Mavzu: bo‘lamon sozi va uning ijrochilik uslublari mundarij a: kirish I bob. O‘zbek xalq musiqiy cholg‘ular
Download 196 Kb.
|
BO\'LAMON SOZI TAYYOR
2.2. CHOLG’U MUSIQALARI IJROCHILIGI
Insonning qalbida goʻzallik tuygʻusini taraqqiy ettirmay turib, ma’naviy barkamol inson haqida gapirib boʻlmaydi. Shunday ekan qudratli kuchga ega boʻlgan musiqa, oʻz jozibasi bilan inson qalbini qamrab oladi, uni goʻzallikga yetaklaydi. Shu boisdan ham musiqani xalqning, millatning qalbi deb, bejiz aytilmaydi. “Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy qadryatlari, ming yillikni qamragan betakror va jozibali madaniyatimiz tiklana boshlandi. Jumladan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, milliy san’atimiz, xalq ijodiyoti va musiqamiz singari xalq ma’naviyatini ifodalovchi barcha qadryatlarimiz qad rostlamoqda[3]. Prezidentimizning madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratayotgan katta e’tibori tufayli milliy musiqa san’ati oʻzining yangi rivojlanish davrni boshlab berdi. Bu islohatlarning amaliy natijasi sifatida Respublikamizning turli hududlarida oʻtkazilib kelinayotgan yirik xalqaro festival va koʻrik tanlovlarni alohida takidlash joyiz. Xususan, Shahrisabzda oʻtkazilgan “Xalqaro maqom anjumani”, Surxondaryoda va Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan, “Xalqaro baxshichilik san’ati” festivallari, Margʻilondagi “Buyuk Ipak Yoʻli” Xalqaro folklor musiqasi festivali, Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Xalqaro Hunarmandchilik festivali kabi yirik madaniy tadbirlarning tashkil etikishi milliy madaniyatimizni dunyo hamjamiyati oldida namoyon qilish va ular bilan madaniyat va san’at sohasida tajriba almashish, madaniyma’naviy munosabatlarni mustahkamlash, xalqaro miqyosda madaniy aloqalarni kengaytirish va oʻzbek milliy madaniyati va san’atini keng yoyishda xizmat qiladi. Toki odamzod oʻzini qurshab turgan tashqi olamda, oʻzi yashayotgan jamiyatda ozi muloqotda boʻlayotgan kishilarda, tarixan shakllangan va muayyan davrda amal qilayotgan badiiy ijod namunalarida mujassamlashgan goʻzallikni his qila olmas ekan, hech qachon ma’naviy barkamol inson darajasiga koʻtarila olmaydi. Musiqa insonga estetik zavq berish bilan birga, yon-atirofidagi goʻzallikni his etish imkoniyatini beradi. Musiqa ana shu nozik tuygʻularni shakllantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Musiqiy cholgʻular esa, insoniyat ma’naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya’ni inson ijodiyoti mahsuli boʻlib, har bir xalqning ijtimoiymadaniy hayot jarayonlarini ifodalovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Cholgʻulardan taraladigan ohanglar esa xalqning ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi. Oʻzbek xalqi qadimiy boy musiqiy merosga ega boʻlib, bunda musiqiy cholgʻularning oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning musiqa cholgʻularimiz xalqimizning moddiy, madaniy boyligi hisoblanib, madaniy tariximizni anglashda va milliy madaniyatimiz rivojida boshqa sohalar singari muhim oʻrin tutadi. Tarixdan ma’lumki, oʻz davrida Oʻzbekiston hududidan Gʻarb va Sharq mamlakatlarini birlashtirib turuvchi Buyuk Ipak Yoʻli oʻtganligi, bu esa zaminimizga boshqa xalqlar madaniyatining kirib kelishi va bizning madaniyatimizni boshqa xalqlar madaniyatiga yoyilishiga sababchi boʻlgan. Bu esa oʻz - oʻzidan barcha sohalar yuksalishiga, hususan musiqa madaniyati ham boshqa sohalar singari rivojlanishi va yurtimiz hududida koʻplab cholgʻularning saqlanib qolishiga zamin yaratib bergan. Oʻzbek xalq cholgʻulari oʻziga xos tarzda musiqaning barcha tarmoqlariga mos shaklda asrlar osha mukammallashib, rivojlanib keldi. Tarixiy qoʻlyozmalarda Oʻrta Osiyo xalqlari amaliyotida vujudga kelgan barcha cholgʻular nomlari keltirilgan. Musiqiy risolalarda esa cholgʻularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholgʻular yasash uchun ishlatiladigan daraxtlar va h.k haqida) ma’lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholgʻulardan - borbad, ud, rud, qoʻbiz, gʻijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor; damli cholgʻulardan - ruhafzo, shammoma, orgʻanun, sibizgʻa, nayi anbon, chagʻona, bulamon, surnay, nay, qoʻshnay, karnay; urma cholgʻulardan - daf, doira, nogʻora, safoil kabi musiqa cholgʻulari haqida turli darajadagi ma’lumotlar keltirilgan. Davrlarning oʻtishi, jamiyat taraqqiyoti mezoniga musiqa cholgʻulari ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib kelgan. Tarixiy manba’larda, Qulmuhammd Udiyning ud cholgʻusiga toʻrtinchi torni taqqanligi yoki gʻijjak cholgʻusining avval ikki tori, keyin uchinch va toʻrtinchi torlari qoʻshilganli kabi ma’lumotlar aynan cholgʻular takomillashishi va murakkablashib kelganligi bilan bogʻliqdir. Bu kabi takomillashtirilib istemolga kirgizilgan cholgʻularga koʻplab misollar keltirish mumkin. “XIX asr oxiri va XX asrda oʻzbekona chang, qashqar ruboblari shakllanib iste’molga kirdi. Ud va qonun sozlari qayta tiklanib, ijrochilik amalyotini sezilarli darajada boyitdi. Afgʻon rubobi hamda turk cholgʻusi boʻlmish - soz ham oʻziga xos jozibasi bilan amaliy jarayondan munosib oʻrin oldi. Zamonaviy musiqa ijodiyoti bilan birga chang, rubob, dutor, gʻijjak kabi xalq cholgʻularining oilaviy namunalari yaratildi. Pirovardida, zamonaviy jarayonga kelib musiqiy cholgʻularning turli yoʻnalishlariga mos, xilma-xil tarkiblari yuzaga keldi. Amalyotda an’anaviy, qayta ishlangan, takomillashgan, qayta tiklangan, yangi zamonaviy (hamda elktron) cholgʻularning xillari keng qoʻllanilmoqda. Takomillashish jarayonida cholgʻularning shakl va tarannum (ovoz) imkoniyatlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholgʻularning ma’nan va moddiy qiymatini ham belgilashga asos boʻlib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholgʻu goʻzal ovozga ega boʻlishi, u xalq madaniy-ma’naviy boyligi ekanligini etirof etish lozimdir. “Biz yashab turgan hududimizda ishlatiladigan milliy musiqa cholgʻularining turlari nihoyatda koʻp. Agar ular nomma-nom sanab chiqilsa, 50 tadan ortiq ekanligining guvohi boʻlish mumkin. Shular ichidagi 18 nomdagi musiqiy cholgʻu XX asrning 30-yillari oxiridan boshlab yangidan yaratilgan musiqiy cholgʻular hisoblanadi va ular asosan orkestr va koʻp ovozli ansambllarda foydalanish uchun moʻljallangan. Bu cholgʻular muqaddam mavjud boʻlgan milliy musiqa cholgʻularining shaklini yiriklashtirish yoki kichikroq koʻrinishga keltirish asosida yaratilgan boʻlib, oʻsha cholgʻu oilasini yaratish ustida olib borilgan tajribalar natijasida yaratilgan. Takomillashtirilgan cholgʻularda tajribalar olib borildi va chang, rubob, dutor, gʻijjak, qoʻbiz asboblarining oilasi yaratildi. Oʻzbek xalq cholgʻularing rekonstruksiya qilish va takomillashtirishdan maqsad, milliy ohanglarimizni ijro qilishda yanada keng imkoniyat hosil qilish va ularni Yevropa tovush qatori tizimiga oʻtkazish kabi vazifalar ustida ish olib borishgan. A.I.Petrosyans rahbarligi qoʻl ostida bir guruh ustalar: Usta Usmon Zufarov koʻplab dutor va tanbur, gʻijjaklarning turdosh oilalarini yaratgan boʻlsa, Matyusuf Xarratov chang cholgʻusining yuqori registrini qoʻshimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytirdi. Yunus Rajabiy Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas, gʻijjak bas, gʻijjak alt na’munalarini yaratdilar. Cholgʻularning takomillashtirish natijasida, xalq cholgʻularimiz diatonik tovushqatordan xromatik tovush qatorga oʻtkazildi. Bu kabi ijod na’munalari cholgʻu ustalarining bevosita sozgarlik sohasida yetarlicha tajriba toʻplashganlari, asta sekinlik bilan an’anaviy cholgʻularning eski na’munalari oʻrniga zamonaviy ijrochilikning yuksak talablariga toʻla mos kela oladigan yangi na’munalarini yaratish, mavjud cholgʻularni yanada takomillashtirishga urinish boʻldi. Bugungi kunda ham yurtimizda bir qancha cholgʻu sozgarlari faoliyat olib borayotganligi, milliy musiqachilik sohasida bir qator yutuqlarga erishayotganimizni takidlash joizdir. Hususan, ana shunday oʻzining na’munaviy yutuqlari bilan milliy musiqa san’atimiz rivojiga katta hissa qoʻshib kelayotgan Andijonlik ustalarbir qancha cholgʻularni qayta tiklashga erishdi va yana yangi cholgʻularni yaratish ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Bunga misol tariqasida sozgar usta Abdimalik Madraimov tomonidan Boburiylar davriga oid milliy musiqa cholgʻularidan gʻijjaki boburiy, qoʻshtor, dilrabo, dilnavo va shu kabi bir necha cholgʻularni qayta tiklashga erishilganligini takidlash joiz boʻladi Milliy madaniyatimizda qoʻllaniladigan musiqa cholgʻularini foydalanish oʻrinlariga qarab shartli ravishda 2 guruhga - professional ijrochilikda qollaniladigan va folklor cholgʻulari turlariga ajratish mumkin. Professional ijrochilikda qoʻllaniladigan cholgʻularning oʻzi ham an’anaviy musiqa ijrochiligida ishlatiladigan cholgʻular hamda akademik ijroda ishlatiladigan cholgʻular turlariga boʻlinib ketadi[39]. An’anaviy xalq cholgʻulari tarkibidan joy olgan cholgʻular qatoriga tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, sunray, qoʻshnay, karnay, gʻijjak, chang, qonun, doyra, nogʻoralarni, folklor ijodiyotida qoʻllaniladigan sozlarga changqoʻbiz, sibizgʻa, choʻpon nay, spol nay, safoil, sagat kabilar kiradi. Qayta ishlangan cholgʻularga: rubob, gʻijjak, dutor, chang sozlarining musiqaning soprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga koʻra qayta ishlangan namunalari kiradi. Mazkur cholgʻular asosida oʻzbek xalq cholgʻu orkestr va ansambillarining faoliyati vujudga kelgan. Oʻzbek xalq cholgʻu orkestr, ansambllarining tashkil etilish tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, XIX asrning 60 - 70 - yillarida Toshkent, Moskva, Peturburg shaharlari musiqa sohasi ommalashgan yirik madaniy markazga aylanganligi, bu kabi rivojlangan markazlarda mahaliy cholgʻuchilar va musiqa ixlosmandlari ishtirokida konsert, madaniy tadbirlar faoliyatlari faollashishiga oʻz tasirini oʻtkazgan. 1877 - yildan boshlab esa Turkiston diyori (Toshkent, keyinroq Samarqand va Fargʻona)ning boshqa markazlarga yetuk musiqa jamoalari, gastrollar va dramatik guruhlarning tashrif buyura boshladi. Bu esa rus cholgʻularining demokratik an’analari Turkistonda baynalmilal aloqalarning oʻrnatilishiga koʻmaklashgan. Keyinroq tezda Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlarida kasbiy musiqiy oʻquv yurtlarining tashkil etilishiga ma’lum darajada asos boʻlib xizmat qildi. 1884 - yilda Toshkentda Eyxgori tashabbusi bilan “Musiqa jamiyati” tashkil qilinib, N. Shletinskiy bu jamiyatning birinchi raisi boʻldi. Xalqning musiqaviy ma’rifatini yuksalishiga yordam koʻrsatgan L.A. Shadurenskiy va N.L. Trusovlar jamiyatning faol a’zolari edilar. Shu tariqa XIX asrning 80 - yillarida Toshkentda orkestr jamoasi tuzilgan va orkestr tuzishning asosiy maqsadi, oʻzbeklarning xalq musiqasini Nijniy Novgoroddagi Butunrossiya qishloq xoʻjalik koʻrgazmasida namoyish etish boʻlgan. Keyinchalik oʻzbek musiqashunoslari dekadalarda faol ishtirok etib, ancha tajriba toʻplagan. Ular qardosh xalqlar cholgʻulari, kuy-qoʻshiqlarini oʻrganib mahalliy bayram va tantanalarda foydalangan. Shu bilan birga boshqa oʻsha davrdagi Butunittifoq xalqlari ham Oʻzbek madaniyati va san’atiga yuqori qiziqish bildirib, uni oʻrganganlar.Mustaqilliqga erishgach bu jarayonlar yanada jadallashdi. Hozirgi kunda ham Oʻzbek madaniyat va san’at dunyo xalqlarini oʻziga maftun etib kelmoqada. Respublikamizda oʻtkazilayotgan xalqaro festival, anjuman va bayram tantanalari esa xalqaro madaniy hamkorlika yoʻl ochdi. Madaniyat sohasiga berillayotgan bu kabi imkoniyatlar biz yosh avlod vakillari ruhida shukuronalik ruhini uygʻotmasdan qolmaydi va yaratilgan sharoit, e’tibordan oqilona foydalanib, bunga javoban munosib yuksak yutuqlarga erishib, vatanimiz rivojiga oʻz hissamizni qoʻshishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak. Ayrim variatsiyalarda Chaykovskiy boshlang‘ich mavzuining ritmik va ohangdor xususiyatlarini saqlab qoldiradi, ayniqsa, uning kuchsiz urg‘udan boshlanish iborasini. Asar ham klassik, ham erkin variatsiyalar shaklida yozilgan. Erkin variatsiyalarning xususiyatlari sur’ati past uchinchi va oltinchi variatsiyalarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bunday fikrga kelishga ularda asosiy mavzusi sezilarli darajada o‘zgarib, kengayganligi asos bo‘ldi. Uchinchi, re-minor variatsiyasida Chaykovskiy jozibali romans kuyni yaratgan. U rokoko uslubidagi ilk mavzuyidan ancha uzoq talqin etilib, rus lirik romans uslubiga yaqinroq ko‘rinadi, aniqrog‘i kompozitor Alyabyevning qalamiga mansub mashhur «Bulbulcha» romansini eslatadi. Asarda liga bilan belgilangan notalar yakunida ajratib, ifodali tarzda mayda tremolo yordamida ijro etiladi: 141 Lekin keltirilgan ikkita namuna batafsil o‘rganilsa, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik faqatgina ritmik sur’ati va jumlalarning yuqori va pastga qarab yo‘naltirilganligida ko‘rinadi. Qolgan vositalariga e’tibor berilsa, ular nafaqat bir biridan, balki rokoko mavzuyiga nisbatan ham farq qiladi. Xullas, chuqur qayg‘uga sug‘orilgan, dilkash va sokin hissiyotlarni ifoda etayotdigan uchinchi variatsiyaning quyi siklida yangi obrazni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Sekin sur’atda bayon etilgan boshqa variatsiyada oltinchi, re minor lirik kechinmalar o‘zgacha obrazlarni tasvirlaydi. Uning orkestr partiyasida, avvalambor, Chaykovskiyning «Oq qush» baletiga xos lirik Adajio va pantomima lavhalariga yaqinlik seziladi. Violonchel ijrosidagi tiniq va keng nafasli kuyda esa ashulaviy va notiqlik xususiyatlari jipslashib, «Franchesko da Rimini» simfonik fantaziyasidan Francheskoning lirik hikoyasini eslatadi: Uchinchi va (oltinchi) lirik varitsiyalar umumiy turkumida muhim rol o‘ynaydi. «Rokoko mavzuiga variatsiyalar» simfoniya janriga yaqinligi haqida fikr ilgari surilgan edi. P. Chaykovskiy mavzu va variyatsiyalarni yaxlit turkum sifatida talqin etishga intilib, ushbu shaklga xos har bir qismning muayyan erkinligini cheklatib, o‘zaro bog‘lanish tomonlarni kuchaytiradi. Bog‘lanish vazifalar sifatida esa variatsiyalarning turkumdagi joylash tartibi hamda refren mavjudligi kabi vositalarni bajarmoqda. Shunday ekan, asarning shakli besh qismli simfonik tsiklni tashkil etishi va unda, Uchinchi simfoniyaga o‘xshash holat bo‘lib, simmetrik tomoyillar muhim rol o‘ynaganligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. «Variatsiyalar» bu nuqtayi nazardan talqin qilinsa, sikl quyidagicha taqsimlanadi: Mavzu, birinchi va ikkinchi variatsiyalar sonata Allegro o‘rnini bosadi, uchinchi variatsiya Andantega to‘g‘ri keladi, to‘rtinchi, beshinchi variatsiyalar Skertso janrida yozilgan bo‘lib, III qismni tashkil etadi, oltinchi variatsiyani ikkinchi Andante, deb hisoblashimiz mumkin, va nihoyat, yettinchi variatsiya tez sur’atda o‘tadigan Final vazifasini bajaradi. «Variatsiyalarning» simfonik sikliga yaqinligi tonal rejasida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi: Kirish, Mavzu 1,2 variatsiyalar 3 variatsiya 4 variatsiya 5 variatsiya 6 variatsiya 7 variatsiya I qism II qism Andante sostenuto III qism Andante grazioso IV qism V qism Final Allegro vivo Moderato assai,quasi Allegro Allegro moderato Andante A-dur d-moll A-dur A-dur d-moll A-dur. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling