Mavzu: Bolalarni ifodali she’r yodlashga o‘rgatish. Reja: I. Kirish. I-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sher yodlatish metodikasi


Bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatishda tarbiyachi oldidagi vazifalar


Download 49.91 Kb.
bet3/7
Sana08.04.2023
Hajmi49.91 Kb.
#1342788
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bolalarni ifodali she’r yodlashga o\'rgatish.

1.2.Bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatishda tarbiyachi oldidagi vazifalar.
Bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatishda tarbiyachi oldidagi vazifalar.
Bolalar bog'chasida bolalarga she'r yodlatishning asosiy maqsadi va ahamiyati ularda she’riyatga bo‘lgan muhabbatni, badiiy didni tarbiyalash, poeziyaning eng yaxshi namunalarini idrok etishni shakllantirishdir.
Shuningdek, bolalarga estetik tarbiya berishda ham she’r yod oldirishning ahamiyati benihoya kattadir. «Ilk qadam» tayanch dasturida yod oldirilishi lozim bo‘lgan she’rlarning ro‘yxati berilgan. Bu sh e’rlar bolalar hayotidan olingan bo`lib. ular quvnoq o‘yinlar, o`yinchoq)lar, uy hayvonlari, tabiat to‘g‘risidagi she’rlardir.
She’r yod oldirishda tarbiyachi oldida bir qancha vazifalar turadi:

  1. O‘qilgan she’rni hamma bolalar esda saqlab qolishlariga erishish.

  2. Bolalarda she’rga (poeziyaga) nisbatan qiziqish uyg’otish va mustahkamlash.

  3. She'r mazmunini va undagi ayrim qiyin so‘zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam berish.

  4. Tinglovchilar oldida she’rni ifodali aytib berishga o‘rgatish.

Bu vazifalarning barchasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Yodlatish uchun she’r tanlashda „Dastur“ vazifalariga, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, esda saqlash qobiliyatlariga e’tibor berish kerak. Yodlatish uchun she'r tanlashda shuni hisobga olish kerakki, she’r hajm jihatidan uncha katta bo‘lmasligi, kichik guruhlarda I banddan oshmasligi, o‘rta guruhda 2 band, katta guruhlarda 3-4 banddan oshmasligi kerak.
Bolalar bir oy ichida kuni bilan 1-2 ta she'rni (mashg'ulotda) yod oladilar. Ba'zilarini (sanamalar, kikillamalar, ashulalarni) mashg’ulotdan tashqari vaqtda (sayrda, o‘yin jarayonida) beixtiyor eslab qoladilar. Tarbiyachi bolalar bilan she’r yod oldirish mashg‘ulotini tashkil etishdan avval guruhdagi bolalaming qaysisi tez, qaysi birlari sekin, qaysilari puxta, qaysilari bo‘sh yod olishlarini aniqlab olishi kerak.
Kichik guruhda she’r yod oldirishda ko‘rsatmalilik, o‘yin harakatlari orqali ko‘rsatish, ovozga taqlid qilish usullaridan keng foydalaniladi. Masalan, “Ayiqcham” she’rini yodlatish.
Dastur mazmuni. Bolalarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, uning ma'nosini tushunishga va yod olishga yordam berish. Bolalarni o‘z o‘rtoqlari oldida she'r aytishga o‘rgatish. Mashg‘ulot uchun material. Katta ayiqcha o‘yinchog'i.
Mashg`ulotning borishi. Bolalar yarim doira hosil qilib o‘tiradilar.
Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, bizga kim mehmon bo‘lib kelibdi? Bu nima? Bolalarning javoblari tinglanadi.
Tarbiyachi: Biz sizlar bilan bu ayiqchani ko‘rganmiz. Ayiqchaning bosh qismida ikkita qulog'i, dum -dumaloq, munchoqdek ko‘zlari, tumshug‘i va tana qismida to‘rtta oyog‘i borligini bilamiz. Ayiqcha o ‘rmonda, hayvonot bog‘ida yashaydi, u asalni juda yaxshi ko‘radi. Qaranglar, u qanday chiroyli, biz bu ayiqchani juda yaxshi ko‘ramiz, u bilan o‘ynaymiz. O‘yinchoq ayiqcha haqida chiroyli she’r yozilgan (she’rni yoddan aytib beradi):
Ayiqchamning oyog’i tushdi uzilib,
Qarab turar ayiqcham ko‘zi suzilib.
Ayiqchamni men juda yaxshi ko‘raman,
Uzilgan oyog'ini o‘zim tikib qo‘yaman.
Tarbiyachi bu she’rni aytish bilan bir vaqtda matn mazmuniga taalluqli harakatlarni bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog‘i, ko‘zini ko‘rsatadi, bag‘riga bosadi, tikish harakatini bajaradi. So‘ngra bir bolani yoniga chaqirib, she’rni yoddan aytib turadi, bola esa harakatlarni bajaradi.
Shu tariqa 2-3 bolani yoniga chaqirib, she’r matniga mos harakatlarni bajarishni taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko‘rsatish bilan) takrorlash uchun tez eslab qoladigan bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko‘rsatish bilan aytib beradilar, tarbiyachi esa bolalarga ayrim so‘zlarni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa) aytib turadi. Mashg‘ulotning oxirida bolalar ayiqcha bilan o‘ynaydilar. Bu she'r ona tili mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik o‘yin, rasm yuzasidan suhbat va h.k.) farqli ravishda mashg‘ulotning ikkinchi qismi sifatida rejalashtirilib, takrorlanadi.
“Ajoyib xaltacha”— didaktik o‘yini o‘ynalib, mashg‘ulot oxirida “Ayiqcha” she’rini takrorlatish mumkin. Kichik guruhlarda yiliga 1-2 marta tanish she’rlarni, ovutmachoqlarni, ashulalarni bolalar xotirasida mustahkamlash uchun mashg‘ulot o‘tkazish mumkin. Masalan: “Ajoyib xaltacha” didaktik (ta'limiy) o‘yini o‘ynaladi.
Xaltachaga bolalarga ilgari yod olgan she’r va ashulalaridan ma’lum bo‘lgan o‘yinchoqlar: ayiqcha, toychoq, mushuk, xo‘roz, koptok, qo‘g ‘irchoq va h.k.lar solinadi. Bolalar yarim doira hosil qilib o ‘tiradilar. Tarbiyachi o‘yinchoqlar solingan xaltachani bolalarga ko‘rsatib: Bolalar, bu nima? Uni silkitib, ichida nimalar borligini ayta olasizmi? — deb so‘raydi. So‘ng bolalar javobi tinglanadi.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, kimki xaltachaning ichidan bitta o‘yinchoqni olsa, shu o‘yinchoqning nomini aytib, u haqda she’r aytib beradi, deb aytadi va o‘zi xalta ichidan bitta o‘yinchoqni olib, u haqda yod olingan she’rni aytib beradi. So‘ngra bolalarni yoniga bitta-bittadan chaqirib, xaltacha ichidan o‘yinchoq olishni va u haqda she’r aytib berishni taklif etadi.
O‘rta guruhda she’r yodlatishda yilning boshida kichik guruhdagi usullar: o‘yinchoqni, buyumni, harakatlarni ko‘rsatish usullaridan foydalaniladi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘yin usullari yoddan aytib berilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi.
Katta guruhda mavzusi jihatdan turli xildagi: ona -Vatan, tabiat, bayramlar, kishilarning mehnatlari, bolalar hayoti, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar haqdagi she’rlar yod oldiriladi. Bu guruhda tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she’rni yod olishlariga yordam bcrishgina emas, balki uni emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir. Bolalarni she’rni ifodali aytib berishga o‘rgatishga alohida ahamiyat berish lozim. Tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarga bayramlar haqidagi shc'rlarni sevinch ifodasi bilan , kuz haqidagi she'rlarni esa biroz g‘amgin ohangda aytilish sabablarini tushuntiradi.
She’rni nutq o‘stirishga doir bir necha mashg'ulotlarning ikkinchi qismida, ertalabki va kechki soatlarda takrorlash rejalashtiriladi. Quyida misol tariqasida tayyorlov guruhlarida she'r yodlatish mashg'ulotining ishlanmasini keltiramiz.

Download 49.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling