qaysi?», «Nechanchisi?» «Jami qancha?» savollariga javob berib, sanoq va tartib sonlardan toʼgʼri foydalanishni oʼrgatish. Soni 10 gacha boʼlgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash, tenglashtirish, bittaga kamaytirish va bittaga orttirish. Bolalarda sonlar orasidagi bogʼlanishlarni shakllantirish davom ettiriladi: har bir keyingi son oldingisidan katta, oldingisi keyingisidan kichik. Masalan: ѐnma-ѐn turgan sonlar orasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar oʼzlashtiriladi: har bir keyingi son oldingisidan bitta ortiq, har bir oldingi son esa keyingisidan 1 ta kichik. (5 6 dan 1 ta kichik, 6 5 dan 1 ta katta, 6 7 dan 1 ta kichik). Bolalar bir son ikkinchisidan 1 ta kichik (ѐ katta) ekanini oʼzlashtirganlaridan keyin, ularga agar kichik songa 1 ni qoʼshilsa, keyingi katta son hosil boʼlishini, agar katta sonni 1 ta kamaytirilsa, kichik, yaʼni oldingi son hosil boʼlishi tushuntirib beriladi. Sonlar orasidagi bogʼlanish va munosabatlarning hammasi buyumlar guruhlarini taqqoslash asosida tushuntiriladi. Bunday mashqlar jaraѐnida tarbiyachi «qancha edi?», «qancha qoʼshishdi (ayirishdi)?», «qancha boʼldi (qancha)?» kabi savollardan foydalanadi. Download 266.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling