Mavzu: Bolalarning matematik rivojlanishidagi modellashtirish usullari. Reja
Download 26.73 Kb.
|
mustaqil matem
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
«Kvadratni yig‘».
O‘yindan maqsad. Sodda geometrik shakl va uning bir necha qismlari kombinatsiyasidan kvadrat yasash kerak. O‘yinga tayyorgarlik. Tayyorgarlik jarayonida quyidagilar bajariladi: o‘yin kaliti bo‘ladigan varaq- jadval o‘ylab topish va uni yasash (u o‘z ichida 3-5 qismga bo‘lingan etalonlik kvadratlarini jamlab, 10 dan kam bo‘lmagan variantlarga ega bo‘lishi zarur); 8x8 santimetrdan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi turli xil rangdagi kvadratlarni tanlab, ularni qattiq kartonga yopishtirib, pressning ostiga qo‘yish; kvadratlarni o‘ylab topilgan jadvallar bo‘yicha joylashtirib, jadval raqamlariga muvofiq kvadrat qismlarini raqamlab, kesib, raqamlangan konvertlarga joylashtirish; balandligi bo‘yicha joylashadigan, bir-birining ustiga qo‘yiladigan quti yasash. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar matematik ta’limida modellashtirish usullaridan foydalanish ularning matematik bilimlarni osonlik bilan o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nazorat savollari: 1.Model tushunchasiga ta’rif bering? 2.Modellashtirish deganda nimani tushunasiz? 3.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish texnologiyasi qanday tuzilishga ega? 4.Matematik modellashtirish orqali bolalarda qanday qobiliyatlar rivojlantiriladi? 5. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish kontekstida sensorik etalonlarni ishlatishda qanday turdagi harakatni amalga oshirish muhim? 6.Intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishda matematik modellashtirishning qanday harakatlari amalga oshiriladi? 7.Turli yosh guruhlarida modellashtirishning qanday usullaridan foydalaniladi? Test 1. «Model» so’zi lotincha modulus, so’zidan olingan bo’lib qanday ma’noni anglatadi? A)me’yor B)o’lchov C)namuna D)barcha javoblar to’g’ri * 2.Qaysi olimning fikriga ko’ra matematik modellashtirish texnologiyalari mantiqiy harakatlarga bo’linadi? A) X.I.Qosimova B)S.Abdullayeva * C)Z.Ibroximova D)N.U.Bikbayeva 3. X.I.Qosimova, Z.Ibroximova, N.U.Bikbayeva tomonidan tavsiflangan texnologiyalar aqliy rivojlanish samaradorligi darajasi bo`yicha 2turga bo’linadi.Ular qaysilar? A)taqlid qilish va kuzatish usuli B)kuzatish va evristik usul C)taqlid qilish va evristik usul * D)kuzatish va tahlil qilish usuli 4.Perseptiv modellash bu-… A) etalon materialidan qabul qilinadigan sifatni yaratish * B)biror-bir ob’yektning etalonga to`la mosligi yoki o`xshashligini aniqlash C) butun o‘zgaruvchan diskret shaklni topish, berilgan birlamchi shaklni konstant sinflarga bo‘laklash D) to‘g‘ri burchakli parallelepipedni kesish negizida fazoviy modellashtirish 5)Bolalarda qaysi qobiliyatlarni rivojlantirishda o‘rnini qoplash harakatlari, bolalarning model qurish bo‘yicha harakatlari va tayyor modellardan foydalaniladi? A)jismoniy qobiliyat B)sensorik qobiliyat * C)intellektual qobiliyat D)kommunikativ qobiliyat 6. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish texnologiyasi bo’yicha qaysi orentatsiya quyidagi qurilish ega?: – to‘g‘ri burchakni kesish negizida tekislikni loyihalash; – to‘g‘ri burchakli parallelepipedni kesish negizida fazoviy modellashtirish; – uzluksiz deformatsiyaga yo‘l qo‘yuvchi materiallar negizida; – mumtoz origami va fleksagon negizida. A)diagnostik orentatsiya B)nazariy orentatsiya C)fazoviy orentatsiya * D)ko’plik orentatsiya 7. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish kontekstida sensorik etalonlarni ishlatishda nechta turdagi harakatni amalga oshirish muhim? A)3 turdagi * B)2 turdagi C)4turdagi D)5turdagi 8.Qaysi olim “Katta yoshdagi (5–7 yoshda) bola nafaqat kattalarning faoliyatini taqlid qila boshlaydi, balki o`zining imkoniyati doirasida ishtirok etib, yakuniy natijani to`g`ri tushunadi. Bola olingan natijaga baho berishni o`rganadi va uni etalon bilan taqqoslaydi”- deb aytgan? A) X.I.Qosimova B)S.Abdullayeva C)Z.Ibroximova D)N.U.Bikbayeva * 9.Qaysi olim model tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan? “Model deganda biz predmet (xodisa ) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma‘lum bir chegaralangan ma‘lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelni ma‘lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida qarash mumkin.” A)N.N.Moiseev* B)S.Abdullayeva C)Vigotskiy D)N.U.Bikbayeva 10.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish texnologiyasi bo’yicha qaysi orentatsiya quyidagi qurilish ega?: – butun berilgan shaklni topish, uning turli sinflarini bo‘laklash; – butun o‘zgaruvchan diskret shaklni topish, berilgan birlamchi shaklni konstant sinflarga bo‘laklash. A)diagnostik orentatsiya B)nazariy-ko’plik orentatsiya * C)fazoviy orentatsiya D)to’g’ri javob yo’q Download 26.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling