Mavzu: Bolalarda Raxit kasalligi


Download 79 Kb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi79 Kb.
#1303733
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalarda Raxit kasalligi

Rekonvalessensiya davri
Bu davr uchun bola o'zini yaxshi his qilishi va holatining yaxshilanishi xos. Statistik funksiyalari normallashadi yoki yaxshilanadi.
Rentgenogrammada o'sish zonasining bir tekis bo’lmagan qattiqlashuvi kuzatiladi. qonda fosfor miqdori normallashadi yoki normadan birmuncha ortadi. Unchalik yuqori bo’lmagan gipokalsiemiya saqlanadi, ba'zida ko’tariladi.
Qoldiq belgilar davri
Bioximik ko’rsatgichlar normallashuvi va raxit faolligi yogolishi kasallikning faol davrdan nofaol davriga - qoldiq belgilar davriga otganligini bildiradi. O'tkazilgan raxit belgilari (skelet deformasiyasi va mushak gipotoniyasi) uzoq vaqt saqlanadi.
Raxitning kechishi va og’irlik darajasi
Raxitning o’tkir kechishi uchun barcha simptomlarning tez rivojlanishi xarakterli, nevrologik buzilishlar yaqqol rivojlangan, aniq gipofosfatemiya, osteomalyasiya jarayoni ustunlik qiladi.
Raxitning o’tkir osti kechishida nevrologik buzilishlar qisman rivojlangan yo’ki unchalik rivojlanmagan, qonning bioximik tarkibi kam o’zgargan, osteoid giperplaziya jarayoni ustunlik qiladi.
Qaytalanuvchi (to’lqinsimon) kechishida bolada faol raxitning klinik, laborator va rentgenologik belgilari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda raxitning qaytalanuvchi kechishining bo’lishiga gumon bo’lib hisoblanmoqda.
Raxit tashhisi
Tashqis kasallikning klinik manzarasiga asoslanib qo’yiladi va qonning bioximik tahlili bilan tasdiqlanadi (fosfor, kalsiy konsentrasiyasi va ishqoriy fosfataza faolligi aniqlanadi). Bu korsatgichlarning dinamikasi va nisbati kasallik davrini aniqlaydi.
Raxitda fosfor konsentrasiyasi 0,65 mmol/l gacha pasayishi mumkin (bolalarda normada bir yoshgacha 1,3-2,3 mmol/lga teng), kalsiy konsentrasiyasi 2-2,3 mmol/l (normada 2,5-2,7 mmol/lga teng). Ishqoriy fosfataza faolligi ko’tariladi.
Raxit uchun rentgenogrammada suyaklar o’zgarishi xarakterli: metafizar zonada epifiz va diafiz orasidagi yoriq ortadi; epifiz likopcha shaklida bo.ladi, suyaklanish yadrosi aniq korinmaydi, ohaklanish sohasi aniq emas, osteoporoz aniqlanadi.
Rekonvalessensiya davrida ohaklanish zonasi notekis qattiqlashishi natijasida shakli o’zgaradi. O’sish zonasidagi buzilishlar fosfor va kalsiy tanqislikligiga xarakterli. Gipovitaminoz Dda umumiy osteoporoz kuzatiladi.Qiyo’siy tashqis raxitga o'xshash kasalliklar bilan o’tkaziladi. Amaliyotda raxit MNSning perinatal zararlanishi bilan qiyosiy taqqoslanadi. Bundan tashqari ba'zi dori vositalari ko’p miqdorda qo’llanilganda, misol, glyukokortikoidlar (vitamin D antagonisti, kalsiy transportiga ta'sir qiladi), geparin (suyaklarda fosfor-kalsiy to'planishiga to’sqinlik qiladi, furosemid, fosfatlar, magniy, antasidlar - alyuminiy saqlovchi dorilar (gipokalsiemiyani chaqiradi) va boshqalar ikkilamchi raxitni bartaraf qilish kerak.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling