Mavzu: Bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish


Download 10.13 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi10.13 Kb.
#1744449
Bog'liq
Mavzu Bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan -fayllar.org


Mavzu: Bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish

Mavzu: Bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Dastlab,Konstitutsiya o’zi nima,nima uchun u Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi,uning mazmuni, mohiyati, inson va fuqarolarning asosiy holati to’g’risida, tushuncha berilishi lozim.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yuqori ko’rsatib o’tilgan masalalar o’z ifodasini topgan. Hamma huquqiy me’yorlar undan kelib chiqadi va unga bo’ysunadi. “Konstitutsiya” so’zi lotin tilida”constitution” – so’zidan kelib chiqib, “tuzish” “o’rnatish” , “belgilash” degan ma’nolarni anglatadi.Dastlab, qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qonun asosida belgilangan bo’lib, u o’zining uzoq tarixiga ega.Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQSHda, 1831-yilda Belgiyada, 1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O’zbekiston nrespublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirishdan maqsad :
-O’zi istiqomat qilayotgan davlati, xalq irodasi va uning manfaatlari, milliy davlat, uning ma’muriy – hududiy tuzilishi, milliy davlat ramzlari, fuqarolarning burch va majburiyatlari, unda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish xalqimizning, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilishi, har kimning bilim olish va huquqlardan foydalanishi, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari saylov, referendum, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, inson erkinligi ,sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari to’g’risida tushuncha berish orqali bolalarga huquqiy ta’lim va tarbiya berishdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy vazifasi tarbiyalanuv-chilarda huquqqa doir sodda tushunchalarni tarkib toptirishdir. Ana shu maqsadda mashg'ulotlar jarayonida "Konstitutsiya saboqlari"ni amalga oshirish yo'lga qo'yilgan. Ma'lumki, Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo'lib, har bir mamlakatning qiyofasjva nufuzini belgilaydi. Shu xususiyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham mamlakatimizni dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida faol harakat qilishiga huquqiy zamin yaratgan muhim huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya to' g' risida so' z aytilganda uni nafaqat xalqaro munosabatlarda davlatning pasporti sifatidagi roli, balki ichki islohotlar jarayonidagi asosiy huquqiy manba ekanligini alohida e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiyamizning har bir moddasini o'qib kuzatar ekanmiz, unda, eng awalo, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ulaming amalga oshishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilganligining guvohi bo'lamiz. Uning milliy qonunchiligimizning o'ziga xos yutug' sifatida ko'pgina xorijiy mutaxassislar tomonidan bot-bot e'tirof etilganligi fikrimizning tasdig'idir. Bosh Qonunimizning qabul qilinishi O'zbekiston xalqining tarixidatub burilish yasadi, yangi demokratik huquqiy davlat qurish asosini yaratdi. Bunda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalardan biri mamlakatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to'la kafolatlashdir."Konstitutsiya saboqlari"ni o'rgatishning asosiy maqsadi esa ana shu kafolatlar asosida bolalarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari mazmunini yosh xususiyatlari bilan bog'liqlikda anglab olishlariga erishishdir. Bolalarning o’z tug’ilgan yurtiga mehr-muhabbat tuyg’usini shakllantirish,milliy g’ururini tarbiyalash, “Konstitutsiya saboqlari” asosida tushunchalar beriladi.O’zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, tabiat va atrof- muhitga ehtiyotkorona munosabatda bolishga majbur ekanliklari, o’z sha’ni , qadr-qimmati va erkinliklari to’g’risidagi huquqiy bilimlarga ega bo’ladilar.Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni Konstitutsiya bilan tanishtirishda eng asosiy g’oya –Mustaqillik g’oyalarni aks ettirilishi muhim hisoblanadi.Bunda “Ozbekiston – mening Vatanim”,”Konstitutsiya asosiy qomusimiz” ,”Qonun muqaddas”, “Mustaqillik bayrami”, mavzularda suhbatlar o’tkazib , bolalarda dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni – O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O’zbekistonning fuqarolari tashkil etadi deb nomlangan 8-modda bilan tanishtirishda etnik, diniy yoki til jihatidan boshqa millatga mansub kishilar O’zbekistonda istiqomat qilayotgan bo’lsalar, ular O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanishi, ularning o’z diniga e’tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish va o’z ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmaganligi haqida ma’lumot berildi.Bizning davlatimiz o’z farzandlarini mas’uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo’lib o’sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o’z ulushlarini qo’shishlariga katta umid bog’lagan. O’zini shaxs sifatida to’liq anglash, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, o’z haq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to’g’ri baholay olish, o’zini va kattalar, tengdoshlarini hurmat qilish, o’z qadr-qimmatini bilish, o’z madaniy an’analari va milliy qadriyatlarga nisbatan g’urur, hurmat, qiziqish tuyg’ularini tarbiyalash vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi.Ma’lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi.Bolalar ulg’ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo’lib borishlari hamda hayotning muhim yechimlari ma’suliyatni his qilgan holda ularni o’z zimmalariga olishga tayyor bo’lishlari lozim.”Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya”ni o’rganish – aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to’g’ri qadam hisoblanadi. “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya”- bu butun jahon bolalariga xos bo’lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bitimidir.Konvensiya- bolalar rivojlanishining turli davrlarda bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi.
  1. Yashay olish huquqi. Bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o’zida mujassam etish kabi asosiy shartlarini hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish boshpanaga ega bo’lish kabi adolatli hayotiy me’yordir. 2. Rivojlanish huquqi- bolalarning o’z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari zarur.Ya’ni bilim olish, o’yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.


3.Bolalar zo’ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo’lishlari shart. Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi zo’ravonliklar va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar mehnati; balog’at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish; o’smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilishi muammolarga alohida e’tibor berishimiz kerak.


4.Ishtirok etish huquqi:Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga da’vat etadi.Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo’yicha jahonshumul anjumanlarda va tadbirlarda ishtirok etishdagi huquqlarini ta’minlaydi.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda o’sib borayotgan avlodni sog’lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko’rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
  1. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. – Toshkent: Adolat, 2013. – 552 b.


  2. Mirziyoyev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017.


  3. 2. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”. – 2017.


    3. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturi. Toshkent – 2018 yil.
  4. .Rogaleva N.A. Didaktik o'yinlar [Matn] / N.A. Rogaleva // Maktabgacha pedagogika. - 2010. - 4-son




http://fayllar.org
Download 10.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling