Mavzu: bo‘lamon sozi va uning ijrochilik uslublari mundarij a: kirish I bob. O‘zbek xalq musiqiy cholg‘ular


Download 196 Kb.
bet9/16
Sana09.10.2023
Hajmi196 Kb.
#1695970
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
BO\'LAMON SOZI TAYYOR

Afgʻon rubobi. Afgʻon rubobining dastasi kaltaroq boʻladi. Dastasining uzunligi 8-10 sm boʻladi. Ovoz kosasi yoki rezonatori keng va chuqur boʻladi. Rezonatorning uzunligi 80 sm gacha, kengligi 20 sm gacha, chuqurligi 30 sm gacha boʻladi. Qorin bilan dasta bir butun yogʻoch boʻlagidan oʻyib yasaladi. Afgʻon rubobida ham qashqar rubobidagi kabi gajaklar bor. Rezonatoring pastgi qismi teri, yuqori qismi yupqa taxtacha bilan qoplanadi. Dastaning asosiy qismida 4-5 ta asosiy parda, taxtachaning ustida 6-7 ta qoʻshimcha xaspardalar boʻladi. Afgʻon rubobida 5 ta asosiy torga qoʻshimcha ravishda 10-11 ta yordamchi (aks-sado beruvchi) torlar ham bor. Afgʻon rubobining qayta ishlangan turlari ixchamlashtirilgan boʻladim ularda yordamchi torlar boʻlmaydi. Afgʻon rubobi 2 oktava diapazonidagi diatonik tovushqatoriga ega. Asosan, professional sozandalar tomonidan yakka soz sifatida va turli ansambllar tarkibida qoʻllaniladi.
Pomir rubobi. Pomir rubobi qashqar rubobiga oʻxshaydi, ammo kosasi bir oz kattaroq, dastasi bir oz kaltaroq boʻladi. Bu tur rubob ham odatda bir butun yogʻoch boʻlagidan yoʻniladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtacha bilan berkitiladi. Kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadigan 5 ta asossiy toridan tashqari yon quloqqa bogʻlanadigan tori boʻladi. Bu tor zingag deb ataladi. Bu haqida bir xil ma’lumotlar bo’sada turli qarashalr mavjud. Masalan Muarrat Oktamovna u haqida quyidagi ma’lumotlarni kiritgan:
- XVI-XVII- asrlarda yashab ijod etgan buxorolik Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiy risolalarida ham cholg‘u sozlarining mukammal ro‘yxati, ularning kelib chiqishi va sozandalar haqida qimmatli ma’lumot berilgan. Darvish Ali Changiyning o‘zi ham rebab chalgan, rubob cholg‘usi o‘sha davrda rebab deb yuritilgan. Rubob - torli cholg‘u asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. O‘zbek, tojik, uyg‘ur, afg‘on va boshqa Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Hozirda rubobning uch xil turi mavjud: qashqar rubobi, afg‘on rubobi va pomir rubobi. Qashqar rubobi Qashqarda tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm. Qashqar rubobining cho‘michsimon kosasi tut kabi qattiq daraxtlar yog‘ochidan yasaladi. Kosasining usti esa teri bilan qoplanadi. Qashqar rubobining dastasi uzun bo‘lib, oxiri qayrilgan bo‘ladi. Kosasining oldida shoxga o‘xshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qo‘l uchun tayanch vazifasini bajaradi. Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 24 tagacha parda bo‘ladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi. Qashqar rubobining beshta simi bor. Ular kvarta-kvinta oralig‘ida sozlanadi. Past birinchi ikki juft simi ochiq chalganda "lya" tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi, ikkinchi juft simi "mi" tovushiga va uchinchi simi "si" yoki "lya" tovushiga sozlanadi. Diapazoni kichik oktava "si" yoki "lya" tovushidan uchinchi oktava "lya" tovushigacha.
O‘zbek bastakorlaridan Muhammadjon Mirzaev, sozandalaridan Ari Boboxonov, N. Qulabdullaev, kompozitorlardan Ibrohim Hamraev, Mustafo Bafoev va boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan. Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima o‘z imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, to‘rt metall tori kvinta oralig‘ida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi. Sozgar usta S.E.Didenko (1911-1988) tomonidan ishlangan rubob prima cholg‘usi yuqori registrdagi tovushlarga, katta tovush diapazoniga va keng ijrochilik imkoniyatlariga ega bo‘lib, mizrob bilan chalinadigan sozlar sirasiga kiradi. Rubob prima kosasi yog‘och plastinkalardan dastasi esa o‘rik daraxti yog‘ochidan ishlanadi. Kosasiga baliq terisi qoplanadi. Cholg‘u torlarini tutib turish uchun kosa tagiga to‘rtta ilmoqlar o‘rnatiladi. Kosa bilan dasta tutashgan joyida, dastaning ikki tomonida shoxsimon fason qulog‘i mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos bezak vazifasini o‘taydi. Rubob prima dastasi 24 ta metall plastinkalar bilan bo‘lingan bo‘lib, ular orasidagi masofa parda deb yuritiladi. Rubob primaning torlari to‘rttaligi ularning barchasi metalldan ishlanganligi cholg‘uda o‘zbek xalq musiqasi namunalari, O‘zbekiston kompozitorlari ijodi namunalarini ham ijro etish imkonini beradi. Afg‘on rubobi kosa, dasta, bosh qismdan tashkil topgan. Kosasi - bir-biriga yopishtirilgan bir nechta taxtachadan, pastki va yuqori qopqoqdan, torlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan ilmoqlardan iborat. Ustki qopqoqqa baliq terisi qoplanadi. Dasta - kosaga mahkam biriktirilib, unga 19 ta parda o‘rnatilgan. Hozirgi vaqtda dastasi yong‘oq daraxtidan yasalmoqda. Dastasining uzunligi 8-10 sm bo‘ladi. Afg‘on rubobi takomillashgandan keyin beshta ochiq torlari sof kvarta intervaliga sozlanadigan bo‘ldi. Sozlarning torlari ichakdan bo‘lib, birinchi juft torlar kesimi 0,8 mm, ikkinchi juft torlar kesimi 1,2 mm, uchinchi tor (bittalik) kesimi 1,8-2 mm yog‘onlikda taqiladi. Diapazoni kichik oktava "lya" tovushidan uchinchi oktava "mi" tovushigacha. Xulosa: Hozirda yurtimizda maqomlarga, xalq kuylari va ashulalariga talab xalqimiz orasida tobora ortibbormoqda. Ana shunday talab va ehtiyojni qondirish maqsadida yetuk ijrochi mutaxassislarni tarbiyalash ma’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbek xalqining boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng omma ichida targ‘ib qilish ishlari san’ atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida bo‘lmog‘i lozim.



Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling