Mavzu: Bolalarda Raxit kasalligi


Download 79 Kb.
bet2/5
Sana28.03.2023
Hajmi79 Kb.
#1303733
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalarda Raxit kasalligi

Raxitning klinikasi
Boshlanish davri. Kasallikning birinchi belgilari bola hayotining 2-3 oylarida paydo bo.ladi. Bolaning xatti-harakatlari ozgaradi: bezovtalik, chochish, yuqori qo’zg’aluvchanlik, tashqi qo’zgalishlarga qaltirash (qattiq shovqin, to'satdan yorug'lik tushishi). Bolaning uyqusi yuzaki va qo’rquvli bo’lib qoladi. Ter ajralishi kuchayadi, asosan boshning soch qismida va yuzda, turg’un qizil dermografizm aniqlanadi. Ter nordon hidli bo’ladi va terini qichishtiradi. Bola boshini yostiqga ishqalaydi, ensa sohasida soch to’kilishi paydo bo’ladi. Bu yosh uchun xos bo’lgan mushaklar fiziologik gipertonusi, mushak gipotoniyasi bilan almashinadi. Katta lihildoq chegaralari va kalla choklari mortlashadi, suyak-toqay birikkan joyda qovurgalar yo’qonlashadi ("raxit tasmalari").
Kaft suyaklari rentgenogrammasida suyak toqimalarining siyraklashishi kuzatiladi. Qon bioximik tekshiruvida kalsiy konsentrasiyasi normal yo’ki yuqori, fosfat konsentrasiyasi pasayganligi aniqlanadi; ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori bo’lishiga mumkin. Peshob tahlilida fosfaturiya, ammiak va aminokislotalar miqdori ortadi.
Kasallikning avj olish davri
Kasallikni avj olgan davri bola hayo’tining birinchi yarim yilligi oxiriga to’g’ri keladi va asab tizimi, tayanch-harakat apparatining yanada kuchliroq o’zgarishlari bilan xarakterlanadi. Raxitning o’tkir kechishida yaqqol namoyo’n bo’luvchi osteomalyasiya jarayo’ni kalla yassi suyaklarining yumshoqlanishiga olib keladi (kraniotabes), keyinchalik, ko’p qo’llarda ensaning yassilanishi kuzatiladi. Ko’krak qafasining yumshashi va deformasiyalanishi korinadi: to’shning pastki qismi siqiladi ("etikdoz kokragi") yoki bo’rtib chiqadi ("tovuq ko’kragi"). Uzun naysimon suyaklarning O-simon (kam qo’llarda X-simon) qiyshiqligi kuzatiladi. Toraygan yassi raxitik tos shakllanadi. qovurg'alarning yumshoqligi natijasida diafragmaning birikkan chizigida chuqurcha hosil bo’ladi (xarrison egatchasi). Raxitning o’tkir osti kechishida ustunlik hiluvchi osteoid toqimalar giperplaziyasi, ensa va peshona domboqlari, kaft sohasida yogonlashish, qovurg'a-tog'ay birikkan joyida va qo’l barmoqlari falangalararo boqimlarida "bilakuzuklar", "raxit tasmalari", "munchoq iplari" bilan namoyon bo’ladi.
Uzun naysimon suyaklar rentgenogrammasida metafizlarning jomsimon kengayishi, dastlabki ohaklanish sohasining o'pirilishi va yaxshi korinmasligi
kuzatiladi.
Gipofosfatemiya, gipokalsiemiya, ishqoriy fosfataza faolligi yuqori bo.ladi.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling