Mavzu: bo‘lamon sozi va uning ijrochilik uslublari mundarij a: kirish I bob. O‘zbek xalq musiqiy cholg‘ular


Download 196 Kb.
bet1/16
Sana09.10.2023
Hajmi196 Kb.
#1695970
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BO\'LAMON SOZI TAYYOR


MAVZU: BO‘LAMON SOZI VA UNING IJROCHILIK USLUBLARI

M U N D A R I J A:
KIRISH………………………………………………………………………..1-5
I BOB. O‘ZBEK XALQ MUSIQIY CHOLG‘ULAR

1.1. O‘ZBEKISTONDA MUSIQIY CHOLG‘ULARNING TARIXIY TARAQQIYOTI………………………………………………………………5-10
1.2. CHOLG’U ASBOBLARI NOMLARI O’RTA ASRLAR ADABIYOTIDA TUTGAN O’RNI………………………………………………………………....10-14
II BOB. O‘ZBEK MUSIQIY CHOLG‘ULARI VA ULARNING TURLARI
2.1. BO‘LAMON SOZI IJROCHILIGI…………………………………….14-22
2.2. CHOLG’U MUSIQALARI IJROCHILIGI…………………………...22-36
2.3.BO`LAMON CHOLG’USI VA UNING MUKAMMAL IJROCHILARI……………………………………………………………….36-41
XULOSA……………………………………………………………………...42-44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI……………….………...45
K I R I S H
Mavzuning dolzarbligi. Musiqiy cholg‘ular insoniyat ma’naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya’ni xalq ijodiyoti mahsuli bo‘lib, azal-azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo‘jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg‘ularda har bir xalqning milliy g‘ururi, an’anasi, qadriyatlari o‘z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholg‘ularning shakliga va milliylik mezoniga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarix davomida doimo musiqiy cholg‘ularga bo‘lgan e’tibor katta bo‘lishi bilan birga tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Zamonaviy jarayonda o‘tmish an’analariga yangicha qarash, ilg‘or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya’ni insonlarni ruhiy hamda ma’naviy tarbiyasiga asos bo‘la oladigan omil sifatida qaraladi. O‘quv-ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e’tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. Qolaversa, ta’limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada o‘qitish mezonida qo‘llanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yaxlit bir o‘quv adabiyoti ko‘rinishiga keltirib takomillashtirish taqozo etilmoqda.
Taqdim etilayotgan mazkur o‘quv qo‘llanmasi ham ta’lim tizimining o‘rta bosqichi bo‘lmish akademik litsey va kollejlarda tarbiyalanayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangandir. Unda o‘quvchilar uchun o‘zbek xalq an’anaviy musiqiy cholg‘ularining o‘tmish davrlardan boshlab shakllanishi va rivoji, zamonaviy jarayondagi o‘rni va qo‘llanishi hamda takomillashish mezonlari xususida ma’lumotlar o‘quv dasturida rejalashtirilgan tartib bilan bayon qilinadi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling