Mavzu: Bolalarni ifodali she’r yodlashga o‘rgatish. Reja: I. Kirish. I-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sher yodlatish metodikasi


Download 49.91 Kb.
bet1/7
Sana08.04.2023
Hajmi49.91 Kb.
#1342788
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bolalarni ifodali she’r yodlashga o\'rgatish.


Mavzu: Bolalarni ifodali she’r yodlashga o‘rgatish.
Reja:
I.Kirish.
I-Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sher yodlatish metodikasi.
1.1.Bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatish.
1.2.Bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatishda tarbiyachi oldidagi vazifalar.
II.bob. She`r yodlatishga o`rgatish.
1.2.Turli yosh guruhlarida bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatish.
2.2.Kichik yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilinadigan sh`er matnlari.
II.Xulosa.
III.Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:. Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi bolalarni ifodali she`r yodlashning mohiyati – bu til leksikasi sohasida bolalarning ularga tanish yoki notanish bo‘lgan, ammo ular uchun qiyin hisoblangan so‘zlarning o‘zlashtirishlariga, nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya ishlarini bir tizimga keltirishdan iboratdir.
Bolalarni ifodali she`r yodlashlari uchun ular o‘z amaliyotida qiyinchilik bilan o‘zlashtiradigan, to‘satdan yoki umuman tanimaydigan, buzilgan shaklda talaffuz qiladigan so‘zlar bilan qurollantirish ancha pedagogik sa‘y-harakatlarni talab qiladi.
Bolalarni ifodali sh`r yodlashga o`rgatish jarayonida tarbiyachi bolaning umumiy nutq madaniyatiga ta‘sir qiladi, unga umumiy ravishda qabul qilingan adabiy so‘zlar va ifodalarni ma‘lum qiladi, ularni to‘g‘ri tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda uchraydigan sheva leksikasini bartaraf qiladi (ta‘qiqlaydi), ularni adabiy me‘yorlar bilan almashtiradi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi bolalarni ifodali sh`er yodlashga o`rgatish – bu bolalarning xotirasining mustahkamligi, nutqiy ravonligi va eslab qolish qobiliyatini shakllantirishga o`rgatishdan iboratdir . Undagi o‘zgarishlar eng avvalo insonning ishlab chiqarish faoliyati, jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. YAngi narsalar va hodisalarning paydo bo‘lishi bilan ularni nomlovchi yangi tushunchalar va so‘zlar ham paydo bo‘ladi. Bundan tashqari ilgaridan mavjud bo‘lgan ayrim so‘zlar yangilanadi, ularning ma‘nosi o‘zgaradi, ko‘p so‘zlar muomaladan chiqib ketadi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini o‘tkazishda so‘zning rivojlanuvchi tusga egaligini hisobga olish zarur.
O‘zbek tilining lug‘at tarkibini umumiy qo‘llanishdagi leksika tashkil qiladi. Bu o‘zbek tilida so‘zlashayotgan odamlarga qo‘shimcha izoxlarsiz tushunarli bo‘lgan va muomala uchun zarur bo‘lgan so‘zlar guruhidir. U uzoq vaqt mobaynida yaratilgan. Bu leksikaga nutqning turli qismlari kiradi. Maktabgacha ta‘lim muassasasida lug‘at ishining mazmunini asosan umumiy qo‘llanishdagi leksika tashkil etishi tufayli tarbiyachi bolalar nutqini nafaqat otlar bilan, balki fe‘llar, sanoq so‘zlar, old ko‘makchilar, sifatlar va boshqa nutq qismlari bilan ham boyitishi zarur.
Bolalar lug‘atini folklor elementlari (qo‘zim, toychog‘im, ona qizim) bilan ham boyitish darkor, chunki ma‘lum xollarda (qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari, ertak to‘qish, sahnalashtirish, o‘yinlar va boshq.) ular bolalar nutqiga kiritish uchun ataylab taklif qilinadi.

Download 49.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling