Mavzu: Bolalarda Raxit kasalligi


Download 79 Kb.
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi79 Kb.
#1303733
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalarda Raxit kasalligi

Raxitning davosi
Raxit davosi kompleksli, uzoq muddatli va raxitni chaqiruvchi sababini bartaraf qilishga qaratilgan bo’lishiga kerak. Nospesifik davo katta ahamiyatga ega, bolani yoshiga mos holda, rasional ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, toza havoda uzoq sayr qilish, yetarli insolyasiya, davo gimnastikasi va massaj, chiniqtirish, yo’ldosh kasalliklarni davolash.
Spesifik davosi kalsiy, fosfor dorilari, vitamin D tavsiya qilishdan iborat.



Vitamin D ning davolovchi dozasi Raxit og’irlik darajasi

Vitamin D sutkalik dozasi, ME

Kurs davomiyligi, sutkada

I

1000-1500

30

II

2000-2500

30

III

3000-4000

45

Bugungi kunda suyaklar rentgenografiyasi tashqisot qilish maqsadida o’tkazilmaydi.


Davo kursi yakunlangandan keyin vitamin D profilaktik dozada (100-200 ME/sutkada, 400 MEdan oshmasligi kerak) tavsiya qilinadi. Profilaktik dozasini oshirish gipervitaminoz Dga olib keladi.
Oxirgi vaqtlarda vitamin Dni individual tavsiya etish ko’zda tutilmoqda (qonda uning metabo’litlarini aniqlagandan so’ng). Ko’pgina pediatrlar bolalarga vitamin D emas, balki vitaminlar kompleksini (misol, Podivit Bebi, bolalar uchun Biovital gel va boshqalarni) tavsiya etadi, chunki raxit ko’p qo’llarda poligipovitaminoz bilan kechadi. Vitamin Ddan tashqari bu kompleksga gipervitaminozga moyillikni kamaytiruvchi vitamin A kiradi. Agar raxit davosida vitamin D qo’llanilsa, uni kamroq dozada tavsiya etiladi.Odatda vitamin D3 dorilari qo’llaniladi (xolekalsiferol) - Videxol, Vigantol. Ko’pgina mualliflar suvda eriydigan vitamin D3ni tavsiya qiladi, chunki u oshqozon-ichak traktidan yaxshi so’riladi va yog'da eriydiganga qaraganda uzoq ta'sir etadi.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling